Breaking News

AQShning sakkiz kemasi Filippin sohillarida


AQSh harbiylari Filippinga dovul asoratlari bilan kurashishda yordam berishga harakat qilmoqda. Bir avianosets va yetti harbiy kema Filippin sohillariga 21 vertolyot yetkazgan. Harbiylar ofat zonalarini ko’zdan kechirib, o’tish qiyin bo’lgan joylarga gumanitar yordam tashiydi.

Avianosetsda, shuningdek, tibbiy yordam ko’rsatish uchun sharoit hamda kuniga bir yarim million litr suv tozalovchi moslama bor. Juma kuni ro’y bergan to’fon oqibatida shu kunga qadar 2357 odamning jasadi topilgan, biroq qurbonlarning umumiy soni bundan ko’p bo’lishi aytilmoqda.

Pentagon so’zlovchisi Jorj Littlning aytishicha, Qo’shma Shtatlar ofat zonalariga oziq-ovqat, dori-darmon, ichimlik suvi, shaxsiy gigiyena mahsulotlari va palatkalar yetkazmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG