Chorshanba, 26-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 03:59

Xalqaro

Jahon Uyg'urlari Kengashi: Obama Xitoyga nisbatan yumshoq siyosat yuritmoqda

Jahon Uyg'urlari Kengashi bosh kotibi To'lqin Isa
Jahon Uyg'urlari Kengashi bosh kotibi To'lqin Isa

Multimedia

Audio
Javdat Sayhon
Xitoy matbuoti xabarlariga ko’ra, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatining Xo’tan shahrida shu yil iyun oyida  yo’lovchi samolyotini garovga olganlik va terror foaliyatiga qo’shilganlik aybi bilan uch uyg’urga o’lim jazosi berilgan. Yana bir uyg’ur esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Xalqaro huquq tashkilotlari va uyg’ur faollarining da’vo qilishicha, bu voqealarga aloqadorlikda ayblangan uyg’urlar qiynoqqa solingan va huquqiy himoyadan mahrum etilgan.

Markazi Germaniyada joylashgan Jahon Uyg’urlari Kengashi bosh kotibi To’lqin Isaga bog'lanib, uyg’urlar muammosining bugungi ahvoli va kelajakda kutilayotgan siyosiy o'zgarishlar haqida uning fikrlari bilan qiziqdik.

Sharqiy Turkiston milliy gerbiSharqiy Turkiston milliy gerbi
x
Sharqiy Turkiston milliy gerbi
Sharqiy Turkiston milliy gerbi
To’lqin Isaning aytishicha, Xitoy hukumati uyg’urlar noroziligi aks etgan har qanday ishni terrorizm bilan bog’lashga odatlangan.

“Sharqiy Turkistonda bir ish bo’lsa, uni siyosiylashtirish, jinoyatga aylantirish yoki terrorizmga bog’lash Xitoyning an’anasiga aylanib qolgan,- deydi u. – Hukumatning maqsadi uyg’urlarni qo’rqitish, tahlikaga solish”.
 
Xitoyda rahbariyat o’zgarish arafasida. Yangi hokimiyat mamlakatdagi uyg’urlar muammosini hal qilishda biror ijobiy o’zgarish qilishi kutilyaptimi?

To’lqin Isa Xitoy hukumatining ozchilik elatlarga nisbatan siyosatida biror o’zgarish bo’lishiga ishonmaydi.
 
“Yangi rahbariyatning kelayotganiga butun dunyo diqqatini qaratgan. Biz ham kuzatyapmiz. Lekin Xitoyda kommunizm mafkurasi yashab qolar ekan, mamlakatning markaziy hududlarida oid masalalarda o’zgarish ro’y bersa ham, Sharqiy Turkiston, Tibet kabi o’lkalarda yuritayotgan siyosatida biror yangilik, yumshash holatlari yuz berishiga ishonmayman. Politbyuroning yangi a’zolari orasida ko’pchiligi kommunist, islohot tarafdorlari ozchilikni tashkil etadi”, - deydi u.
 
Pekin va uyg’ur faollari o’rtasida muzokaralar olib borish, dialog o’rnatish imkoniyatlari bormi?

“Rahbarimiz Robiya Qodir Yevropa Parlamenti bilan xalqaro konferensiya o’tkazib, Xitoy rasmiylarini muloqotga da’vat etgan edi. Ammo Pekin bu takliflarga e’tibor ham bergani yo’q, - deydi To’lqin Iso. – Xitoy, masalan, Tibet vakillari bilan, Dalay Lama bilan uzoq yillardan beri muloqot qilib kelayotgan edi. Ammo bu dialog hozirgacha biror natija bermagan. Tibet yoshlari endi bunday muzokaralarga qarshi. Bu bizga hech qanday naf bermaydi, deyishyapti.  Xitoy muzokaralarni vaqtni cho’zish uchun, aldash uchun olib boradi, xolos”,- deydi To'lqin Isa.
 
Xitoy hukumatiga qarshi Germaniyada o'tkazilgan uyg'urlar namoyishiXitoy hukumatiga qarshi Germaniyada o'tkazilgan uyg'urlar namoyishi
x
Xitoy hukumatiga qarshi Germaniyada o'tkazilgan uyg'urlar namoyishi
Xitoy hukumatiga qarshi Germaniyada o'tkazilgan uyg'urlar namoyishi
Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanish arafasida. Bu uning siyosiy nufuzi mustahkamlanishiga ham hissa qo’shadi. Dunyoning muhim iqtrisodiy va siyosiy masalalari bugun Xitoy ishtirokisiz va qo’llab-quvvatlovisiz amalga oshishi qiyin.

Shunday sharoitda AQSh yoki Yevropa Ittifoqi uyg’urlar huquqlarini himoya qilishda Pekinga o’z so’zini o’tkaza oladimi?
 
“Xoh Amerika bo’lsin, xoh Yevropa Ittifoqi bo’lsin, ular hozirgacha Xitoy bilan munosabatlarida iqtisodiy manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yib kelishdi, - deydi uyg’ur faoli. - Albatta, diplomatik aloqalarda Tibet va Sharqiy Turkison, inson haq-huqulari masalalari ko’tariladi, lekin asosiy e’tibor, baribir, iqtisodiy munosabatlarga beriladi. Bundan keyin ham bu yo’nalishda biror o’zgarish bo’lishi noaniq. AQSh yoki Yevropa Xitoyga Tibet va uy’gurlar masalasida o’z qarashini jiddiy tarzda qo’ya olishi yoki o’tkazishi haqida oldindan bir gap aytish qiyin”,- deydi To'lqin Isa.
 
Jahon Uyg'urlari Kengashi vakiliga ko’ra, AQSh prezidenti Barak Obama ham Xitoyga nisbatan yumshoq siyosat yuritmoqda.
 
“O’tgan to’rt yil davomida Obama hukumati Xitoyga nisbatan yumshoq pozitsiyada bo’ldi. Ammo oxirgi bir yilda e’tiborini bundan buyon Osiyo-Tinch okeani hududiga qaratishi haqida aytyapti. Demak, keyingi to’rt yilda yaxshiroq, aqlliroq siyosat yuritadi, degan umiddaman”, - deydi To'lqin Isa.

Xitoy va uyg'urlar, Javdat Sayhon
Xitoy uyg'urlari muammosi, Javdat Sayhoni
|| 0:00:00
...    
🔇
X

 
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Ibrohim EL-Khoshimiy E-mail adresingiz: USA
15.12.2012 23:54
Bismillahir Rohmanir Rohiym! Xitoy, bu quldorlik davlati. U butun dunyoni egallashni maqsad qilgan. Dunyoda bo'layotgan iqtisodiy krizisni Xitoy kommunistlari keltirib chiqarishyapti.
Agar jim qarab turaversak Markaziy Osiyoni ham, Rossiya, Xitoyga berib yuboradi, bir vaqtlar Sharqiy Turkistonni berib yuborganday. Maslahatim - Markaziy Osiyo xalqlari Amerikadan Eronga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishni talab qilish kerak. Afg'oniston va Pokistonga ham yo'l ochish kerak, bo'lmasa qullikdan chiqolmaymiz. Markaziy Osiyo xalqlarining mustamlaka bo'lib qolishiga savdo-sotiq yo'llarining yopilib qolganligi sabab bo'lgan.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
US/Syria/Islamic Statei
X
25.11.2014 15:09
Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat” ekstremistlariga qarshi kurashda Suriya hukumati bilan hamkorlik qilmaydi. Shunga qaramasdan, xalqaro koalitsiya Suriyada amalga oshirayotgan havo hujumlaridan prezident Bashar al-Assad ham naf ko’rayotgani ayon.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Namoyishlarni yoritayotgan jurnalist
  • Sent-Luis shahri, Missuri shtati

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI