Yakshanba, 23-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 20:37

Siyosat

Obama imzolagan qonun Rossiyani g'azabga keltirdi

Amerika Ovozi
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya bilan normal savdoni yo’lga qo’yish to’g’risidagi qonunga qo'l qo'ydi. Unda inson huquqlarini poymol etgan rasmiylarni jazolash haqida band ham bor.

Yaqinda Senat va Vakillar Palatasida ovozdan o’tgan bu rezolyutsiya Rossiya bilan tijoratga Sovuq urush davrida qo’yilgan cheklovlarni olib tashladi. Shuningdek, huquqbuzar deb ko'rilgan rossiyalik mansabdor shaxslarga sanksiya qo'yildi.

Ularga endi Amerika vizasi berilmaydi, bu mamlakatdagi hisob raqamlari muzlatiladi.

Obama imzolagan qonunga Sergey Magnitskiy nomi berilgan bo’lib, 37 yoshli rossiyalik bu advokat rasmiylarni byudjetdan 250 million dollar o’marganlikda ayblagach, qamoqqa tashlangan va 2009-yilda jon bergan edi.

AQSh sanksiyalari Magnitskiyning hibsga olinishi, qamoqda tahqirlanishi va o'limiga aloqador deb ko'rilgan mulozimlarga qaratilgan.

Kreml Amerikaning bu qaroridan g’azabda va prezident Vladimir Putin biz ham shunga yarasha javob beramiz, deb ogohlantirgan.

Ayni paytda Rossiya parlamenti o'xshash qonun loyihasini ko'rib chiqmoqda. Unda Rossiya fuqarolari huquqini toptagan amerikalik fuqarolarni mamlakatga kiritmaslik haqida so'z boradi. Xususan, Rossiyadan bola boqib olib, so'ngra ularni xo'rlagan oilalar va shaxslar tilga olinadi.

AQSh senatori Ben Kardin so’zlariga ko’ra, sanksiyalardan maqsad Rossiyada adolatsizlikka duchor bo’lganlar ruhini ko’tarishdir. 

“Huquqbuzar shaxslar Qo’shma Shtatlarga endi qadam qo’ya olmaydi, bu mamlakat banklaridan foydalana olmaydi. Umid qilamizki, bu qonunda belgilangan normalar hamma uchun ibrat bo’ladi”, - deydi qonunchi.

Taklifni olg’a surgan yana bir senator, respublikachi Jon Makkeyn Kremlga qarata shunday dedi:

“Vladimir Putin va rus kleptokratsiyasi bilsinki, AQSh inson huquqlari buzilishiga chidab o’tirmaydi. Biz qabul qilgan qonun Rossiyaga qarshi qaratilmagan. Aksincha, rus xalqiga xayrixohmiz, ular yaxshiroq hukumatga loyiq”.

Muxolifat lideri Vladimir Rijkovning aytishicha, prezident Vladimir Putindan farqli o’laroq, aksar rossiyaliklar Magnitskiy Aktini qo’llab-quvvatlaydi. Ommaviy so’rovlar buni tasdiqlagan, deydi u.

Rijkovga ko’ra, yulg’ich mansabdor shaxslar pulini, mol-mulkini chet elda saqlashi hech kimga sir emas.

Boshqa tarafdan, savdo cheklovlari olib tashlanganidan Kreml mamnun. Shu yoz Jahon savdo tashkilotiga qo’shilgan Rossiya va AQSh o’rtasida savdo-sotiq oshishi kutilyapti.

Iqtisodchilar hisobicha, kelasi besh yilda Amerikaning bu davlatga eksporti ikki karra oshadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI