Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 10:24

Amerika

Amerikada cherkovlar yosh oilalarga yordam berish payida

Loading
12:00:00 / -:--:--

Ish va turmush/Working women

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Ilgari AQShda cherkovlar faoliyatini yuritishda uy bekalari va ko’ngillilar katta rol o’ynagan. Bugun esa amerikalik ayollar kuni bilan ishlaydi, boshqa vaqt oilam, bola-chaqam, deb yashaydi. Cherkovga borish uchun vaqt topish qiyin. Bunday vaziyatda cherkovlar ko’proq dindorni o’ziga jalb etish uchun nima qilishi kerak?

Diana Trast va turmush o’rtog’i Vik Fernandez hali ishga bormay turib ertalabdan charchaydi.

Ikki qizi uchun nonushta va tushlik tayyorlashi, ularni maktabga kuzatishi kerak.

"Bu juda qiyin. Ham ota, ham ona ishlasa, ikkovi ham karyera qilaman desa, vaqt topish  oson emas. Besh daqiqa yoki 10 daqiqa bo’sh vaqtingiz bo’lishi mumkin. Shu vaqt ichida hammasiga ulgurish kerak”, - deydi Diana.

Cherkov uchun ham vaqt topish oson emas.

“Qaniydi ertalab soat to’qqizda turish kerak bo’lmagan bir kun bo’lsa, deysiz ba’zida”, - deydi ona.

Vaqt muammosi mamlakat bo’ylab hamma ota-onalarga xos.

Amerikalik oilalarning cherkovga borish, diniy marosimlarda qatnashish uchun vaqti qolmayapti. Ammo hammasi e’tiqodga bog’liq, deydi Deyvid Grey, Merilend shtatining Betezda shahrida cherkov rahbari: 

“Cherkovimizga keladiganlar orasida ishda charchaydigan odamlar ko’p. Poytaxtda yashaydi, aksariyati davlat idoralarida ishlaydi. Men ularga ish va oiladagi stressni qanday yengish haqida yordam berishni o’ylayman”.

Grey fikricha, cherkovlar ish joylaridagi muhitni yaxshilash uchun faol kurashishi kerak.

Cherkovga muntazam qatnaydiganlarning o’rtacha yoshi 61 da. Kelajagimiz yosh oilalarga bog’liq, deydi pastor.
 
“Dindorlarni jalb etmoqchi bo’lsak, ish va hayot muvozanatini yaxshi tushunishimiz kerak”, - deydi u.

Cherkov ko’ngillilaridan biri Jinjer Essinkka ko’ra esa, odamlar ehtiyojini hisobga olish kerak.

“Men cherkovning jamoa bilan aloqalar qo’mitasi a’zosiman. Odamlarni jalb etayotganimizda, ko’p vaqt talab qilmaydigan tadbirlar uyushtirishimiz kerak. Masalan, bugun ikki soat, yakshanba kuni bir soatgina vaqt ajrating, deyishimiz kerak. Shunda ular cherkov bilan aloqani uzmaydi”, - deydi cherkov ko’ngillisi.

Diana Trast cherkovga borishni yoqtiradi.

“Ibodatga borganimda, bir soat bo’lsa-da, tinch o’tiraman. Bolalarimga qarab turadigan odam bor”, - deydi u.
 
Demak, cherkovlar ish va oila deb toliqqan ota-onalar uchun ortiqcha yuk emas, balki dam oladigan joyga aylanishi kerak.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI