Chorshanba, 30-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 18:06

AQSh-Markaziy Osiyo

Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo konsert dasturi

"Vatandosh" gazetasi olgan surat, 22-sentabr, Nyu-York
"Vatandosh" gazetasi olgan surat, 22-sentabr, Nyu-York
Turkiston-Amerika jamiyati Nyu-York shahrida Qirg’iziston klubi va Qozog’iston madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo” konsert dasturi tashkil etdi.



Shahnoza Bek AQShga 20 yil muqaddam kelgan. O’zbekistonda Xoreografiya bilim yurtini tamomlab, “Bahor” ansamblida faoliyat yuritgan. Hozir Turkiston-Amerika jamiyati tadbirlarining faol ishtirokchisi. Jamiyat qoshida yoshlarga o’zbek raqsidan saboq ham beradi.  

Markaziy Osiyo” konsert dasturini o’tkazishdan maqsad madaniyatni tanitish,  deydi san’atkor.

Bugun, 22-sentabrda o'rayotgan konsertda, shuningdek, o’zbekistonlik raqqosa Zamira Salim va jamiyat qoshidagi bolalar guruhi ham sahnaga chiqadi.

Markaziy Osiyo xalqlarini bir joyga jamlovchi ushbu konsert dasturi jamiyat tarixida birinchi bor o’tkazilyapti.

Kelajakda ham bunday tadbirlarni davom ettirish niyatimiz bor, deydi Shahnoza Bek.
“Bu birinchi qadam bo’lyapti. Xudo xohlasa, yanada ko’proq harakat qilamiz. Markaziy Osiyo madaniyatini yanada tanitaylik. Ko’proq bo’lsin”, - deydi Turkiston-Amerika jamiyati faoli.

Shahnoza BekShahnoza Bek
x
Shahnoza Bek
Shahnoza Bek
Kechada Qirg’iziston va Qozog’istondan ham san’atkorlar ishtirok etadi.
“Qirg’izistonliklarning duxovoy orkestlari bor. Qozog’istonlik Aliya xonim dutor chalib, milliy qo’shiqlarini ijro etadi”.

Turkiston-Amerika jamiyati nafaqat o’zbek madaniy tadbirlari o’tkazadi, balki boshqa turkiy xalqlar tomonidan tashkil etilgan kechalarga ham hissa qo’shib keladi.
Shahnoza Bek deydiki, a’zolar barcha turkiy xalqlar bilan yaqin aloqada bo’lishni istaydi.

“Turk kuni, Turk yurishi festivallarida qatnashganmiz. Bu yil Turkiston yurishida qirg’izistonlik va qozog’izstonliklar bilan baravar qatnashdik. Bunaqa tadbirlarda ko’proq qatnashishga harakat qilamiz”, - deydi u.

Uzoq yillardan beri AQShda istiqomat qilayotgan raqqosa fikricha bunday tadbirlar vatandoshlar bilan yaqin aloqada bo’lib turish uchun ham zarur
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh-Markaziy Osiyo: Prezident Obamaning maslahatchisi bilan suhbati
X
30.07.2014 09:13
Markaziy Osiyo va Amerika orasida hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda, AQShni mintaqaga bog’lab turadigan sabablar juda ko’p, deydi Oq uy rasmiysi Selest Vollander (Celeste Wallander) "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinlik o't o'chiruvchi G'azoning Isroil hujumiga uchragan asosiy elektr stansiyasida o'tni o'chirishga harakat qilmoqda.
  • Afg'onistonning Qandahor viloyatida xudkushlik hujumi yuz bergan joy yaqinida politsiyachilar yo'lovchilarni nazoratdan o'tkazmoqda. Hujumda prezident Hamid Karzayning yaqin qarindoshi Hashmat Karzay halok bo'lgan.
  • Kanadalik Josh Kassidi Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida ishtirok etmoqda.
  • Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida hindistonlik Sushil Kumar va nigeriyalik Melvin Bibo kurash tushmoqda.
  • Britaniya shahzodasi Garri Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlariga uyushtirgan tashrifi chog'ida qo'lida to'p bilan o'ynamoqda.
  • Argentinadagi o'yinchoqlar fabrikasida qo'g'irchoqning sochini tarashdan oldin uning boshida suv quyilmoqda.
  • NASA observatoriyasi tomonidan olingan suratda quyosh va oy tutilishi aks etgan.
  • Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida musulmonlar eski Feruz Shoh Kotla masjidi yonida hayit namozini o'qimoqda.
  • Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi akvariumda g'avvos o'z mahoratini namoyish etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI