Yakshanba, 23-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 10:43

AQSh-Markaziy Osiyo

Amerika-O'zbekiston aloqalarida xavfsizlik ustuvor mavzu

Amerika qonunchilari yaqinda Toshkentga safari chog’ida ham shu mavzuni ko’targan. Muloqot yakunida prezident Islom Karimov “aloqalarni rivojlantirish uchun uzoq muddatli hamkorlik dasturi tayyorlandi” degan. Kuzatuvchilar nazarida istiqbolda rishtalar, asosan, xavfsizlik bilan bog'liq bo'ladi.


2014-yilda AQSh va NATO qo'shinlari Afg’onistondan chiqishi kutilmoqda. Butun mintaqa xavfsizligi uchun nozik bu pallada O’zbekiston ham muhim siyosiy o’zgarishlardan o'tishi kutilayapti. Mamlakatda 2014-yil oxirida parlament, 2015-yil boshida prezident saylovlari rejalangan.

Amerika delegatsiyasi yaqinda Toshkentda rasmiylar bilan uchrashar ekan, mintaqadagi manfaatlar uyg’unligi, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirish zaruratini ta'kidlagan.

Qonunchilar inson huquqlari masalasida O’zbekistonda ijobiy o’zgarishlar mavjudligini ham qayd etgan.

O’zbekistonlik faollar so'zlariga ko’ra, region xavfsizligini ta’minlash muzokarlarda asosiy masalaga aylanmoqda.

“AQSh va NATO qo’shinlari Afg’onistondan chiqqach, mintaqada real xavf yuzaga keladi. Chunki Afg’oniston hali stabillashgani yo’q, muvozanatli bir boshqaruv tizimi shakllanmadi. Bu esa mintaqada radikalizm yoki boshqa beqarorlik bilan bog'liq muammolarni vujudga keltiradi. Shu sababli hozir AQShning nafaqat O’zbekiston, balki mintaqaning boshqa davlatlari bilan muzokarasida ham asosiy masala shu bo’lib qolmoqda. Prezident Karimov kongressmenlar bilan ham, asosan, xavfsizlik masalasida gaplashdi”, - deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

Yaqinda O’zbekiston va AQSh o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 20 yilligi nishonlandi. Munosabatlar keskin bosqichlarni ham boshdan kechirdi. Ziddiyat, ayniqsa, inson huquqlariga taqaladi.

“AQSh Afg’oniston bois inson huquqlari masalasiga e'tiborni susaytirdi degan iddaolar bor. Lekin men bu qarashlarga yuz foiz qo’shilmayman. Agar AQSh hukumati chiqarayotgan hisobotlarni ko’rsak, bunga guvoh bo’lamiz. To’g’ri, ayrim hollarda fuqarolik jamiyati vakillari chetda qolmoqda. Lekin siyosatning ham o’z qoidalari bor. Umuman, AQSh inson huquqlari masalasiga to’liq ko’z yumayapti, deb bo’lmaydi, ehtimol biroz susaygandir. Biz huquq himoyachisi sifatida, tabiiyki, bunday e’tibor yanada kuchliroq bo’lishini istaymiz”, - deydi Tashanov.

Uzoq muddatli hamkorlik qanday bo’lishi haqida hali aniq rejalar e’lon qilinmagan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI