Dushanba, 27-may, 2013 Toshkent vaqti: 07:54

Amerika

Amerikalik o'quvchilar matematikani rep orqali o'rganmoqda

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
O’qishdan maqsad – bilim berish. Lekin o’quvchilarni matematikadek murakkab predmetga qiziqtirish oson emas.

Rep va algebrani bog'lagan muallim
Loading
12:00:00 / -:--:--

Merilend shtatidagi bir maktab muallimi algebra va geometriyani o’rgatishning yangi yo’lini qo’llamoqda – musiqa va qo’shiq orqali. Hatto ingliz tilida qiynalib gapiradigan o’quvchilar ham formulalarni yodlashga hech qiynalmayapti.

Mana bu videodagi ovoz algebra va geometriya o’qituvchisi Jeyk Skottga tegishli. Undagi yigit-qizlar - o’quvchilari. Montgomeri Bleyr maktabida ular bunday videolarni har kuni tomosha qilmaydi-yu lekin materialni o’rganadi va, eng muhimi, yaxshi o’zlashtiradi.

“Rep uslubidagi musiqa o’quvchilarimga yoqadi. Buning ustiga musiqa yordamida darsni eslab qolish oson. Yangi temani tushuntirayotganimda, uni rep qilib kuylab, video orqali ko’rsatsam, o’quvchilarim yaxshi o’zlashtiradi,” - deydi muallim.

Skottning bunday video-darslarni chiqara boshlaganiga uch yil bo’ldi. Hozirgi kunga qadar to’qqizta klip ishlangan. Hammasini “YouTube”da topsa bo’ladi. “Ucburchak ekspertlari” va “Kvadratlar formulasi” nomli kliplarni minglab odam tomosha qildi.

“Bu qiziqarli jarayon. Eng muhimi -  o’quvchilarga ma’qul kelyapti,” - deydi Skott.

O’quvchilar orasida muhojirlar ham bor. Skottning maqsadi - ularga yordam berish:

“Ular AQShga ko’chib kelganida ingliz tilida yaxshi gapira olmaydi. Pastroq sinfga qabul qilinadi. O’qishda qiynaladi, yaxshi baho ololmaydi va natijada ayrimlari maktabni tashlaydi. Men muhojir bolalar bilan alohida ishlayman, chunki ular orasida juda qobiliyatlilari bor,” - deydi u. 

Li Senon oilasi ikki yil oldin Afrikaning Burkina Faso mamlakatidan ko’chib kelgan. Sinfdoshlari qatori qizni videoda ko’rish mumkin.

“Video chiqishidan oldin kvadratlar formulasini hech eslab qololmagan edim. Keyin bir martagina videoni ko’rib, qo’shiqni eshitdim-u yodlab oldim. Yurgan yo’limda xirgoyi qilib yuraman. Algebra darslarida endi hech qiynalmayapman,” - deydi Li.
 
O’tgan yili Iroqdan ko’chib kelgan Abdulla Ibrohim o’qituvchisidan minnatdor. Algebrani endi tushundim, deydi:

“Boshida hech narsani bilmasdim. Yaxshiyam janob Skott sinfiga tushdim. Hozirda a’lo baholarga o’qiyapman. Yozda iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturda qatnashaman. Juda xursandman”.

Maktab direktori Rene Jonson o’qituvchi Skottning noan’anaviy uslublarini qo’llab-quvvatlaydi. Hatto videoda ham tushishga rozi bo’ldi:

“Janob Skottni o’quvchilari yaxshi ko’radi, hurmat qiladi. Chunki u yigit-qizlarni tushunadi, o’z ishining ustasi. Musiqa orqali matematikani o’rgatishni kim o’ylabdi deysiz. U, shuningdek, kurash bo’yicha murabbiy, maktabimizdagi Sport akademiyasini ham boshqaradi. Shunday o’qitivchi bizning maktabda ishlayotganidan juda mamnunman”.
  
Skott a’lo o’qituvchi va murabbiy sifatida tan olingan, turli mukofotlar sovrindori. 2011-yilda u mamlakatdagi afro-amerikalik o’qituvchilar orasida eng zo’ri deya e’tirof etildi.

O’quvchilarim matematikani maza qilib o’rganishini istayman, deydi Jeyk Skott. Axir, kelajakda kollejga kirish, yaxshi kasb egallash uchun matematikani bilmasa bo’lmaydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI