Juma, 01-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 18:52

Yaqin Sharq

Senatorlar: AQSh Suriya bo’yicha dadilroq choralar ko’rsin

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Rossiya Suriya muxolifatining prezident Bashar al-Assaddan qutulish harakatini “o’jarlik” deya tanqid qilayapti. Bu talabdan voz kechilmas ekan, urush davom etadi, odamlar o’laveradi, deydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Senatorlar: AQSh Suriya bo’yicha dadilroq choralar ko’rsin/Shohruh Hamro
Senatorlar: AQSh Suriya bo’yicha dadilroq choralar ko’rsin/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Kuni-kecha Rossiya Suriyadan 80 ga yaqin fuqarosini evakuatsiya qildi, asosan, ayollar va bolalarni.

AQSh Davlat departamenti rasmiysi Viktoriya Nuland so’zlariga ko’ra, Rossiya qarori shundan dalolat beradiki, Suriyada xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat tamoman izdan chiqqan.  

BMT hisobicha, qariyb ikki yillik urushda 60 ming kishining yostig’i quridi.

Bir guruh amerikalik senatorlar Obama ma’muriyatidan Suriya oppozitsiyasiga hamda qochqinlarga yordamni oshirishni so’rayapti. Respublikachi senator Jon Makkeyn boshchiligidagi delegatsiya yaqinda Yaqin Sharq va Afg’onistonga safar qilgan edi.  

“AQSh quvvatlovi, xususan, qurol-aslaha va o’q-dori bizga havodek zarur. Suriya uzra harbiy parvozlar taqiqlansin”, - degan iltijolarni eshitdik deydi Jon Makkeyn.

Suriya muxolifati yetakchilari Vashingtondan gumanitar ko’makni hozirgidek nohukumat tashkilotlar orqali emas, bevosita yetkazishni so’ramoqda. Bu ularning salohiyati va xalqaro mavqeini yanada oshirgan bo’lardi.

Delegatsiya a’zolarining aytishicha, qo’shni davlatlarda jon saqlayotgan qochqinlar AQSh nega Suriyadagi qatliomga ko’z yumayapti, nega yetarlicha harakat qilmayapti, deb shikoyat qilgan. 

“Prezident Assad o’zinikida turib olgan. Bu degani, qonli urush hali uzoq davom etadi. Mamlakat turli mazhablarga bo’linib, jihodchi va ekstremistlar uchun qulay makonga aylanadi”, - deydi senator Sheldon Vaytxaus.

Mintaqadagi ahvol bilan tanishib qaytgan qonunchilar nazarida Rossiya va Xitoydan Suriyaga qurol oqimini to’xtatish zarur. AQSh Suriyada va qo’shni davlatlardagi qochqinlar ahvolini yaxshilash uchun faolroq harakat qila oladi, deydi senator Kris Kuns.

Kongress a’zolari mazkur talab va tavsiyalar bitilgan maktubni prezident Barak Obamaga yo’llashgan. 

Qo’shma Shtatlar prezident Bashar al-Assadning kuni bitgan desada, yana bir mojaroga bosh suqish, harbiy chora ko’rish fikridan yiroq.

“Xunrezlikni tugatish, yangi muvaqqat hukumat tuzilishini tezlatish uchun xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilishi lozim”, - deydi Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland.

Yilning ilk matbuot anjumanida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun diplomatiya Suriya mojarosini hal qilishga ojiz, deb ta’kidlagan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola virusi tarqalishda davom etmoqdai
X
31.07.2014 18:42
G’arbiy Afrika mamlakatlari bo’ylab o’limga yetaklovchi Ebola virusi tarqalishda davom etmoqda. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, bu ushbu kasallik bilan bog’liq shu paytgacha kuzatilgan eng katta endemiyadir. Xalqaro hamjamiyat yetakchilari vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Besh yoshli Jahar Muharram oilasi bilan BMT maktabida jon saqlamoqda, G'azo, Falastin, 31-iyul, 2014-yil.
  • Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu (o'ngda) vazirlari bilan, Tel-Aviv, Isroil, 31-iyul, 2014-yil.
  • Falastinlik ayol BMT yordam markazidan oziq-ovqat olmoqda, G'azo, Falastin, 31-iyul, 2014-yil.
  • Falastinliklar Isroil hujumida halok bo'lgan al-Silk oilasi a'zolariga janoza namozini o'qimoqda, G'azo, Falastin, 31-iyul, 2014-yil.
  • Isroil hujumida vayron bo'lgan uylar, G'azo, Falastin, 31-iyul, 2014-yil.
  • Isroillik askar G'azo chegarasi yaqinida zirhli harbiy mashina ustida turibdi, 31-iyul, 2014-yil.
  • Isroillik askarlar G'azo chegarasi yaqinida, 31-iyul, 2014-yil.
  • G'azo chegarasi yaqinida Isroil tanklari, 31-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya G'azo inqirozi - 31-iyul, 2014-yil

G'azoga Isroil raketalari yog'ilishda davom etmoqda. Tomonlar hujumlarni to'xtatish bo'yicha hanuz kelishuvga erishgani yo'q. Halok bo'lgan falastinliklar soni 1500 ga yetgan.
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI