Seshanba, 21-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 08:44

Amerika

Siyosiy reklamalarga millionlab dollar pul sarflanyapti

Amerika Ovozi
2012-yilgi prezidentlik poygasi Amerika tarixidagi eng qimmat jarayon bo’lishi kutilmoqda. Ikki yil ilgari Oliy sud saylovchilarga va saylov natijasiga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan targ’ibotchi tashkilotlarga istagancha pul sarflash huquqini bergan edi.

"Amerika iqtisodiyotini kim yaxshiroq eplaydi"? – Bu savol bugun tez-tez quloqqa chalinyapti.

Havo mavjlarida siyosiy reklamalar…

Obama 800 milliard dollarni ko’kka sovurdi, deyiladi roliklardan birida.

Saylov kampaniyasining boshlanishi bu hali.

Mitt Romnining 200 million dollar puli bor. Qo’yib bersa, bir foiz soliq to’lashga yo’q demaydi, deyiladi efirga uzatilayotgan boshqa bir reklamada.

Bu reklamalarni hech kimga notanish guruhlar moliyalaydi.

AQSh Oliy sudi qarshisida deyarli har hafta namoyishlar. 2010-yilda sud qarori bilan korporatsiyalar, kasaba uyushmalari va badavlat fuqarolarga saylov paytida istagancha pul sarflashga ruxsat berilgan edi. 

“Korporatsiyalar siyosatchilarning burnidan ip o’tkazib olgan”, - deydi namoyishchilardan biri.

Saylov xarajatlarini kuzatib boruvchi nohukumat tashkilot ma’lumotiga ko’ra, 2004-yilda mustaqil guruhlar siyosiy reklama uchun 69 million dollar sarflagan bo’lsa, 2008-yilda bu raqam 156 millionga yetdi. Joriy yilda esa shu kungacha qariyb 300 million dollar sarflangan, noyabrgacha bu raqam bir necha karra o’sadi.

“Bizni tashvishlantirayotgani korrupsiya”, - deydi Meri Boyl, Common Cause nohukumat tashkiloti vakili.

“Xalq saylagan vakillarga ta’sir o’tkazish uchun buncha pulni kim sarflayapti, nima uchun, bizga qorong’u. Lekin jamoatchilik bilishi kerak”.

Tahlilchilar fikricha, saylovchilar salbiy ruhdagi ustma-ust reklamalardan xafsalasi pir bo’lib, saylov jarayoniga umuman ishonmay qo’yishi mumkin. Heritage jamg’armasidan Maykl Frank fikricha:

“Saylovga bir dunyo mablag’ va cheksiz resurslarni sarflab, eng muhimi, saylovchi ko’ngliga, fuqarolar ko’ngliga yo’l topa olmayotgan bo’lsangiz, hammasi behuda”. 

Ikkilanib turgan saylovchilar ozchilik bo’lsa-da, natijani ular hal qiladi. Demak, reklamalar hali-beri to’xtamaydi.

Prezidentlikka nomzodlar – Barak Obama va Mitt Romnining reytinglar bo’yicha imkoniyatlari deyarli teng. Saylov 6-noyabrda o’tadi.

AQShda saylovoldi mashmashalari/US Political Scandalsi
X
29.09.2012 03:12
Siyosat - nozik narsa. Ayniqsa, demokratik mamlakatlarda siyosiy arbob xatti-harakatiyu aytgan so'zlari ommaga darhol ma'lum bo'ladi. Televideniye, matbuot uni ipidan ignasigacha o'rganadi, tahlil qiladi. Amerikada saylov yaqinlashar ekan, siyosatchilar har qadamini o'ylab, mutaxassislar bilan maslahatlashib bosayapti. Lekin xatolar ham bo'lib turadi.

Amerikada saylov va moliya/US Politics Moneyi
X
04.10.2012 00:07
2012-yilgi prezidentlik poygasi Amerika tarixidagi eng qimmat jarayon bo'lishi kutilmoqda. Ikki yil ilgari Oliy sud saylovchilarga va saylov natijasiga ta'sir o'tkazmoqchi bo'lgan targ'ibotchi tashkilotlarga istagancha pul sarflash huquqini bergan edi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola epidemiyasi - Virus Scarei
X
21.10.2014 00:59
Amerikada olimlar Ebola kasalligiga qarshi qanday kurashish xususida bosh qotirmoqda. Shu kungacha kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi, asosan Afrika g'arbida. Epidemiya chegara bilmaydi. Uning oldini olish esa hamisha juda murakkab masala. Bemorlar soni oshib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziya yangi rahbari Joko Vidodo, sobiq prezident Susilo Bambang Yudxoyono Jakartada.

Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola balosi... Afrika g'arbidagi bugungi manzara

Kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Bir necha davlat vahima va qo'rquvda. Yordam berilmoqda, ammo kasallik hozircha bedavo.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI