Dushanba, 20-may, 2013 Toshkent vaqti: 19:52

Amerika

“Begunoh musulmonlar” filmida o’ynagan aktrisa prodyuserni sudga berdi

Jakartada, Amerika elchixonasi yonida musulmon namoyishchilar politsiya bilan to'qnashdi, 17-sentabr, 2012-yil.
Jakartada, Amerika elchixonasi yonida musulmon namoyishchilar politsiya bilan to'qnashdi, 17-sentabr, 2012-yil.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQShda ishlangan, Muhammad payg’ambarni masxara qilib musulmon dunyosida keskin qarshilikka sabab bo’lgan filmda o’ynagan aktrisa prodyuserni yolg’on va tuhmatda ayblab, sudga bergan.



Bugun Los-Anjeles sudiga murojaat qilgan Sindi Li Garsiya so’zlariga ko’ra, Begunoh musulmonlar filmi prodyuseri Nakula Bassili Nakula uni aldagan. Qadim Misr haqida sarguzasht kartinada suratga tushayapsan, deb laqillatgan. Lekin keyin dialoglar qayta dublyaj qilinib, Muhammad payg’ambarni mayna qiluvchi gaplar qo’shilgan.

Garsiya deydiki, filmning qisqa versiyasi internetda paydo bo’lganidan beri aktrisaga “seni o’ldiramiz” deb po’pisa qilingan. Ayol oilasi hayotidan xavfsirab, yaqinlari bilan ko’risholmay qolgan.

Aktrisa global tarmoqdagi YouTube va Google kompaniyalari ustidan ham sudga arz qilgan. Bu saytlardan film olib tashlansin, deydi u. Garsiya nazarida uning shaxsiy hayot kechirishdek uzviy huquqi poymol etilmoqda.

Film atrofidagi shov-shuv AQShga qarshi qonli chiqishlarga turtki bergan. Liviyaning Bing’ozi shahrida o’tgan hafta Amerika vakolatxonasi hujumga uchrab, to’rt diplomat o’ldirilgan edi.

Bugun Pokiston poytaxti Islomobodda qariyb ming talaba elchixonalar va hukumat idoralari joylashgan hududga yaqinlashmoqchi bo’lgan, biroq politsiya ularga yo’l bermagan.

Afg’oniston poytaxti Kobulda ham yuzlab odamlar namoyishga chiqib, Amerikaga qarshi hayqiriqlar yangragan.

Eronda talabalar “Fransiyaga o’lim” degan shiorlar bilan bosh ko’targan.

Fransiyadagi Charlie Hebdo jurnali shu hafta Muhammad payg’ambar kulgiga olingan, hatto uni yalang’och holda tasvirlovchi karikaturalarni chop etdi. Bosh sahifada ortodoks yahudiy Muhammad payg’ambar o’tirgan nogironlar aravachasini itarib ketayotgani tasvirlanadi.

Fransiya hukumati ehtiyot chora sifatida 20 davlatda elchixona, madaniyat markazlari, vakolatxona va maktablarini vaqtincha yopgan.

Oq uy so’zlovchisi Jey Karnining aytishicha, jurnal tahririyati nima uchun islomni haqoratlovchi rasmlarni bosdi deya savolga tutish o’rinli. Lekin matbuot erkinligi degan narsa ham bor. Haqorat va provokatsiya zo’ravonlik uchun asos emas, deydi rasmiy.

Fransiyada islom ahli jurnal qarorini tanqid qilmoqda. G’arbiy Yevropada musulmonlar soni jihatidan Fransiya birinchi o’rinda turadi.

Hukumat tahririyat binosini mudofaa qilish uchun politsiyachilarni safar etgan. Bosh vazir Jan-Mark Eyro xalqni tinchlikka da’vat etib, Fransiyada so’z erkinligi kafolatlangan deya eslatmoqda.

Bosh vazirning aytishicha, karikaturadan norozilar sudga shikoyat yo’llab, masalani qonuniy yo’l bilan hal qilishi kerak.

Charlie Hebdo satirik jurnali o’tgan yili ham Muhammad payg’ambar suratlarini chop etib, natijada uning binosiga o’t qo’yilgan edi.

Mamlakatda musulmonlar yetakchisi Muhammad Mussaiy provokatsiyaga e’tibor bermang, deydi. Lekin hukumat barcha din ahli birday e’zozlanishi, haq-huquqi teng ekanini takror-takror eslatishi shart, deydi u.
  • Afg'onistonning Nangarhor viloyatida talabalar Amerika bayrog'ini yoqmoqda, 19-sentabr, 2012-yil.
  • Hindistonning Shrinagar shtatida tibbiyot talabalari namoyishi, 19-sentabr, 2012-yil.
  • Pokistonning Islomobod shahrida Amerika elchixonasi va boshqa diplomatik missiyalar yonida advokatlar chiqish qilmoqda, 19-sentabr, 2012-yil.
  • Pokiston poytaxti Islomobod, 19-sentabr.
  • Indoneziyaning Jakarta shahrida norozilik chiqishlari.
  • Pokiston, Peshovar
  • Tailand, Bangkok
  • Hindiston, Chennay
  • Hindiston, Shrinagar
  • Hindiston, Shrinagar
  • Afg'oniston, Kabul
  • Indoneziya, Jakarta
  • Filippin
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Muslim E-mail adresingiz: Uerope
21.09.2012 16:17
Assalamu aleykum...bugun You Tube wa Google programmalarini 3kun muddatga muqotaa-ya'ni uzish e'lon qilindi,buning sababi: Amerika ishlab chiqqan- Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga haqorat etkazuvchi filmdagi lawhalarni nashr qilmaslikka bolgan talabni rad qilishganlari sababli jami musulmonlar ularning shirkatlariga ziyon etkazish uchun bugun,erta wa uni ertasi 3 kun ular bilan uzilishga ittifoq qildilar. Rasulullohni(u kishiga Ollohning salom va salawotlari bolsin) yaxshi korgan har bir muslim va muslimaga bu omonatdir,barchamiz birgalikda qul berib bu ishga kirishaylik..
Bu uzilish haqda radioda e'lon qilindi.Milliardlarcha musulmonlar bir bolib Olloh yaratgan xalqlarning eng afzali bolgan paygambarimiz Muhammad alayhi solatu va sallamga himoya tarzida hech bolmaganda shu uzilish bilan komaklashaylik..bu xatni oziz tanigan har bir musulmonga jonatib, hech bolmaganda iymonning eng zaif darajasiga chiqaylik..hadisda zikr qilinganiday:Paygambar (a.s.)aytadilar:{ Kimiki biror bir munkar ishni korsa quli bilan qaytarsin,agar unga qodir bolmasa tili bilan qaytarsin,agar bunga ham kuchi etmasa qalbi bilan qaytarsin,ammo bu-iymonning zaifligidir.}


Fikr bildiruvchi: UZB E-mail adresingiz: EUROPE
21.09.2012 16:16
Bekorlarni 5tasini aytibdi bu aktirisa ham dunyoni shu so'zlari bilan ishontirib vaziyatdan silliq holda chiqib ketishmoqchi. Ahir ssenariyada hammasi ochiq oydin yoziladiku shuni oqib kegin rolni ijro etishganku. Bular bizga yaniy Musulmonlarga ochiq dushmandurlar ularga Allohning alamli azobi bordur va u albatda yaqin!!!

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI