Breaking News
Din

Musulmonlarni AQShga kiritmaslik haqida huquqshunoslar nima deydi?


Kaliforniya shtati
Kaliforniya shtati

Prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp musulmonlarni AQShga kiritmaslikni taklif etgach, mamlakat va dunyo bo'ylab unga qarshi e'tirozlar kuchaydi. Bunday talab qanchalik qonuniy? Musulmonlarni mamlakatga kirishini taqiqlash konstitutsiyaga zidmi?

Tramp da'vosi va konstitutsiya, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

AQSh XIX asr oxirida xitoyliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan. II Jahon urushi davrida esa yapon amerikaliklar maxsus lagerlarda saqlangan.

Shunday ekan, Trampning musulmonlarga qarshi chaqirig'i qanchalik konstitutsiyaga mos yoki zid?

"Bu siyosatga ham, konstitutsiyaga ham to'g'ri kelmaydi. Be'mani g'oya", - deydi huquqshunos Deyvid Kol.

Jorjtaun universiteti professori nazarida, musulmonlarni ajratish uchun prezident, avvalo, Kongress ruxsatini olishi kerak.

U bunga erishgan taqdirda ham, qaror baribir noqonuniy bo'ladi.

"Konstitutsiyadagi birinchi o'zgartirish hukumatga biror dinga xayrixohlik qilish yoki qarshi chiqishni taqiqlaydi", - deydi Kol.

Oq uyga ko'ra, Tramp bu gapi bilan prezidentlik uchun noloyiqligini ko'rsatdi.

"Prezident ishga kirishishi bilanoq Injilga qo'lini qo'yib, konstitutsiyani himoya qilishga qasam ichadi. Janob Tramp olg'a surayotgan siyosat bosh qomusda belgilangan qadriyatlarga zid", - deydi Oq uy so'zlovchisi Josh Ernest.

Ammo hukumat musulmonlarga qarshi shunday vakolatga ega yoki ega emasligi yuzasidan huquqshunoslar fikri bir xil emas.

Ayrimlarga ko'ra, hukumat immigratsiya masalasida keng vakolatlarga ega bo'lib, davlat yoki millatiga qarab alohida qoidalar joriy etishi mumkin. XIX asrda xitoyliklarga qarshi qabul qilingan qonun shunga bir misol; chunki AQSh konstitutsiyasi xorijliklarni himoya qilmaydi, deydi ular.

Yaponlarni alohida lagerda saqlashdek chorani esa hozir amalga oshirib bo'lmaydi, deydi Kol.

"O'sha paytda hukumatning bu qarori bekor qilinmagan. Buning yagona sababi shundaki, hukumat qaytib bunday choraga boshqa qo'l urmagan", - deydi huquqshunos professor.

Yel universiteti professori Axil Amas esa musulmonlarni ajratish mamlakat qadriyatlariga zid ekanini aytadi.

"Amerikadagi diniy plyuralizm dunyo uchun ziyo va namuna bo'lib kelgan. Donald Tramp xuddi shu narsani tushunmayapti. Bir so'z bilan aytganda, uning takliflari Amerikaga xos emas", - deydi u.

AQShda va butun dunyoda tanqid ostida qolganiga qaramay, so'rovlarda Tramp yetakchilik qilishda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG