Dushanba, 15-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 14:26

Amerika

AQSh tadbirkor ayollari zamon haqida nima deydi?

Barbara Ers, yuk tashuvchi yirik kompaniya asoschisi
Barbara Ers, yuk tashuvchi yirik kompaniya asoschisi

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Amerikada kichik xususiy bizneslarning uchdan bir qismini ayollar boshqaradi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay tadbirkor xotin-qizlar kun sayin ko’paymoqda.


Bundan bir necha yil avval mana bu yuk tashuvchi mashina ham, u tegishli kompaniya ham erkak biznesmenning mulki edi. Bugun esa uning sohibasi - Barbara Ers. Virjiniya shtati Frederiksburg shahrida joylashgan “Apple Transfer” kompaniyasi prezidenti. Kompaniya yuk tashiydi, xonadon va shirkatlarga ko’chishda yordam beradi.

Ers unga 1988-yilda asos solgan.    

“Ukam bilan boshlaganman. Bitta kichik yuk tashuvchi mashinamiz bor edi. Ukam yuk tashirdi, men hujjatlar bilan shug’ullanardim”.
 
Bugunga kelib Ersning ko’plab yuk tashuvchi mashinalari, omborxona va 100 ga yaqin xodimi bor.

AQSh Kichik biznes ma’muriyati rasmiysi Ana Xarvi tadbirkorlar ayollar ko’paymoqda, deydi:

"Masalan, 1979-yilni oladigan bo’lsak, xususiy biznesning bor-yo’g’i 5 foizi ayollar qo’lida bo’lgan. Bugun xususiy firmalarning 30 foiziga xotin-qizlar egalik qiladi va boshqaradi”.

1970-yillarda qabul qilingan yangi qonunlar ayollarga yo’l ochgan. 

“Bu qonunlarga ko’ra, xotin-qizlarning bankdan kredit olishi uchun erkak imzosi talab qilinmaydigan bo’ldi. Katta o’zgarish edi bu. Ayollar o’z biznesini ocha boshladi,” - deydi Xarvi.

Iqtisodiy inqiroz ham bu borada ijobiy rol o’ynadi.

“Krizis boshlangach, ko’plab ayollar ishini yo’qotdi. Ularning aksariyati “yaxshi ish topgunimcha o’zim yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanib turaman” degan qabilda harakat qildi. Yangi sohalarga asos solishdi”.

Xarvining o’zi ham ilgari xususiy sektorda ishlagan, biznes yuritgan.  Hukumat ayollarni qo’llab-quvvatlaydi, deydi u.

“O’tgan yilda 160 ming ayolga biznes-plan tuzish, marketing, internetdan foydalanish, xususiy faoliyat yuritishda yordamlashdik.”

Davlat ko’magi tadbirkor ayollar uchun juda muhim, deydi Barbara Ers. 

“Masalan yuk tashish biznesida azaldan erkaklar ishlagan. Menga hamon hayron bo’lib qarashadi, qarshilik ham ko’rsatishadi. Erkaklarni yomon demayman, lekin ayol tadbirkorlarga salbiy munosabat bor”.

Zamon o’zgardi, tan olish kerak, deydi Ers.

“Ko’chada o’z kompaniyamga tegishli mashina ketayotganini ko’rsam, quvonib ketaman”.

Tadbirkor-ayollarning bari Ers kabi qilayotgan ishi va yutuqlari bilan faxrlanadi.

AQShning tadbirkor ayollari bilan suhbat/Women owned businessesi
X
22.11.2012 05:01
Bu yil yozda e'lon qilingan hisobotga ko'ra, ayollar AQShda ishchi kuchining qariyb 47 foizini tashkil etadi. Biznes sohasi egalarining 52 foizdan ortig'i xotin-qizlar. Eng yirik 500 kompaniyaning 14 foizdan ziyodini ayollar boshqaradi. Ularning ta'sis kengashlarida o'tirganlarning 17 foizga yaqini ham ayollar. Amerika iqtisodiyotida kichik xususiy bizneslarning ulushi katta. Ularning uchdan bir qismini ayollar boshqaradi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay tadbirkor xotin-qizlar kun sayin ko'paymoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Borliqda yana qayerda hayot bor? Looking for Earth-like planetsi
X
13.09.2014 18:10
Biz borliqda bir o’zimizni yoki boshqa mavjudotlar ham bormi? Insoniyat azaldan bu savolga javob izlaydi. Bugun yangi fazoviy texnologiyalar o’zga sayyoralarda hayot alomatlarini izlash imkonini bermoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Shotlandiya
  • Mariupol, Ukraina
  • Turkiya
  • Panjob, Pokiston
  • Baltimor, Merilend shtati
  • Chili
  • Kosovo
  • Hindiston
  • Falastin
  • Italiya
  • Vashington
  • Tayvan
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.
Fotogalereya

Fotogalereya Iroq parlamenti yangi bosh vazirni tanladi

Davlat kotibi Jon Kerri Iroq parlamentining yangi hukumat tarkibini ma'qullash qaroridan mamnun. Jangarilarga qarshi kurash yo'lida ham bu muhim qaror, deydi diplomat.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik tinmagan, ammo tinchlik sulhi hanuz amalda

Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik holatlari uchrashda davom etmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Kiyev va isyonchilar o'rtasida kelishilgan tinchlik sulhi hanuz amalda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'sh: Keremet TV, muxlislar bilan yuzma-yuz & Alisher Soipovni xotirlab

2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukraina-Rossiya mojarosi, 4-5 sentabr, 2014

Ukraina sharqi, Krasnoyarsk va Moskvadan kelgan suratlar

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI