Dushanba, 20-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 22:54

Xalqaro

AQSh Suriya borasida yangi takliflar bilan chiqadi

Amerika Ovozi
Qo’shma Shtatlar Suriya prezidenti Bashar al-Assadni hokimiyatgan ketishga ko’ndirish uchun yangi diplomatik takliflar bilan chiqadi.

“Assad tushunishi kerakki, Suriyaning bo’lajak hukumatida unga joy yo’q”, - deydi Davlat kotibi Jon Kerri, jurnalistlar bilan suhbatda.

Aynan qanday takliflar haqida gap ketayotgani hozircha ma’lum emas. Avvalo bir qancha tomonlar bilan maslahatlashib olish zarur, deydi Kerri, Rossiyaga ishora qilib.

AQSh bosh diplomati kecha Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Nosir Juda bilan muloqot qilgan. 300 ming suriyalik qochqinga boshpana berganmiz, bizga yordam kerak, deydi mehmon.

Bugun Jon Kerri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo’yicha oliy vakili Ketrin Eshton va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan Suriya borasida fikr almashdi.

BMT hisobicha, prezident Assadga qarshi isyonda shu kungacha 70 ming odamning yostig’i qurigan.

Bu orada, Rossiya bu davlatga qurol-aslaha eksportini to’xtatmoqchi emas. “Rosoboroneksport” davlat agentligi direktori Anatoliy Isaykin qurol savdosiga hech qanday sanksiya qoyilgan emas, ikki mamlakat o’rtasida shartnomalar bor, deya eslatadi.

Uning qayd etishicha, Rossiya sotayotgan qurollarni Suriya faqatgina mudofaa uchun ishlatishi mumkin, aholiga hujum qilish uchun emas.

So’nggi xabarlarga qaraganda, Suriyada isyonchilar Iroq chegarasi yaqinidagi al-Shadada shahrini bosib olgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, October 20, 2014i
X
20.10.2014 10:40
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Hujumga hozirlanayotgan kurd jangchilari, Kobani, Suriya, 19-oktabr, 2014-yil.

  • Turkiya-Suriya chegarasida odamlar Kobanidagi janglarni kuzatmoqda, 19-oktabr, 2014-yil.

  • Turkiya-Suriya chegarasida jurnalistlar Kobanidagi janglarni kuzatmoqda, 19-oktabr, 2014-yil.

  • Navbatdagi havo zarbasidan so'ng Kobanidagi binolardan biridan tutun ko'tarilmoqda, 19-oktabr, 2014-yil.

  • Kobanidan qochib kelgan muhojirlar farzandlari chegara yaqinidagi Turkiya maktablaridan birida tashkil etilgan qochoqlar lagerida, 19-oktabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola balosi... Afrika g'arbidagi bugungi manzara

Kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Bir necha davlat vahima va qo'rquvda. Yordam berilmoqda, ammo kasallik hozircha bedavo.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriyaning Kobani shahri hayot uchun kurashmoqda

Hozirda, mahalliy manbalarga ko'ra, shaharning 40 foizi "Islomiy davlat" qolida. Kobanida kamida 700 fuqaro bor va terror tizimi ularni qatl etishi turgan gap, deya bildirmoqda BMT.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI