Shanba, 01-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 10:57

Yangiliklar

AQShda yashayotgan o’zbekistonlik yoshlar kimni qahramon deb biladi?

Multimedia

Audio
Nasiba TohirAkmal Ziyo

Har bir davr, avlodning o’z qahramonlari bo’ladi

Xalq ularga ergashadi; bolalar katta bo’lsa, o’sha odamga o’xshashni orzu qiladi.

Sovet dohiysi Vladimir Lenindan tortib, O’zbekistonning ilk rahbari Yo’ldosh Ohunboboyev, atom qurollari otasi Andrey Saxarov, samoni zabt etgan birinchi inson Yuriy Gagarin, o’zbek raqslarini dunyoga tanitgan Mukarrama Turg’unboyeva, betakror rollari bilan tanilgan Hamza Umarov…

Global maydonda esa tenglik va adolat uchun kurashgan Maxatma Gandi, Martin Lyuter King va Nelson Mandela singari insonlar bugun ham og’izdan tushmaydi. Zamon qahramonlari haqida esa fikrlar turfa xil. 

Qahramonlarga qarab jamiyatda nima qadrlayotganini bilasiz. Kimlardir siyosatchi va arboblarni, badavlat kishilar va tadbirkorlarni, boshqalar esa san’atkor va sportchilarni ideal deb biladi. Yana kimdir qahramon tanlamaydi, oldiga maqsad qo’yadi-da, shunga intilib yashaydi.

Prezident Barak Obama va futbolchilar...

Saidakrom ismli mana bu suhbatdoshimiz besh yildan beri Qo’shma Shtatlarda yashaydi. Uning prezident Barak Obama va mohir futbol ustalariga hurmati baland.  

“Men o’zim ishqibozi bo’lganim uchun ko’pincha futbolga qarayman. Ko’p pul topgan futbolistlar, masalan Afrikadagi qishloqdan bo’lsa, o’sha o’zining hamqishloqlariga qarashishi, fondlar ochishi menda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Ikki yil oldin O’zbekistonga borganimda, ularning [yoshlarning] ideali yo’qligi yoki g’alati ekani, ya’ni kinolardagi banditlarga, Sasha Beliyga o’xshagan ideallar ko’payib ketgani, muomalasi umuman yo’qligi meni juda afsuslantirdi”, - deydi u.

Bu o’zbekistonlik nazarida AQSh davlat arboblarida havas qilishga arzigulik bir hislat bor - odamlarni tinglay olish.

“Davlat arboblarining ajoyib bir xususiyati - xalqqa yaqinligi, unga javobgarligi. Har bir qilayotgan ishini tushuntirib boradi. Qarshi fikr bildirgan odamlarni tinglaydi. Fikring boshqami, kel, mayli eshitamiz degan madaniyat borligi odamga juda yoqadi”, - deydi Saidakrom.

Odam insoniyat uchun yashashi kerak ekan

Dilshod ismli mana bu yigit Kaliforniya shtatida yuqori texnologiya sohasida ishlaydi. Qahramonlari ham kasb-koriga monand.

“Bir odamni juda hurmat qilaman – Stiv Jobs [“Apple” kompyuter kompaniyasi asoschilaridan biri]. Juda mohir tadbirkor, kashfiyotlarga usta, ustamon yetakchi, odamlarni o’z ortidan ergashtira oladi. Bill Geytsni [“Microsoft” kompaniyasi asoschisi] juda e’zozlayman. Mol-dunyo orttirib, uni xayriya ishlariga ham sarflaydi. Shunchaki, berib yubormasdan, mablag’ni to’g’ri taqsimlaydi. Biror loyihaga, masalan 1000 dollar kiritsa, o’sha million dollar bo’lib qaytadi. Bundan tashqari 71 yoshli professorim bor – kompyuter va matematikadan dars beradi. Erta tongdan keladi fakultetga, to kechgacha studentlarga yordam beradi, yonimizga cho’kkalab kelib o’tirishini ko’rsangiz! Talabalar doim ham minnatdor emas, afsuski. Shuni tushundimki, odam o’zi uchun emas, boshqalar uchun yashashi kerak ekan. Hozir 31 yoshdaman, yana 30 -40 yil yasharman. Mana shu yillarni insoniyat uchun baxshida etishim kerak deb hisoblayman”, - deydi u.

Biznes boshqaruvi sohasida ta’lim olayotgan, AQShda ikki yildan buyon yashayotgan Xurshida ayol siyosatchilarni qahramon deb biladi.

“Menga har doim nima uchundir Margaret Tetcher yoqqan, uni ideal deb bilganman. Muomalasi, o’zini tutishi, birinchi ayol bosh vazira bo’lgani… Xullas, juda aqlli ayol deb bilaman. Kuzatishimcha, kimgadir havas qilib, intilib yashasangiz, o’zingizda ham o’sha hislatlarni sekin-sekin ko’rar ekansiz”, - deydi Xurshida.

Enam - qahramon

Yana bir suhbatdoshimiz – Munira, uy bekasi, ikki farzandning onasi.  

“Jurnalistika sohasida ta’lim olganman, lekin bugun shu sohaga taalluqli inson deb bilmayman o’zimni. O’qishni bitirgandan keyin bir yilcha sohada ishlab, mana besh bo’libdi – uyda farzand tarbiyasi bilan bandman. Biror insonni ideal deb bilishim uchun uni har taraflama yaxshi bilishim kerak, to’g’rimi? Enam, bizda ena deyiladi, shunda buvim, men uchun eng ideal inson degan xulosaga keldim. Chunki qishloq sharoitida, o’zlari o’qimishli bo’lmasalar-da, eng yaxshi tikuvchi degan nomi bo’lgan. Sakkizta farzandini tarbiyalab, oliy ma’lumotli qilgan, bugun hammasi o’zining sohasida yetuk mutaxassislardan. O’qib yurgan paytimda esa malaka oshirish uchun har xil axborot agentliklari, gazeta-jurnallarga qatnardik. O’sha paytlarda “Anadolu” axborot agentligining jurnalisti bor, Baxtiyor Abdukarimov, shu insonga o’xshab usta mutaxassis bo’lishni orzu qilardim”, - deydi Munira.

"Umidchilar", Salim boyvachcha...

Yaqinda Vashingtondagi Jorjtaun Universitetini bitirgan Manzura fikricha qahramonlar o’sha zamon ko’zgulari.

“Esimda bor, “Umid” orqali o’qib kelganlar qandaydir qahramon bo’lib ko’rilgan. Davlatning propagandasi edi, qaysidir ma’noda. Shunaqa yoshlar ko’p bo’lishi kerak, menimcha. Shunda har xil jinoiy oqimlarga, ekstremistik guruhlarga qo’shilmaydi qiz-yigitlar. Boshqa qahramonlar ham bor edi – Tohir Yo’ldosh, Namangoniy, Muhammad Solih. Uzoqqa bormaylik, Salim boyvachcha ham, militsiya xodimlari ham kim uchundir qahramon, salbiy qahramonlar ular”, - deydi u.

Dindor yoshlarning qahramoni boshqa, dunyoviy yoshlarniki boshqa

AQShda yetti yildan beri tadbirkorlik qilayotgan Ahmadjon bugungi yoshlarni uch toifaga bo’ladi.

“Yoshlarning dinga qiziqadiganlari orasida qahramonlar boshqa. Dunyoga qiziqadiganlarda ideallar umuman o’zgacha. Yaxshi hayotga qiziqadigan kishilarning qahramonlari ham boshqacha bo’lishi mumkin. Mana oxirgi yillarda chet elda – AQSh, Avstraliya, Angliya va boshqa yurtlarda yashayotgan o’zbekistonlik yoshlar ko’payib bormoqda. Mana shu insonlar orasida, ko’p kuzatganman, dinga qiziqishi kuchayib borar ekan. Ularning ideallari dinda ilmi bor, salohiyati kuchli odamlar. O’zim mana shunday yoshlardan biri sifatida aytishim mumkin, Abduvali qori, Obid qori akalarni juda hurmat qilaman”, - deydi suhbatdosh.

Ikkinchi toifadagi yoshlar dunyoviylik tarafdori va ideallari ham shunga yarasha. Uchinchi toifaga, deydi Ahmadjon, O’zbekistonda chet elga ketishni orzu qilib yurgan yoshlar kiradi.

“Ular Garvard, Kembrij, Oksford universitetlarida o’qigan, uch-to’rt tilda bemalol gapira oladigan shaxslarni qahramon deb biladi. Lekin O’zbekistonda yoshlarning 30 foizi chet elga chiqib ketish orzusida yashaydi, yana 30 foizi qanday qilib pul topish, mashina olib, uylanish g’amida yuradi. Qolgan yana 40 foiz yoshlar kelajakka umidsiz qaraydi. Ular ro’parada faqat oq devorni ko’radi, hech narsa yo’q. Hattoki, mana internetdan foydalanuvchi yoshlar ko’paymoqda deyishadi. Lekin ular intellektual, siyosiy jihatdan salmoqli vazifalarda o’tirishiga davlatning o’zi yo’l qo’ymayapti”, - deydi Ahmadjon.

Karimov dahomi?

Bu muhojir ham xorijda yurgan boshqa o’zbekistonliklar qatori vatandagi vaziyatdan tashvishda.  

“O’zbekistonda SSSR paytida qanday boshqaruv bo’lgan bo’lsa, bugun ham o’zgargani yo’q. Va qahramonlar avval 20-30 ta bo’lgan bo’lsa, bugun bir shaxsga ko’chgan. Birgina shaxs Karimov, hamma uni ideal, daho deb bilishi kerak. Har holda davlat shunaqa bo’lishini xohlaydi. Biroq qahramonlar kerak va u siyosatga aralashmagan bir shaxs bo’lishi lozim. O’zbekistonda qolayotgan yoshlarga ochig’i juda achinaman. Chunki 6-7 yil oldin ularning biri edim o’zim ham. Xuddi Chingiz Aytmatovning “Oq kemasi”dagi kabi, bolakay kemaga qaraganday, bizda ham ko’p yoshlar samolyotga tikilib, qachon uchib ketar ekanman deb yuradi. Bu judayam kuchli. Qarindosh-urug’ bilan gaplashsangiz ham birinchi aytadigan gapi – bizni chaqirtirsa bo’ladimi? Holbuki, yoshlarni kelajak avlod, barkamol avlod deb gapiradi, aslida ularni juda yerga urib tashladi O’zbekiston hukumati”, - deydi u.

Roza Otunbayeva regionni birlashtira oladigan qahramonlardan bo'lsa ajabmas

Alisher Hamidov qirg’izistonlik o’zbeklardan, AQShning nufuzli ilm dargohida doktorant.

“Markaziy Osiyo bo’ylab har safar qilganimda, yoshlar, umuman aholi orasida zamonaviz qahramonlariga ehtiyoj kuchli. Lekin mintaqada avtoritar davlatlarning kuchayishi mustaqil, o’ziga ishongan qahramonlar chiqishiga to’siqnlik yaratgan. Shu sababli ko’p yoshlar o’zining mahallasi, qishlog’idan nariga chiqmay, qandaydir boy-badavlat, jinoyatchi odamlarni o’ziga qahramon deb biladi. Bu juda salbiy hol va davlatning hissasi qo’shilgan bunga. Lekin shu bilan birga yaxshi narsalar ham bo’layapti. Ayniqsa, mana Qirg’izistonda ko’rib turibmiz. Bu davlatda yoshlar o’ziga ideal sifatida yosh avlod siyosatchilarini, liderlarni tanlamoqda. Qirg’izistonda ulardan biri Odil Baysalov. Qizlar esa Roza Otunbayevaga havas qilib, uni qahramon deb ko’rmoqda. Bugungi Markaziy Osiyoda ayollar davlat rahbari sifatida sahnaga chiqmagan edi. Roza Otunbayeva Qirg’izistonda hukumatga kelishi bilan nafaqat o’z yurti, balki o’zbek, qozoq, turkman, tojik qizlariga namuna bo’lib qoladi, menimcha. Afsuski, regionning barcha davlatlarini birlashtira oladigan qahramonlar kam”, - deydi Alisher Hamidov.

Qahramonlar xalqdan chiqadi, davlat tomonidan tayinlanmaydi

Alisher Hamidov fikricha qahramonlarni xalq tanlashi kerak, hukumat emas.

“Amerikada sakkiz yil yashab, shu narsaga amin bo’ldimki, bu yerga kelgan yoshlar kapitalistik tuzum talab va qadriyatlarini o’rganib chiqib, yangi ideallar tanlashadi. Ba’zi yoshlar uchun boy bo’lish maqsad ekan, boy insonlar ularning ideali. Boshqalari demokratik hayotni ko’rib, O’zbekistonda ham demokratiya qaror topsa deb orzu qiladi. AQSh prezidenti Barak Obamaning 2008 yilda davlat tepasiga kelishi yaxshi bir turki bo’ldi desa ham bo’ladi. Shunaqa yosh odamlar bizda ham boshqaruvga kelsa degan ma’noda. Qahramonlar albatta bo’lishi kerak har bir jamiyatda. Taraqqiyot uchun zarur bu. Lekin ular davlat tomonidan tiqishtirilmasligi kerak. Qahramonlar o’zlari o’sib chiqishi, xalq ularni tanlashi kerak. Muammo shundaki, bizning mintaqamizda avtoritar tuzumlar yasama qahramonlarni xalqqa majburan singdirishga harakat qilmoqda. El tanlashi lozim bu insonlarni, davlat emas”, - deydi Alisher Hamidov.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Otalar uyda, bola boqadi; onalar ishda - Today's dadsi
X
31.10.2014 22:03
Bugun ko'plab erkaklar uyda bola tarbiyasi bilan band, onalar esa ishlab pul topadi. Buning nimasi yomon, deya so'raydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan amerikaliklar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Quddus: arab va yahudiylar orasida to'qnashuvlar

Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi. Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi. To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti. G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Burkina Fasoda xalq isyon ko'tardi, prezident ishdan ketdi

G'arbiy Afrikadagi davlat, Burkina Fasoda prezident Bleyz Kompraore 27 yillik boshqaruvdan keyin ishdan ketdi. Mamlakatda o'n minglab odamlar namoyishga chiqib, rahbarning iste'fosini talab qilayotgan edi. Chiqishlar qonli tus olgach, kecha armiya parlamentni tarqatib yuborib, muvaffaq hukumat tuzilishini ma'lum qilgan. 1987-yildan beri Burkina Fasoni boshqarayotgan Kompraore sal oldin parlamentda yangi qonunni olg'a surib, hokimiyatda uzoqroq qolishni ko'zlayotgan edi. Omma bundan norozi bo'lib isyon ko'targan. Sobiq rahbar hozir qayerda ekani, o'rniga kim tayinlanishi hali ma'lum emas. Ayrim manbalarda general Luame Loug vaqtli hukumatga bosh bo'lishi mumkin deyilmoqda. Kecha, payshanba kuni poytaxt Uagaduguda odamlar parlamentga o't qo'yib, boshqa davlat idoralariga bostirib kirgan. Politsiyaning aytishicha, o'lganlar va yaradorlar bor. Xalqni tinchlantirish uchun rasmiylar parlamentda olg'a surilgan konstitutsion o'zgarishlarni va bir necha soat oldin e'lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun G'arbiy Afrikadagi bu davlatda vaziyatni xavotir bilan kuzatayapmiz, deydi. Bosh kotib tomonlarni tinchlanishga va zo'ravonlikdan tiyilishga chaqirmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Peshmerga kuchlari Kobaniga yetib keldi

Iroq Kurdistonidan peshmerga jangchilarining bir qismi Suriyaning Kobani shahriga yetib borgan. Ular "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda mahalliy kurdlar va xalqaro koalitsiyaga yordam beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI