Breaking News

AQSh elchixonalarida viza berish to'xtab qoldi


AQSh Davlat departamentining markaziy kompyuter sistemasida chiqqan muammo sabab jahon bo'ylab millionlab odamlar vizasini kutishiga to'g'ri keladi.

Departamentning konsullik xizmatlariga doir ma'lumot bazasi ishdan chiqqan. Natijada Amerika elchixonalarida pasport va viza uchun topshirilgan hujjatlarni ko'rib chiqish kechiktirilmoqda.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi Mari Xarfning aytishicha, mamlakatning butun dunyo bo'ylab diplomatik idoralarida arizalarni ko'rish to'xtab qolgan.

Vizaga topshirganlar haqidagi barcha ma'lumot, shuningdek, ular tekshiruv va suhbatdan o'tgani haqidagi informatsiya markaziy kompyuter sistemasida saqlanadi. Bu tizimni imkon qadar tezroq tuzatishga harakat qilayapmiz, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG