Breaking News

Ramazon AQShda ham xayr-ehson davri


Amerikada ro'za va iftorlar - Ramadan in America
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Amerikada ro'za va iftorlar - Ramadan in America

Ramazon oyi davomida yuzlab odamlar har kuni Virjiniyaning Herndon shahridagi maktabga qatnadi. Ularni bu yerga yetaklagan o’qish emas, balki bepul oziq-ovqatdir.

Ramazon – xayr-saxovat oyi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00
Yuklab oling

Maktab zali bozorga aylantirildi. Ammo mahsulotlar uchun haq olinmaydi, hammasi bepul. Dasturni Virjiniya musulmonlarining muhtojlarga yordam beruvchi “E’tiqod” tashkiloti moliyaladi.

Sumayya Garyaniya ko’ngillilar guruhini boshqaradi.

“Ramazon oyida tashkilotimiz ko’plab odamlarni ishga olib, ko’pchilikka xizmat ko’rsatadi. Islomiy tamoyillar asosida ishlaymiz. Amerikaning boshqa jamiyatlari ham bilishini istaymiz. Ro’za oyida faqat o’zimizga emas, balki atrofimizdagilarga ham yaxshilik ulashamiz”, - deydi u.

Nafaqat yordam olayotganlar, balki tashkilot xodimlari va ko’ngillilar ham turli e’tiqod va qarash vakillaridan iborat. Ko’ngilli Amit Ubala, masalan, hindu.

“Hamma bor bu yerda. O’tgan yili boshqa din vakillari ham kelgan. Buni qo’shma loyiha deyish mumkin. Ular boshlab bergandan keyin boshqalar ham qo’shildi. Umid qilamanki, bunday tadbirlar Ramazondan keyin ham davom etadi. Kamida har oy yoki yil bo’yi va boshqa hududlarda ham o’tkazish kerak”, - deydi u.

Yordam olish uchun tekshiruvdan o’tish shart emas. Yog’, guruch, shakar, meva va sabzavot kabi mahsulot tugaguncha hammaga tarqatilaveradi.

“Menga juda yoqadi, oila uchun yaxshi. Nafaqat men uchun, balki boshqalar uchun ham bu muhim”, - deydi yordam olganlardan biri.

Ko’ngillilar ham rang-barang, yosh yigit-qizlar ham bor.

Mana ismli qiz Adam markazidagi musulmonlar jamiyatiga qarashli skautlar guruhidan.

“Charchash uzr bo’la olmaydi. Bu yerda qo’limizdan kelgancha hammaga yordam beryapmiz. Buning uchun Ramazon eng qulay fursat, chunki ko’plab ajrlar olamiz”, - deydi Mana.

Oziq-ovqat dasturi bundan 10 yil oldin bir mashinaning yukxonasidan boshlangan. Hozir har hafta 500 dan ortiq odamga xizmat ko’rsatadi va kengayishda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG