Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 06:23

Amerika

AQSh Senati qo'mitasi Rossiyaga qarshi qonun loyihasini ma'qulladi

Sergey Magnitskiy korrupsiyani fosh etgani uchun soxta ayblov bilan hibsga olinib, qamoqda o'lgan. 2009-yil, 20-noyabrida Moskvada ko'milgan.Sergey Magnitskiy korrupsiyani fosh etgani uchun soxta ayblov bilan hibsga olinib, qamoqda o'lgan. 2009-yil, 20-noyabrida Moskvada ko'milgan.
x
Sergey Magnitskiy korrupsiyani fosh etgani uchun soxta ayblov bilan hibsga olinib, qamoqda o'lgan. 2009-yil, 20-noyabrida Moskvada ko'milgan.
Sergey Magnitskiy korrupsiyani fosh etgani uchun soxta ayblov bilan hibsga olinib, qamoqda o'lgan. 2009-yil, 20-noyabrida Moskvada ko'milgan.

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi Rossiyada inson huquqlarini buzishda qo'li bor rasmiylarga qarshi sanksiyalarni ko'zlaydigan qonun loyihasini ma'qulladi.

Unda bunday mulozimlarni AQShga qo'ymaslik, Amerikadagi mulk va hisob raqamlarini muzlatish ko'zda tutilgan.

Qonun, ayniqsa, 2008-yilda hibsga olinib, qamoqda o'lgan yurist Sergey Magnitskiy ishiga aloqador rasmiylarni nishonga olishni maqsad qiladi. AQSh nazarida huquqshunos ichki ishlar tizimidagi yuqori lavozimli rasmiylarni poraxo'rlikda ayblab, qamoqda qiynoqqa solinib, atayin o'ldirilgan.

Vakillar Palatasi qo'mitasida ham shu mazmundagi qonun loyihasi tasdiqlandi. Oq uy bunday choralarga qarshi. Magnitskiyning o'limi uchun Rossiyaga sanksiya kiritilgan, qo'shimcha choralarga hojat yo'q, deydi Obama ma'muriyati vakillari.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujjat qabul qilinsa, Amerika rasmiylarini ham sanksiya bilan siylaymiz, dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, Qo'shma Shtatlar o'ziga chox qazimoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI