Yakshanba, 21-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 19:25

Madaniyat

Nyu-York markaziy vokzali 100 yoshda

Amerika Ovozi
Nyu-Yorkda “Grand Central” deya tanilgan markaziy vokzal qurilganiga 100 yil to’ldi. Shaharga kelgan mehmonlar vokzalni ko’rmay ketmaydi. Sayyohlarga dunyodagi eng ma’qul joylar ro’yxatida bu tarixiy obida oltinchi o’rinda turadi.

1913-yil fevralida qurib bitkazilgan bahaybat ohaktosh bino o’shandan buyon deyarli o’zgarmagan.

U sayyohlarni hayratga soladi. Zallardan kuniga 750 ming odam o’tadi. Kimdir do’konga kirmoqchi yoki shunchaki sayr qilib, bu yerlarni tomosha qilmoqchi bo’lsa, aksariyat vokzalga metro yoki poyezddan foydalanish uchun keladi.

"Grand Central" – dunyodagi eng katta vokzal. 44 ta platforma, 67 ta temir yo’l. Hammasi yer ostida.

Vokzalning asosiy zali, xususan derazalar, to’rtta soat va eskicha kassalar ko’pgina kinofilmlarda ko’rsatilgan. 

Masalan, “Baliqchi qirol” badiiy filmida yo’lovchilarning vokzalnig katta zalida vals tushayotgani tasvirlanadi.

“Grand Central" ibodatxonadek ajoyib bir joy, temir yo’l vositasining mo’jiza ekaniga isbot. 

“Xudoning puli bo’lganida, shunday joy qurardi deb hazillashaman men,” - deydi Den Braker. U "Grand Central" vokzali boshqarmasida 30 yildan beri ishlaydi. 

“XX asr boshiga xos arxitektura. Bu binoga kirib chiqayotganlar mana bu ajoyib shift aslida samoga o’xshashi, lekin xuddi ko’zgudek, ya’ni teskarisini aks ettirishini anglamasa kerak. Bir qarang. Xuddi osmonni ko’zguda ko’rgandek bo’lasiz”.

Tarixchi Jastin Ferate 30 yildan buyon vokzalda sayyohlarga gidlik qiladi.

“Sayohatdan orom olish kerak” degan bu binoni qurgan me’morlar, deydi u:

“Bir tasavvur qiling-a, sayohatga chiqdingiz, ajoyibu g’aroyib sarguzasht boshlandi. Nimani orzu qilsangiz, hammasi ushaladi. Istagan manzilga bir zumda yetasiz. Chunki kerakli poyezdni tezgina topasiz-da. Bino aynan shunday qurilgan,” - zavqlanib gapiradi Ferate. 
 
U vokzal binosining ayrim elementlari inson anatomiyasini inobatga olgan holda qurilganini aytadi:

“Vokzalida odamlar bir-biriga urilib ketmaydi. Negaligini bilasizmi? Chunki poldagi har bir blokning uzunligi inson oyog’idek keladi. Kengligi esa qo’lingiz bilan barobar. Har bir blokning rangi boshqa. Xuddi shaxmat doskasidek. Inson tanasiga moslashtirilgan”.

O’tgan asrning o’rtasida "Grand Central"ning ustida ofislardan iborat ulkan bino qurish rejasi ilgari surila boshlangan edi. Biroq ko’plar bunga qarshi chiqdi. O’n yil davom etgan tortishuv natijasida 1968-yilda zamonaviy me’morchilikni himoya qiluvchi harakat vujudga keldi.

Nyu-York markaziy vokzali/GRAND CENTRAL STATION NYCi
X
12.04.2013 17:39
Grand Central Station - Nyu-York shahrining markaziy vokzali. Qad ko'targaniga 100 yildan oshdi. Shaharga kelgan mehmonlar bu maskanni ko'rmay ketmaydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Minimal maoshni oshirish talabii
X
20.12.2014 23:25
Amerikada fast-fud, xohlagan ovqatingizni qo'lingizga tezgina tutqazadigan kafelarining ichshilari va ularni qo'llab-quvvatlayotgan odamlar minimal ish haqini oshirishni talab qilib, namoyishlar o'tkazmoqda. Maqsad minimal ish haqini soatiga 15 dollargacha ko'tarishga erishish.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQShdan panoh topgan diniy yetakchi Fathulla Gulen tarafdorlari hukumatga qarshi namoyishda, Turkiya
  • Isroil askarlari Falastin qishlog'ida
     
  • Gavana, Kuba
  • Peshavor, Pokiston
  • Bangalor, Hindiston
  • Indoneziya
  • Xitoy
  • Chexiya
  • Tailand
  • Litva
  • Yaponiya
  • Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
  • Quvayt
  • Germaniya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI