Seshanba, 22-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 20:00

Siyosat

AQShda yangi Kongress ish boshladi

Amerika Ovozi
AQShda yangi Kongress ish boshladi. Yangi vakillar, shuningdek, qayta saylangan qonunchilar qasamyod keltirdi.


Respublikachilar partiyasi hukmron Vakillar Palatasida Jon Beyner ko’pchilik ovoz bilan spikerlik lavozimini saqlab qoldi.

113-Kongress byudjet, immigratsiya va qurol nazorati kabi muhim masalalar yuzasidan bahslar avjiga chiqqan bir paytda ish boshlamoqda. Senat demokratlar qo’lida, Palata esa respublikachilar. Ikki partiya o’rtasidagi tafovutlar bag’oyat chuqurlashgan. 

Byudjet va soliqlar yuzasidan ko’p yillik bahslar so’nggi daqiqada hal bo’lganidan ko’pchilik yengil tortdi.

Soliqlar hamma uchun oshishi va xarajatlar keskin qisqartirilishi iqtisodni yana bir tanazzulga yetaklaydi, deb ogohlantirgan edi mutaxassislar. Oq uy va Kongress o’rtasidagi kurashning boshlanishi bu hali. 

Cheksiz siyosiy bahslar yangi yilga kirib borgunga qadar va undan keyin ham davom etib, prezident Barak Obama va muxolifat, Kongressdagi respublikachilar oxir-oqibat kelishuvga erishdi. O’rtahol oilalar uchun soliq oshmaydigan bo’ldi.

Lekin respublikachilar federal hukumat xarajatlarini kamaytirish qarorida qat’iy. Ikki hukmron partiya byudjetning har bir bandi bo’yicha to’qnashmoqda.

Navbatdagi janjal kelasi oy boshlanishini kutavering. Xorijdan qarz olish miqdorini oshirish uchun Kongressning ruxsati kerak.

Prezident Obama respublikachilarni ogohlantirib qo’ydi:

“Kongress bilan juda ko’p masalalarda tortishamiz, lekin AQSh o’z moliyaviy majburiyatlarini bajarishi shart. Bu borada yana bir bahsga hojat yo’q”.

O’tgan yili “Standard & Poor’s” moliya agentligi ana shu kelishmovchilik sabab AQSh kredit reytingini bir pog’ona pasaytirgan edi.

Respublikachi kongressmen Spenser Bakus so’nggi kelishuvda sarfiyatni kamaytirish haqida jiddiy takliflar yo’qligidan norozi.

“AQSh qarzi har kuni to’rt milliard dollarga oshayapti”, - deydi u.

Qonunga binoan, mudofaa va ijtimoiy programmalarga ajratiladigan mablag’ avtomatik ravishda kesilishi kerak. Yangi yilda erishiligan bitim buni ikki oyga kechiktirdi xolos. Demak, achchiq bahslar hali oldinda…

Ronald Reygan prezidentligi davrida Oq uyda ishlagan Ken Dubershteynga ko’ra, respublikachilar kelasi to’rt yil prezident Obama bilan ishlashga majbur, buni tan olish kerak. Lekin mavjud muammolar yechimi Obamadan ham muxolifat bilan til topishishni taqozo etadi.

“Ikkinchi muddatga saylangan prezidentlar ham “mening aytganim bo’ladi, bo’lmasa katta ko’cha” deb ayta olmaydi. Murosaga borish, yon berish lozim”, - deydi sobiq rasmiy.

To’g’ri, prezident Obama o’tgan yili noyabr saylovlarida raqibidan uch million ko’proq ovoz to’plab g’alaba qildi. Biroq respublikachilar Vakillar Palatasida ko’pchilik o’rinni saqlab qolgani bilan faxrlanadi.

Virjiniya Universiteti professori Larri Sabatoning aytishicha, oldinlari saylovda g’alaba qilgan prezident xalq nomidan gapira olaman deb dadil tashabbuslar bilan chiqishi va ularni Kongressdan o’tkaza olishi oson edi. Ammo hozir zamon boshqa, deydi olim.

Siyosiy jihatdan ikkiga bo’lingan Kongress qurol nazorati va immigratsiya kabi boshqa muhim masalalar bilan ham shug’ullanishi kerak. Obama ikkinchi muddati davomida bularni prioritet deb belgilagan.

Konservativ tahlilchi Skott Fokner fikricha, Vashingtonda siyosiy muhit shunaqaki, muammolar orqaga suriladi yoki vaqtinchalik yechiladi.

“Qonunchilar mamlakat ertasini o’ylayotgani yo’q, ular doimo qayta saylanish g’amida. Safsatabozlikdan, o’z manfaatini birinchi o’ringa qo’yish kabi illatlardan qutulish kerak”, - deydi Fokner.

Tarixchilarga ko’ra, AQSh Kongressi hozirgi darajada qubtlashgan davrni eslash qiyin. Demokrat va respublikachilarning qarashlari siyosiy, falsafiy jihatdan keskin farq qiladi.

So’nggi yillarda qonunchilik organida sentristlar kamayib, radikal pozitsiyadagi, murosani o’z partiyasiga xiyonat deb biladigan arboblar ko’paygan. Eng o’tkir muammolar ham yechilmay qolayotgani shundan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika: Shuncha immigrantni nima qilamiz? Obama/Immigrationi
X
22.07.2014 11:27
Immigratsion tanazzulni hal etish uchun prezident nima qilishi zarur? Barak Obama fikricha muammoni tubdan hal qilish uchun Markaziy Amerika davlatlarida jinoyatchilik va qashshoqlikni tugatishda yordam berish lozim. Boshqa yurtdan madad izlayotganlar - ilojsiz odamlar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinliklar Isroil hujumidan vayron bo'lgan binoda qutqaruv ishlarini olib bormoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroilliklar Falastindan raketa otilgani haqida ogohlantiruvchi sirena ovozi yangrashi ortidan uylariga kirib yashirinmoqda, Tel-Aviv, 21-iyul, 2014-yil.
  • Falastinliklar Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo'lgan uy xarobalari ostidan halok bo'lgan odamning jasadini olib chiqmoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroil askarlari va og'ir zirhli harbiy texnikalar G'azoga qarab yurmoqda, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroil hujumi ortidan G'azoning Shijayyah tumanida hujumga uchragan binolardan olov va qora tutun chiqmoqda, G'azo, Falastin, 20-iyul, 2014-yil.
  • Isroillik askarlar halok bo'lgan safdoshlari qabri ustida ko'zyosh to'kmoqda, Holon, Isroil, 20-iyul, 2014-yil.
  • Falastinlik kishi qo'lida jarohat olgan bolani Shifo kasalxonasidagi tez tibbiy yordam xonasiga olib ketmoqda, G'azo, Falastin, 20-iyul, 2014-yil.
  • G'azoda halok bo'lgan isroillik zobitning dafn marosimi, Hod Hasharon, 20-iyul, 2014-yil.
  • Janubiy G'azoda yashagan Abu Jama oilasining Isroil hujumida halok bo'lgan a'zolari dafn marosimi, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • G'azoda halok bo'lgan isroillik zobitning yaqinlari motam tutmoqda, Hod Hasharon, 20-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil Falastin ahliga: tirik qolishni istasangiz, qoching!

Isroil G'azo sektorini havodan o'qqa tutishda davom etarkan, BMT uni va unga qarshi raketa otayotgan HAMASni sulh tuzishga undamoqda. AQSh vositachilik qilishga tayyor. Tomonlar murosadan yiroq. Isroil G'azo ahlini jon saqlash uchun uylarini tark etishga chaqirmoqda. HAMAS jangarilarini qirib tashlamaguncha, hujumlar to'xtamaydi, deya bildirmoqda bu davlat rasmiylari. Hozirgacha 200 dan oshiq odamning yostig'i qurigan.
Fotogalereya

Fotogalereya Slavyansk, Ukraina, 16-iyul, 2014

15-iyul kuni kechqurun Ukraina sharqida havo hujumlaridan 11 kishi o'lgan. Snijne shahrida binolar vayron bo'lgan. Hukumat separatistlarni ayblasa, separatistlar hukumatni ayblamoqda. Bugun Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk Slavyanskda bo'lib, vaziyat bilan tanishdi. Rossiyani bo'lginchi kuchlar ortida turganlikda aybladi. Kreml nazarida esa barcha balolarda Kiyevning o'zi aybdor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI