Payshanba, 23-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 22:51

Markaziy Osiyo

O'zbek-qirg'iz chegarasida minglab so'xlik uyga qaytish ilinjida

O'zbekiston va Qirg'iziston orasidagi chegara punktida
O'zbekiston va Qirg'iziston orasidagi chegara punktida

Multimedia

Audio
O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi chegara kelishmovchiligi So’x ahli hayotini yanada og'irlashtirgan. Farg’ona viloyati Rishton tumanida ikki mingdan ziyod so’xlik bor va ular uyga qayta olmayapti. Rossiyadan uyiga qaytishga urinayotgan so’xlik mehnat muhojirlari ham qiyin avholda. Ayrimlari yo’lda ushlanib, ortga qaytarilgan. 5-yanvarda So’xda kuzatilgan janjaldan buyon chegara yopiq, ikki tomonlama munosabatlar tarang.

So'x ahli uyga qaytish ilinjida/Malik Mansur
So'x ahli uyga qaytish ilinjida/Malik Mansuri
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Ahvol juda qaltis, odamlarning sabr kosasi to’lmoqda, deydi voqealarni yaqindan kuzatayotgan rishtonlik faol Bahodir Eliboyev:
 
“Rishtondagi so’xliklarga Rossiyadan kelayotgan so’xliklar ham qo’shilishmoqda. Har xil sababga ko’ra So’xdan kelib, Rishtonda qolib ketganlar ham ko’p. Ularning bir qismi kollej yotoqxonasi va sanatoriyaga joylashtirilgan, yana bir qismi esa qarindoshlarinikida… Vaziyat tarang, xuddi poroxli bochkaga o’xshaydi. Birov gugurt chaqsa yonib ketadi. Rishton hokimyati odamlarning ko’nglini olishga urunayapti. Kino ko’rsatishmoqda, har xil tomoshalar tashkil qilinmoqda”.
 
Rossiyadan qaytgan o’zbekistonliklardan biri qizining to’yini o’tkazish uchun uyga qaytganini, biroq ikki haftadirki Rishtonda to’xtab qolganini aytadi.
 
“Turibmiz, chegara yopiq, o’tkazishmayapti. Bizga qirg’izlar notinch deyishayapti.  O’tsak, odamlarga hujum ham bo’layapti; bolalar borgan ekan, mashinani quvishibdi, keyin ular qochishgan deb aytib berishdi. Biznikilar shuning uchun ham o’tkazishmayapti. Qiz chiqaradigan edim, to’yga kelayotgan odamman. Rossiyadan kelganlarning soni ham yuztacha bor. Ayrimlar chegara yopilgan kundan boshlab o’tirishibdi. Har kuni kolonna bilan o’tkazamiz deb va’da berishadi, lekin bo’lmaydi”, -  deydi bu o’zbek.
 
Bahodir Eliboyev deydiki, so’xlik mehnat muhojirlarini Rossiya va Qozog’iston hududida ushlanib ortga qaytarilayotgani haqida ma’lumotlar bor, biroq bu tashabbus ortida kim turgani noma’lum.
 
“Petropovlovsk vokzalidan poyezdga chiqib, O’zbekistonga kelayotgan so’xlik muhojirlarni qaytarishgan. Keyin Qozo’gistonning Sayramida ham bir avtobus so’xlik ortga qaytarilgani haqida ma’lumot bor. Ularni baribir chegara yopiq, o’tolmaysizlar deb qaytarishgan. Buni kim qilyapti, noma’lum”, - deydi Eliboyev.
 
5-yanvarda  so’xliklar va qirg’iz chegarachilari o’rtasida kuzatilgan ziddiyat bir guruh qirg’izistonliklarning garovga olinishi bilan davom etdi.
 
Muzokarlar natijasida garovdagilar ozod etildi. Tomonlar hamkorlikda surishtiruv o’tkazishga kelishdi. O’zbekiston yetkazilgan moddiy zararni to’lab berdi.
 
Chegarani ochish borasidagi  muzokaralar esa hozircha natijasiz qolmoqda.
 
O’zbekiston bu orada Qirg’izistonga qarashli anklav Barak qishlog’iga boruvchi chegaralarni yopdi. Tomonlar qamaldagi anklavlarga gumanitar yordam yetkazish borasida kelishib oldi.
 
O’zbekiston tomonidan So’xga yetkazilayotgan yordam ham qirg’izistonliklarning noroziligiga uchrayotgani ta’kidlanadi.
 
“Gumanitar yuklar o’tayotgan edi, lekin so’nggi yuklar qirg’izlar tomonidan toshbo’ronga uchragan, odamlarning kayfiyati yomon”, - deydi Eliboyev.
O’zbekistonning So’x anklavida 70 mingga yaqin aholi yashaydi. Ularning katta qismi Rossiya va Qozog’istonda mehnat qiladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Markaziy osiyoliklar Koloradoda. 8-qism. Central Asian Dance Clubi
X
23.10.2014 10:59
O'zbek raqs san'atini dunyoga tanitishda sobiq raqqosalarning hissasi beqiyos. Toshkentlik Adelina Kaudinova mana uch yildirki, Denver shahrida bolalar va kattalarni sharqona raqslarga o'rgatadi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Stiven Xarper, Bosh vazir

Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI