Breaking News

AQSh Ukraina armiyasini tayyorgarlikdan o'tkazmoqda


Ukraina ahli Amerika harbiy yordami haqida qanday fikrda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:01 0:00

Ukraina ahli Amerika harbiy yordami haqida qanday fikrda?

AQSh harbiylari Ukraina g'arbida mamlakat qurolli kuchlarini tayyorgarlikdan o'tkazmoqda. Mashg'ulotlar isyonchilar bilan kurash ketayotgan sharqiy viloyatlardan ancha olisda o'tkazilmoqda, ammo mintaqadagi vaziyat bilan chambarchas bog'liq.

Polsha yaqinidagi Yavorov bazasida AQSh zobitlari ukrain ofitserlar bilan muloqot o'tkazdi.

Tashqarida esa amerikalik askarlar mashg'ulotlarni boshlash oldidan suratga tushishdi. Bu yerdagi Ukraina askarlarining ko'pi sharqiy Ukrainadagi janglarga qatnashgan, ammo Rossiyadan ko'mak oladigan isyonchilarni yengish uchun ular treyningga muhtoj.

AQSh elchisi Jeff Payat bilan yonma-yon turib gapirar ekan, Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko harbiy mashg'ulotlarda Buyuk Britaniya, Kanada va Polsha mutaxassislari ham ishtirok etayotganini bildirdi. Bu Ukrainaning G'arb bilan munosabatlarida yangi yo'nalishni belgilab beradi, deydi Poroshenko.

"Sizlarga shuni aytmoqchimanki, imkon qadar qisqa muddat ichida hamkorligimizni yanada kengaytirish uchun hamma narsani qilyapmiz. Biz tomondan lozim bo'lgan barcha chora ko'rilyapti va ishonchim komilki, elchi ham shu hamkorlikni kuchaytirish uchun faol ish olib boradi", - dedi Ukraina rahbari.

Harbiy mashg'ulotlar, sulh tuzilganiga qaramay, sharqiy Ukrainada zo'ravonliklar davom etayotgan bir paytga to'g'ri kelmoqda. Xalqaro kuzatuvchilarga ko'ra, mintaqada har kuni to'qnashuv ro'y beradi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hujumlarning ayrimlari isyonchilar tomonidan amalga oshirilganini tan olgan, ammo zo'ravonliklarning aksariyatida Ukrainani ayblagan. Kiyev esa bu ayblovlarni inkor etadi.

Treyning o'tayotgan baza to'qnashuvlar yuz berayotgan hududdan 1200 kilometr olisda joylashgan. Ammo harbiylar tushunchasi bo'yicha bu masofa yaqin hisoblanadi, deydi AQSh mayori Maykl Vaysman.

"Avvalo, bizning Ukrainaga kelishimiz Ukraina hukumati iltimosi bilan amalga oshdi. Shuningdek, bu qilayotgan ishimiz har qanday odamga Ukraina yaxlitligi va mustaqilligini AQSh qo'llab-quvvatlashini ko'rsatadi", - deydi u.

Harbiylarning aytishicha, individual va kichik guruhlarning mahoratini oshirishga qaratilgan bu mashg'ulotlar Ukraina askarlarining ruhi va professionalizmni oshirishda katta ahamiyatga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG