Payshanba, 02-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:29

Amerika

Obamaning terrorchilarni yo'q qilish uslublari tanqid ostida

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama AQShning aksilterror operatsiyalari, shu jumladan, terrorchilikda ayblanayotganlarni jismonan yo’q qilishga oid bahsli siyosatini yaqinda Kongress va Amerika xalqiga taqdim etishini ma’lum qildi. Ammo bu Obama tanqidchilarini tinchlantirishga kamlik qilmoqda. 

Obama terrorizmga qarshi kurash haqida gapirar ekan, bu borada qo’llanilayotgan usullar, xususan, uzoqdan turib boshqariladigan uchuvchisiz samolyotlardan foydalanish masalasini ehtiyotkorlik bilan tilga oldi.

Prezident nutqida uchuvchisiz samolyotlarni o’z nomi bilan atamay, balki ularni “turli uslublar” deyish bilan kifoyalandi. Gap shundaki, ko’pchilik, shu jumladan, bir qator Kongress a’zolari uchuvchisiz qiruvchi samolyotlarning ishlatilishiga qarshilik bildirib keladi. Obama ularga o’z qarashini shunday tushuntiradi:

“Bizning demokratik tizim shundayki, men “to’g’ri yo’l tutyapmiz” desam ham, qarorlarim savol ostiga qo’yiladi. Shuning uchun kelasi oylarda men Kongress a’zolari bilan birgalikda terrorchilarni izlash, qo’lga tushirish va jazolash yo’lida olib borayotgan harakatlarimiz qonunga xilof emasligini ko’rsatish niyatidaman. Ayni vaqtda bu ishlarimizdan Amerika xalqi va butun dunyo ham boxabar bo’lishi kerak”, - dedi u.
  
Obamaning aytishicha, aksilterror amaliyotlar uchun “har doim qonuniy va siyosiy asos” kerak.

Qonuniy asos haqdagi masala yaqinda Adliya vazirligining ichki hujjati jamoatchilikka oshkor bo’lganidan keyin ko’tarildi. Hujjatga ko’ra, “al-Qoida” yoki unga aloqador tashkilot saflarida xizmat qilayotgan amerikaliklar AQSh xavfsizligi uchun jiddiy tahdid deb topilsa, ularni o’ldirish haqidagi buyruqni AQSh hukumatining yuqori martabali rasmiysi qabul qila oladi.

Kapitoliy bu hujjatni keskin tanqid qildi. Qonunchilar, shu jumladan, Senatning Razvedka qo’mitasi raisi Dayan Finsteyn Oq uydan kim bunday buyruqlar berganini oshkor etishni talab qildi.

Inson huquqlari tashkilotlari ham Obama ma’muriyatidan oshkoralikni so’ramoqda.

“Xalqaro Amnistiya” inson huquqlari tashkilotining AQSh bo’yicha rahbarlaridan biri Zeke Jonson Obama o’zining xalqqa murojaatida bu talablardan ko’z yumganini aytadi.
  
“U qiruvchi samolyotlardan foydalanish, terrorchilikda ayblanayotganlarni hibsga olish va qiynoqqa solish masalalarida AQSh hukumati xalqaro inson huquqlari borasidagi majburiyatlarini buzmasligi haqida va’da berishi kerak edi. Xalqaro huquqqa ko’ra, AQSh hukumatining aniq majburiyatlari bor va prezident ularga rioya qilishi kerak”, - deydi huquq faoli.

Oq uy esa Kongress bilan huquqiy asos yuzasidan muloqotni davom ettirishini bildirdi.
  
Amerika fuqarolar erkinliklari ittifoqining Milliy xavfsizlik loyihasi direktori Xina Shamsiy 2001-yil 11-sentabrdan keyin qabul qilingan terrorchilar haqdagi qonunni tanqid qiladi.

“Juda mavhum iboralar bor. Hukumat ularni istaganicha talqin qilishi va Afg’onistondan uzoqda bo’lgan qurolli mojaroda nishonlarni yo’q qilish uchun qo’llashi mumkin. Men aytayotgan “Harbiy kuchlardan foydalanish haqidagi ruxsatnoma” hukumat harakatlarini oqlamaydi”, - deydi u.
 
Kongress Oq uydan maxfiy hujjatlarni qonunchilarga oshkor etishni talab qilar ekan, Senatning Razvedka qo’mitasi Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig’i etib Jon Brennanni tayinlash haqdagi Obama taklifini hali tasdiqlaganicha yo’q. 
Brennan qo’mita oldidagi chiqishida uchuvchisiz samolyotlar yordamida o’ldirish “eng so’nggi chora” sifatida va faqat odamlar hayotini saqlab qolish uchun qo’llanilishini aytgan edi. U uchuvchisiz samolyotlardan foydalanish jarayoni Amerika xalqi va butun dunyo ahli uchun ochiq va oshkoro bo’lishi kerak deydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh: oziq-ovqat va tirikchilik US/Food Aidi
X
01.10.2014 21:37
AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligining xulosa qilishicha, otgan yili 17 million odam, ya’ni har yetti amerikalikdan biri to’yib ovqat yemagan. 2008-yildan buyon bu raqam o’zgarmay keladi. Moliyaviy inqiroz tugab, iqtisodiy o’sish kuzatilayotganiga qaramay, Amerikada kambag’allar kamaymayapti.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Namoyish paytida

  • Namoyish paytida

  • Namoyish paytida

  • Ebbi Makgil, Xalqaro mehnat huquqlari forumi vakili

  • Namoyish paytida

  • Faollar O'zbekiston elchixonasiga murojaatnoma topshirmoqchi, ammo elchixonadan hech kim chiqmadi.

  • Amerikalik faollar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda o'zbek paxta dalalarida majburiy mehnatga qarshi namoyish

Amerikalik faollar Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasi qarshisida namoyish qilib, O'zbekistonda paxta dalalarida majburiy mehnatga qarshi norozilik bildirdi, Vashington, 30-sentabr, 2014-yil
Fotogalereya

Fotogalereya Ukraina inqirozi kengayishda davom etmoqda

Sharqiy Ukrainada isyonchilar va hukumat kuchlari o'rtasida otishma davom etmoqda. Donetskda yuz bergan so'nggi to'qnashuvda maktab binosiga snaryad kelib tushib, to'rt kishi, jumladan, ikki o'qituvchi va ota-onalardan biri halok bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI