Breaking News

Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in


Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in
Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in

O’zbek bolalarining paxta dalasida ishlatilishiga qarshi norozilik kuchayar ekan, paxta mavsumi boshlangan O’zbekistonda ommaviy safarbarlik har yilgidan ko’ra qattiqroq kuzatilmoqda.

Paxta kampaniyasi bolalar bog’chalari, shifoxonalar, zavod va fabrikalarni ham chetlab o’tmayapti. Hokimiyatlar buyrug’iga ko’ra, har bir korxona paxta terimi uchun bir guruh xodimlarini safarbar qilishga majbur.

O’zbekiston hukumatining nafaqat o’quvchilar, balki turli korxonalardan ham odamlarni paxtaga haydashi xalqaro maydondagi noroziliklarni ahamiyatsiz qoldirayotgandek.

Hukumat doirasidagi ayrim tahlilchilar G’arbda o’zbek paxtasiga nisbatan boshlangan boykot ortida paxta bahosini nazorat qilishni istayotgan biznes kompaniyalar turganini iddao qilishadi. Ularga ko’ra, maqsad - bolalar mehnatiga chek qo’yish emas, balki raqobatda bo’lgan bu kompaniyalarning iqtisodiy manfaatlarini himoyalashdir.

Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in
Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in

Maktab o’quvchilari va hasharchilarni jalb etish orqali paxta yig’imi davom etar ekan, hukumat bu yilgi hosilni sotish hozirligini ko’rayapti.

Toshkentda har yilgi xalqaro paxta yarmarkasiga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Yarmarkaga har doimgidek dunyoning turli davlatlaridan kompaniyalar, tadbirkorlar taklif etiladi.

Paxta sotuvi, uning millionlab o’quvchilar zahmati evaziga terilishidan farqli o’laroq, tor doiradagi masala. Paxta savdosida hukumatdan tashqari yana bir necha xususiy firmalar ham qatnashadi.

Mansabdor shaxslar tasarrufidagi bu firmalar haqida jamoatchilikka hech narsa ma’lum emas. O’zbek dehqonini inqirozga solib kelayotgan paxtaning daromadi asosan shu firmalar hisobiga tushushi haqida taxminlar bor, xolos.

Oq oltin mintaqaning boshqa davlatlarida ham ekiladi. Ularda bu masala bir qadar xususiylashgan. Shu bois, o’zbekistonliklar qo’shni Qozog’iston, Qirg’izistonda paxta terishni ma’qul ko’radi.

Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in
Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in

O’zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhining ma’lumotiga ko’ra, “Qozog’iston va Qirg’izistonda 2 tonna paxta tergan o’zbek terimchisi 500 dollar ishlasa, O’zbekistonda buning uchun 70 dollar to’lanadi”.

Ikki tonna paxta terish uchun ketadigan xarajatning o’zi esa 70 dollardan ancha oshib tushadi. O’zbekistonda bolalarni paxta terishga majburlashning sabablaridan biri ham shu. Bu paxta dalasidagi minglab bolalarning tushligi non va makarondan iboratligini bir qadar izohlaydi.

Bu ko’rsatkichlardan qat’iy nazar, paxta daromadi bo’yicha qo’shni davlatlardagi ko’rsatkich O’zbekistondagiga nisbatan hech narsa emas. O’zbekiston - paxta xomashyosi eksporti bo’yicha dunyodagi ikkinchi mamlakat, foyda ham shunga yarasha.

Bu daromadning qanchaligi, qanday taqsimlanayotgani va sarflanayotgani haqida millionlab terimchilarga, jamoatchilikka hech qanday tushuntirish berilmaydi. Dunyodagi noroziliklarga qasdma-qasd avjga chiqayotgan paxta kampaniyasi O’zbekiston ichkarisida ham aks-sado bera boshladi.

Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in
Vatandagi manzara: Toshkentda hosilni pullashga hozirlik qizg’in

Uzoq yillardan buyon O’zbekistonda ishlayotgan BMTning “UNICEF” tashkiloti o’z vakolatidan kelib chiqib, bolalarning majburan paxta terimiga jalb qilinishi masalasini o’rganayotganini bildirdi.

O’zbekistonda ko’p yillik tajbiraga ega tashnilotning bunday tashabbusga jazm qilishi asosan xalqaro miqyosdagi noroziliklar bilan bog’liq ko’riladi. UNICEF bolalar mehnati bilan bog’liq kuzatuvlarini e’lon qilishni ham rejalashtirgan.

Paxta dalalaridagi manzara har yilgisidan farq qilmaydi. Paxta yig’im-terimi mamlakat miqyosidagi asosiy ishga aylangan. Bu yil ham ayrim viloyatlarda 5-6-sinf o’quvchilari terimga chiqarilgan. O’quvchilar rahbariyat tomonidan belgilangan kunlik terim rejasini bajarishga majbur.

Bolalar paxta dalasiga yuk mashinalarida, traktorlarda olib boriladi. Ba’zan esa erta tongdan terim dalasigacha bo’lgan 2-3 kilomertlik masofa yayov bosib o’tiladi. Yotoqqa olib ketilgan o’quvchilar sharoiti esa yanada og’ir.

Ayniqsa kunlar soviy boshlagach, maktablarda, sport zallari, dala shiyponlarida tunash o’quvchilar uchun juda qiyin kechadi. Yashah shart-sharoitlari oddiy talablarga ham javob bermaydi. Mamlakat miqyosidagi bu safarbarlik noyabr oxirlari, dekabr oyining boshlarigacha davom etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG