Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 11:02

Amerika

Jek Lu - AQSh moliya vaziri lavozimiga nomzod

Prezident Obama nazarida Jek Lu Vashingtondagi eng qobil shaxslardan biri
Prezident Obama nazarida Jek Lu Vashingtondagi eng qobil shaxslardan biri
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama moliya vazirini yangilamoqda. O'tgan to'rt yildan beri bu lavozimda ishlagan Timoti Gaytner shu oy oxirida faoliyatini tugatadi. Uning o'rniga Obama Jek Lu, ayni damda Oq Uy boshqaruvchisi bo'lgan arbobni  ko'rsatdi.

Jek Lu bu vazifada prezidentning har bir qarori ortida muhim rol o'ynaydi.

Nomzod Senat tasdig'idan o'tishi kerak. 57 yoshli Jek Lu xususiy va davlat sektorida uzoq yillik tajribaga ega.

Bill Klinton prezidentligi davrida davlat byudjeti uchun mas'ul bo'lgan. Obama qo'lida ham shu kursida o'tirgan. Kongressda byudjet masalalari bilan shug'ullanadigan idora rahbari bo'lgan. Kuchli muzokarachi deya tanilgan.

Obama prezidentlikka kelganida uni avvalo Davlat departamentida xalqaro iqtisodiy masalalar bo'yicha bosh rasmiy etib tayinlagan. Keyinchalik esa uni o'z yoniga, Oq uyga, chaqirib olgan. 

Davlat qarzi 16 trillion dollardan oshib turgan bir paytda Amerikaga uddaburo, hamma bilan kelishib ishlay oladigan, bosiq va g'ayratli moliya vaziri kerak.

"Jek Lu bu ishni eplay olishiga ishonchim komil", - deydi prezident.

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI