Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 12:26

Amerika

AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda

AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda
AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Ozodlik” haykali Amerika darvozasi sifatida tanilgan. Nyu-York shahrining ajralmas qismi. Haykal qad ko’targaniga 125 yil bo’ldi. XIX-asr oxiri XX-asrning birinchi yarmida Yevropadan kemalarda kelgan yuzlab ming muhojirlarni aynan mana shu haykal kutib olgan. Yangi amerikaliklar uning yonidagi orolda joylashgan immigratsiya punktidan o’tgan.

Qo’lidagi mash’alni baland ko’tarib turgan bu ayolning bo’yi 93 metr. 1886-yilda o’rnatilganida Amerika ancha boshqacha edi, lekin o’shanda ham erkinlik diyori hisoblangan. Bugun bu ma’budaning toj qismi -  ilg’or texnologiya markazi.

AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda
AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda

125 yil davomida nelarni ko’rmadi, qanday voqealarga guvoh bo’lmadi bu haykal. Bugun Amerika uning yubeleyini tantana qilmoqda.

AQSh Madaniy va tabiiy boyliklar vaziri Ken Salazar tadbirda gapirar ekan, haykalning ochilish marosimida prezident Grover Klivlend aytgan gaplarni yodga oldi.

“Ozodlik bizning diyorimizga keldi. Biz uni qadrlaymiz, uni bayram qilamiz. Biz, Amerika xalqi, ozodlikni ham so’zda, ham ishda e’zozlaymiz, isbotlaymiz”.

“Ozodlik” ma’budasi aslida Fransiyadan do’stona sovg’a. Ikki jamiyat erkinlik, tenglik va birodarlikni birdek qadrlaydi degan ma’noda taqdim etilgan. Haykalni fransuz ustasi Frederik Bartoldi ishlagan. Unga “Libertas” deb nom bergan, qadim rimliklarning xudolaridan biri, ozodlik timsoli. Ozodlik har narsadan ustun bo’lganidek, bu haykal ham osmonni o’pib tursin, degan u.

AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda
AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda

Ma’budaning 125 yilligini nishonlashga kelganlar orasida chet elliklar ko’p.

Mariana Chelkova, masalan, fransiyalik ruslardan ekan. Sovet davrida vatanni tark etgan.

“Bu haykal sizga umid berib, hurlik haqida o’ylantiradi”, - deydi u.

“Moskvada tug’ilganman. Sovet Ittifoqining zulmatli davrlarida dunyoga kelganman. Bu haykal – umumbashariy erkinlik timsoli”.

Yubiley munosabati bilan 46 davlatdan kelgan va Amerikada besh yil muqim yashagan 125 muhojir fuqarolik qasamyodini keltirdi. Bundaylar Qo’shma Shtatlar bo’ylab millionlarni tashkil etadi. Yangi amerikaliklar.

AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda
AQShning mashhur "Ozodlik" haykali - 125 yoshda

“Ozodlik” haykali va yangi hayot izlab kelgan muhojirlarga bag’ishlangan mashhur bir she’r bor. Uni atoqli adiba Emma Lazarus yozgan. Bu she’r “sehrli diyor” Amerikaga yetib kelguncha odamlar chekkan azobni, ularni umidga to’ldirgan hissiyotlarni aks ettiradi.

“Toliqqan, bor-butini ortda qoldirib, erkinlik tomon talpingan, mana shu sohilga yetgan va yeta olmagan insonlar… Men ularning hammasi uchun oltin darvoza oldida erkinlik va nurli kelajak mash’alini ko’tarib turibman”, - deyiladi bu she’rda.

Muhojirlarning ko’pi sohilga yetolmay halok bo’lgan. Har yili bu yerni millionlab odamlar ziyorat qiladi.

“Ozodlik” haykali kelasi bir yil mobaynida ta’mirdan o’tadi. Bu degani sayyohlarga yopiq. Remont uchun 27 million dollar ajratilgan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI