Seshanba, 29-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 09:35

Amerika

AQShning fazodagi maqsadlari nima?

Amerika Ovozi
AQShning fazo tadqiqotlari uchun ajratayotgan mablag’i kamayib borar ekan, soha taraqqiyotining kelajagi savol ostida turibdi. Samoga parvozlarni amalga oshirish uchun mablag’ yetarli emas, deyiladi dekabr va yanvar oyida chiqqan ikki hisobotda. 

AQSh raketalari fazoga uchgan davrda Xyustondagi Jonson Fazo Markazi gavjum joy edi. Endi esa raketalar muzeyda. Markaz yuzlab yuqori malakali mutaxassislarni ishdan bo’shatdi.

Jonson Fazo Markazi sobiq direktori, hozirda Rays Universutetida dars berayotgan Jorj Abbi buni uyat, deydi.

“Dasturlar yopildi, xodimlarimiz boshqa joylarda ishlayapti. Bularni qayta tiklash endi juda qiyin”, - deydi u.

Markazning yangi rahbari - sobiq astronavt Ellen Ochoa bunday dasturlarni davom ettirish tarafdori.

“Dasturlar kelib ketadigan narsa. Hamma narsa ham bizning xohishimizga bog’liq emas. Lekin o’z qo’limizda bo’lgan masala – hozirgi faoliyatimizda muvaffaqiyatga erishish. Shunisi muhim”, - deydi u.
  
AQShning NASA fazoviy tadqiqotlar agentligi yangi raketalar qurish va eski texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini izlamoqda. Jonson Fazo Markazi esa Xalqaro fazo stansiyasi ishini boshqarishda davom etyapti.

“Byudjetimiz ilgarigidek katta emas. Shuning uchun har bir loyihadan unumli foydalanishimiz kerak”, - deydi Jonson Fazo markazi direktori Ochoa.

Yaqinda Rays Universitetidagi anjumanda qatnashgan ekspertlar AQSh fazoviy tadqiqotlariga siyosat salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidladi.

AQSh Dengiz akademiyasi professori Joan Jonson-Friz fikricha, asteroidga uchish haqidagi 2010-yilgi loyiha quruq gapligicha qoldi. 

“Uch yil vaqt o’tdi axir. Agar shunday maqsad qo’yilgan bo’lsa, unga erishish uchun ilk qadamlarni qo’yish fursati kelmadimi?”, - deya so’raydi u.

Anjuman qatnashchilari, shuningdek, AQSh hukumat laboratoriyalari, NASA va Mudofaa vazirligi o’rtasida hamkorlikni kengaytirish lozimligini ta’kidladi.

Sobiq astronavt, Xalqaro fazo stansiyasi rahbari Leroy Chiao Rossiya bilan hamkorlikni misol keltiradi.

“Bunday hamkorlikni kengaytirib, Xitoy bilan ham birgalikda ishlashimiz kerak deb hisoblayman. Hozirda fazoga raketalar uchirishga qodir yagona boshqa davlat bu Xitoy”, - deydi u.

Ammo Xitoy bilan samodagi  sheriklikka Kongress qarshi. Qonunchilar byudjet masalasini uzil-kesil hal eta olmayotgani ham fazo tadqiqotlariga ta’sir qilmoqda.

Shunga qaramay, Ellen Ochoaning NASA kelajagidan umidi katta.

“Ilmiy izlanishlarimizda olg’a siljish uchun qo’limizdan kelganicha mehnat qilyapmiz”, deydi Ochoa.

AQSh xazinasining nimaga sarflanishini Kongress hal qiladi. Demak, NASA kelajagi uning qaroriga bog’liq. Qonunchilar oldida turgan eng dolzarb masala hozir  davlatning byudjet kamomadini kamaytirish.

AQShning fazodagi maqsadi nima? US Space Programsi
X
26.02.2013 01:59
AQShning fazo tadqiqotlari uchun ajratayotgan mablag'i kamayib borar ekan, soha taraqqiyotining kelajagi savol ostida. Samoga parvozlarni amalga oshirish uchun pul yo'q.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerikada ro'za va iftorlar - Ramadan in Americai
X
28.07.2014 23:13
Ro'za va iftorlar Amerika madaniyatining bir qismiga aylangan. Amerika musulmonlari og'zini ochish paytida dasturxonga musulmon bo'lmagan yurtdoshlarini ham taklif qiladi. Tez-tez ko'zga tashlanadigan manzara - xayriya tadbirlari. Yo'qsillarga yordam tariqasida oziq-ovqat tarqatish.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Keniyalik bolalar
  • Yaman
  • G'azo
  • Bag'dod
  • Indoneziya
  • Kosovo
  • Misr
  • Quddus
  • Fransiya
  • Keniya
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI