Payshanba, 17-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 06:01

Markaziy Osiyo

O'zbekiston va dunyo: Paxtakorni qadrlang, deydi amerikalik olim

O'zbekiston dalalarida/Russell Zanca
O'zbekiston dalalarida/Russell Zanca

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
O’zbekiston hayotini uzoq yillardan beri o’rganib kelayotgan olim Rassell Zanka aslida Nyu-Yorkdan, Kvins tumanida katta bo’lgan. Mahallasiga O’zbekistondan ko’chib kelgan muhojirlar, ayniqsa buxorolik yahudiylar bilan tanishib, o’lkaga qiziqib qoladi.

O’zbekiston u yoqda tursin, hatto butun Markaziy Osiyo ko’plab amerikaliklar uchun hali ochilmagan dunyo edi, deydi Rassell Zanka. Mana shu cheksiz qiziqish uni antropologiya sohasiga yetakladi va yillar o’tib, olim mintaqaning bugungi kuni, O’zbekiston xalqi va uning turmushi haqida kitoblar yozdi.

Rassell Zanka Chikagoda Shimoli-sharqiy Illinoys universitetida dars beradi. Yaqinda Vashingtonga kelganida, uni suhbatga tortdik.

Professor Zankaning 2010-yilda chop etilgan kitobi O’zbekistonda dehqonlar qanday kun kechirayotgani, aynan paxtakorlar hayotiga yaqindan nazar tashlaydi.
 
Sobiq Sovet davlatlari haqida o’rganganim sari O’zbekiston meni o’ziga tobora torta boshladi, deydi Zanka. Amerika ziyolilari orasida Markaziy Osiyo xalqlari haqida biladiganlar juda kam edi. Shu bois men bu sohaga sho’ng’idim. 1980-yillarning o’rtalaridan boshlab, mintaqa, u yerdagi elatlar, xususan o’zbek xalqi xususida izlana boshladi. Etnografik va antropologik tadqiqotlarga qo’l urdi.

Olim qishloqda yashab, aholi bilan yaqindan tanishishni, uning turmushini o’rganishga qaror qildi - Namangan viloyatining Chorbozor tumani Boburkent qishlog’iga.
 
“Shaharlar meni uncha qiziqtirmadi, chunki boshqa Sovet shaharlaridan uncha farq qilmaydi deb o’yladim… Qishloqlar esa o’ziga xos bir dunyo. An’ana va haqiqiy hayotni yaqindan ko’rmoqchi bo’lgan odam qishloqqa borishi kerak, nazarimda. U yerdagi tirikchilik bilan tanishar ekanman, paxta asosiy ekin va ne’mat ekaniga guvoh bo’ldim. Dehqonchilik haqida ma’lumot to’plash bu paxtachilikni o’rganish degani edi. Shunday qilib, izlanishimni paxtakorlar faoliyatiga bag’ishladim”,- deydi olim.
 
Professor Amerika ahliga, talabalariga o’zbek dehqonini, paxtakorlarni masalan, qanday tasvirlab beradi?
 
“Zahmatkash, tinim bilmas insonlar, lekin ularni erkin deyish qiyin. Ular ishining ustasi, ammo mahsulot, hosil ustidan biror kuchga ega emas. Albatta men O’zbekiston tarixi, Sovet davri sarqitlari haqida gapirib beraman. Dunyoning qayeriga bormang, dehqon-mirishkor o’xshash muammolardan noliydi. Lekin O’zbekistonda paxtachilik hukumat nazoratidagi soha. Bu degani dehqonlar qator cheklovlar bilan yuzlashadi. Ular yerning egasi emas”.
 
G’arb nazarida, O’zbekiston paxtazorlari - majburiy mehnat maydoni. Dehqon davlat buyrug’i asosida paxta ekadi, yetishtiradi, lekin uning foydasini ko’rmaydi. Oq oltin – yurt boyligi, ammo paxtakor qora terga qanchalik botmasin, hosildan deyarli daromad olmaydi. Bu qanchalik haqiqat?   
 

“Qisman haqiqat… Paxtakor borki, paxtani majburan ekadi, aslida undan nafratlanadi deyish haqiqatga ko’z yumish bo’ladi. Bu noto’g’ri. Paxta bu ularning hayoti, ularni boqadigan ekin. Turmushda undan keng qo’llanishadi, paxta tolasidan tortib, g’ozapoya va chigit yog’igacha… To’g’ri, paxta davlat nazorati ostida yetishtiriladi, paxtakorning imkoniyatlari cheklangan. Erkinlik berilgan taqdirda paxtakorlar yanada yaxshiroq hosil olgan, uning rohatini ko’proq ko’rgan bo’lardi. Davlat talab qilmasa, odamlar paxta ekmaydi deyish noto’g’ri”.
 
Rassell Zanka “Musulmon o’zbek qishlog’idagi hayot: Kommunizmdan keyingi paxtachilik” deb nomlangan kitobida dehqon g’ururi va qadri, mirishkorning yerga nisbatan mehri qanchalik kuchli ekani haqida hikoya qiladi. O’zbekiston tarixi haqida yozar ekan, paxtakorlik avloddan-avlodga o’tib kelayotgan odat ekaniga urg’u beradi.  
 
Respublika shirin mevalari, mazali sabzavotlari bilan tanilgan. Dehqonchilikda, shubhasiz, ularning ham o’rni va ahamiyati katta. Nima yetishtirish fermerning o’ziga havola bo’lishi kerak, deydi olim.
 
“Paxta global miqyosda xaridorgir mahsulot. Eksportdan katta foyda keladi. Uni qanday yetishtirishni biladigan odam albatta bu yo’ldan boradi. O’zbekistonda dehqonga erkinlik berilsa, o’zi biladi nima qilishni. Balki kimdir yerining bir qismiga paxta, qolganiga sabzavot va don ekar. Kimdir faqat paxtachilik qilar. Yaxshiroq navlaridan ekar. O’zbekistonda dehqon hukumat bosimni olsa, paxtadan yuz o’girmaydi, buni ishonch bilan aytish mumkin”.
 
Dehqonning tirikchilik qilishi juda qiyin (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadiDehqonning tirikchilik qilishi juda qiyin (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
x
Dehqonning tirikchilik qilishi juda qiyin (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
Dehqonning tirikchilik qilishi juda qiyin (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
Rassell Zanka tahlilicha, O’zbekistonda boy dehqonni uchratish qiyin. Masalan, paxtakorning daromadi mehnatiga arzimaydi, deydi u. Tirikchilik qilish juda qiyin.
 
“Yerni parvarishlash, urug’ ekib ekinga qarash, o’g’it solish va hosilni yig’ishtirib olishgacha, jarayon juda mashaqqatli. Ikkinchidan, suv muammosi bor. Paxta ko’p suv talab qiladi. Paxtakorda ko’p hollarda tanlash imkoniyati yo’q. Odamlar yo’lini topishga, bir amallab daromad qilishga harakat qiladi. Lekin omadi chopmasa, zarari ularni xonavayron qilishi mumkin. Dehqonlarni fermer desangiz, o’zlari kulishadi. Bilamiz, haqiqiy fermer kim ekanini, masalan Amerikada; biz qora dehqonmiz xolos deyishadi”.  
Olim deydiki, dehqon yer egasi bo’lsa ham barcha muammolar hal bo’lmaydi. Yer taqsimoti va nazorat, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash… Bularni eplash oson emas. Respublikada bu borada ko’p izlangan mutaxassislar bor, deydi Rassell Zanka. Shunisi aniqki, qishloq xo’jaligi tub islohotlarga muhtoj. Hukumat amaldagi siyosat va tashabbuslar ish bermayotganini tan olishi kerak.  
 
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) -Suratni bossangiz, kattalashadiO'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) -Suratni bossangiz, kattalashadi
x
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) -Suratni bossangiz, kattalashadi
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) -Suratni bossangiz, kattalashadi
O’zbekiston hukumati dehqonni qadrlashini qayd etib keladi. Dehqonlarimiz xalqni boqadi degan gaplar tez-tez quloqqa chalinadi. Aslida esa eng ezilgan qatlam dehqonlar, deydi amerikalik tadqiqotchi, o’z ko’rganlariga asoslanib.
 
"O’zbekistonda hokimiyat oddiy xalq ko’ngliga qaramaydi. O’zbekistonda yashab, real hayotga guvoh bo’lib, shunday xulosaga keldimki, dehqonni hurmat qilishmaydi. Uning dardini tinglashmaydi. Agar mana shu munosabat yaxshilansa, qishloq xo’jaligi oldinga siljiydi”. 
 
Lekin prezident Islom Karimov yurt kezib, dehqonlar bilan uchrashganida, ularning qo’llari ko’ksida, rahbarga qilayotgan ishlari uchun rahmat aytayotganini ko’ramiz. Ammo, shaxsiy suhbatlarda odamlar dehqonchilik qilish bag’oyat qiyin ekanini, farzandlar ekinzorda ishlashni emas, boshqa mamlakatlarga borib, mehnat qilishni ma’qul ko’rayotganini aytishadi. 

O'zbekiston hukumati dehqonni qadrlashini aytadi - Suratni bossangiz, kattalashadiO'zbekiston hukumati dehqonni qadrlashini aytadi - Suratni bossangiz, kattalashadi
x
O'zbekiston hukumati dehqonni qadrlashini aytadi - Suratni bossangiz, kattalashadi
O'zbekiston hukumati dehqonni qadrlashini aytadi - Suratni bossangiz, kattalashadi
Agrar firmalar, davlatdan yerni uzoq muddatga ijaraga olgan bizneslar, dehqonlar bilan shartnoma imzolab, ularga maydon beradi. Olingan daromadni dehqon bu firmalar bilan bo’lishadi, orada vositachilar va ko’zga ko’rinmas dallollar ham o’z haqqini talab qiladi. Dehqon huquqsiz, adolatga qo’li yetmaydigan bechora shaxs, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan insonlar. Ular kamera oldida, hatto telefonda bu borada so’zlashga qo’rqadi. 

Qishloq xo’jaligi bo’yicha qonun-tartib degan narsalar bor, deydi Rassell Zanka, ammo amalda bu soha mahalliy mansabdorlar, boylar va tanish-bilishi bor odamlar ixtiyorida.
 
“Hosil yaxshi bo’libdi, mana, nega zarur vositalar sotib olmayapsiz deb so’raganingizda, odamlar javob berishga qiynaladi. Korrupsiya shu qadar chuqur ildiz otganki, odamlar tizimdan umidini uzgan. Shikoyat qilib qayerga boramiz deyishadi, qo’rqishadi… Rahbarlar kelganida yaxshi kiyinib, uning oldiga chiqib, minnatdorchilik bildirayotgani, afsuski, ular haqiqatda zamondan rozi ekanini anglatmaydi”. 
 
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadiQishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
x
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
O’zbekistonda dehqon uyushmalari, ular manfaatini himoya qilayapmiz degan tashkilotlar bor. Rassell Zankaning kuzatishicha, ular biror kuchga ega emas.
 
“Bunday uyushmalar samara berishi uchun sizga siyosiy erkinlik kerak. Faol fuqarolar bir davrada o’tirib, muammolarni erkin muhokama qila olishi, dehqonlar erkin fikr almashib, amaldagi siyosatni savolga tuta bilishi kerak. Dehqon fikrini aytishga qo’rqadi, uning ahamiyati yo’q deb o’ylaydi. Ular sizga ochiq aytmasa-da, hayoti va yuzlashayotgan qiyinchiliklariga qarab, ularning dardini tushunish mumkin. Nazarimda O’zbekistonda dehqonlar hukumat ularga yordamni oshirishini, shu bilan birga, zarur erkinlikka ega bo’lib, hosilning rohatini ko’rishni xohlaydi. Bozor iqtisodiyoti nima ekanini ular shunda yaxshiroq tushunadi va foydasini biladi”.
 
Chet davlatlar, xususan Amerika O’zbekiston xalqiga yordam bermoqchi bo’lsa, dehqonni quvvatlasin, deydi olim. Dehqoni yaxshi yashagan el to’q bo’ladi, deydi u, bu umumbashariy tushuncha. Fermerlar tajriba almashishi, dunyo ko’rishi uchun imkoniyat berish kerak, deydi Rassell Zanka.    
 
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadiQishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
x
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
Qishloq hayoti (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
“1990-yillar boshida, mustaqillikka erishilgandan keyin, dehqonlar almashinuvi, fermerlar tajribasini oshirish bo’yicha qator programmalar yo’lga qo’yilgan edi. Men o’zim o’sha paytlarda bu dasturlarni yaqindan kuzatganman va samara berganiga guvoh bo’lganman. Afsuski, ular kamayib ketdi. Amerikalik fermerlar O’zbekistonga borgan. U yerdan bu yerga kelishgan. Oradan 20 yil o’tib, mana shunday tashabbuslar ko’zga ko’rinmaydi. Buning uchun siyosiy iroda va ruxsat kerak”.
 
O’zbekistonda dehqonlar o’ziga xos siyosiy kuchga ega bo’lishi, o’z manfaatlarini himoya qila olishi va hukumatga konkret tavsiya-talablar bilan chiqishi uchun nima qilish kerak?
 
“Dehqonlar siyosiy tashkilot tuza olishi kerak. Buning uchun esa birlashish, uyushish erkinligi kerak. Amaldagi siyosatni bemalol tanqid qila olishi kerak. Ta’qib va qamoq xavfi bilan yuzlashmasligi kerak. Afsuski, O’zbekistonda vaziyat bu talablarga javob bermaydi… Partiyani hukumat emas, fuqarolar mustaqil ravishda tuzishi kerak. Hukumat esa bu partiyalardan kelayotgan tanqidni konstruktiv qabul qilib, javob berishi, ular bilan muzokara qilishi kerak. O’zbekiston hukumati, hammamizga ma’lumki, tanqidga toqat qilmaydi”.
 
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadiO'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
x
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
O'zbekiston paxtazorlarida (Russell Zanca) - Suratni bossangiz, kattalashadi
Islom Karimov va uning ma’muriyatiga nisbatan kuchli e’tirozlardan biri shuki, paxta majburiy mehnat evaziga teriladi. Rahbariyat buni hashar deb atashi mumkin, lekin odamlar terimga majburlab olib chiqiladi. Rassell Zanka masala murakkab deydi.

O’zbekiston jamoatchiligi uchun bolalar paxta terishi dahshatli fojia emas, deydi u, o’z kuzatuviga tayanib. Bu shu qadar azaliy odatki, ko’pchilik farqini tushunmaydi. Haqqini to’lasa, terimga chiqadiganlar ko’p. Odamlar tahdid ostida emas, o’z xohishi bilan paxtaga chiqishi uchun sharoit o’zgarishi kerak, deydi Rassell Zanka.
 
“Taraqqiy etaman degan jamiyat taraqqiyotdan qo’rqmasligi kerak. Qo’l mehnatidan texnologiyaga o’tish uchun nima qilmoq lozim? Mana shu haqda jiddiy o’ylanish zarur. Hukumat bu sohaga ko’proq sarmoya kiritishi, har bir so’m ko’zlangan maqsad uchun sarflanishini ta’minlashi zarur. Bu esa vijdonan ish ko’rishni talab qiladi.  Dehqon, paxtakor hayoti yaxshi bo’lsin desangiz, bolalar va kattalarni majburlab dalaga olib chiqmaysiz. Tan olish kerak, buni”.

Suhbatni tomosha qiling:

O'zbek dehqonlari hayoti, paxtachilik/Uzbek farmers, cotton production/Russell Zancai
X
10.02.2013
O'zbekiston hayotini uzoq yillardan beri o'rganib kelayotgan olim Rassell Zanka (Russell Zanca) aslida Nyu-Yorkdan, Kvins tumanida katta bo'lgan. Mahallasiga O'zbekistondan ko'chib kelgan muhojirlar, ayniqsa buxorolik yahudiylar bilan tanishib, o'lkaga qiziqib qoladi. O'zbekiston u yoqda tursin, hatto butun Markaziy Osiyo ko'plab amerikaliklar uchun hali ochilmagan dunyo edi, deydi Rassell Zanka. Mana shu cheksiz qiziqish uni antropologiya sohasiga yetakladi va yillar o'tib, olim mintaqaning bugungi kuni, O'zbekiston xalqi va uning turmushi haqida kitoblar yozdi. Rassell Zanka Chikagoda Shimoli-sharqiy Illinoys universitetida dars beradi. Yaqinda Vashingtonga kelganida, uni suhbatga tortdik.

Watch the interview/Original:

Cotton Farming in Uzbekistan/Interview with American Scholar Russell Zancai
X
10.02.2013
Navbahor Imamova of Voice of America's Uzbek Service talks to Dr.Russell Zanca, author of Life in a Muslim Uzbek Village: Cotton Farming After Communism and professor at Northeastern Illinois University Chicago.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerikada o'qishga kirish uchun tarixni yaxshi bilish keraki
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
16.04.2014
Amerikada universitetga qabul imtihonlarida SAT (Scholastic Assessment Test) nomli testdan o'tish talab qilinadi. Undagi yangi talab shuki, siz endi Qo’shma Shtatlar tarixi haqida ham yaxshi bilishingiz kerak.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda olcha gulladi

Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan. Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi. Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Janubiy Afrika Respublikasi notinch

BMT Xavfsizlik Kengashi tobora notinch Janubiy Afrika Respublikasiga keng ko’lamli tinchlikparvar qo’shin safarbar etadi. Salkam 12 ming kishilik missiya tinch aholini himoya qilib, insonparvarlik yordami qatnovini ta’minlaydi. Mamlakatda mazhablararo adovat va zo’ravonlik minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Afrikalik olti ming va fransiyalik ikki ming qo’shin tinchlikni saqlay oladi, deydi BMT rasmiylari. Xalqaro qo’shinlar 15-sentabrda ishga kirishadi. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer shu hafta Markaziy Afrika Respublikasida bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Afrika ittifoqi qo’shinlarini qo’llab quvvatlaydi; jahon hamjamiyati bu davlatga dadilroq yordam berishi lozim, deydi elchi. BMT, xususan, Markaziy Afrika Respublikasida 19 ming musulmon hayoti jiddiy tahdid ostida va ular mamlakatning xavfsiz hududlariga yoki xorijiy davlatga ko’chirilishi kerak, deya ogohlantiradi. Nasroniy jangarilar musulmon aholiga qarshi qonli hujumlarni boshlagandan beri o’n minglab musulmon poytaxtni va g'arbiy viloyatlarni tark etgan. Ayrim mahalliy rasmiylarning aytishicha, aholini ko’chirish choralari ixtilofni yanada kuchaytirib, mamlakatni parchalab yuborishi mumkin.
Fotogalereya

Fotogalereya Pensilvaniyadagi maktabda fojea

Pensilvaniya shtati, Murisvil shahridagi Franklin o'rta maktabida o'quvchi 19 bola va yana bir kishini pichoqlagan. To'rt odamning ahvoli og'ir, deydi politsiya.
Fotogalereya

Fotogalereya Pokistonda yo'lovchi poyezdi portladi

Pokiston janubi-g'arbidagi temiryo'l bekatida yo'lovchi poyezdi portlab, o'nlab odamlar halok bo'lgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI