Breaking News

Shohruh Soipov: "Qirg'izistonda o'zbek matbuotiga munosabat salbiy"


Shohruh Soipov, "Dayjest" gazetasi asoschisi va bosh muharriri, O'sh, Qirg'iziston. Vashingtonga safar chog'ida, 4-sentabr, 2012-yil.
Shohruh Soipov, "Dayjest" gazetasi asoschisi va bosh muharriri, O'sh, Qirg'iziston. Vashingtonga safar chog'ida, 4-sentabr, 2012-yil.
Qirg’iziston janubini qaqshatgan 2010-yil iyun voqealaridan so’ng O’sh va Jalol-Obodda o’zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari soni qisqardi. Qirg’indan ikki yil o’tib, vaziyat bir oz o’nglangan, biroq, deydi Vashingtonga xizmat safari bilan kelgan o’shlik jurnalist Shohruh Soipov, janubda o’zbek jurnalisti bo’lish hali ham xatarli. O’zbek matbuoti nazorat ostida. (To'liq suhbatni quyidagi audio player orqali tinglang)

Jurnalist Shohruh Soipov bilan suhbat, Odil Ruzaliev
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:35 0:00
Yuklab oling

Shohruh Soipov Qirg’iziston janubida 2007-yil oktabrida otib ketilgan jurnalist, “Amerika Ovozi” muxbiri Alisher Soipovning ukasi. Akasining yo’lidan borgan Shohruh ham gazetaga asos solib, janubdagi o’zbek aholini axborot bilan ta’minlashga o’z hissasini qo’shmoqda.



Shohruhning aytishicha, Qirg’izistonda o’zbek matbuotiga munosabat ijobiy emas.

O’sh voqealarini taftish qilgan xalqaro komissiya xulosasiga ko’ra, qirg’iz matbuotida millatchi ruhdagi materiallarning ko’pligi zo’ravonliklarga yetaklagan omillardan biri bo’lgan. Shohruh Soipovning aytishicha, hukumat o’tmish xatolaridan saboq olmagan.

O'zbek tilida O'shda chiqadigan "Dayjest" gazetasi
O'zbek tilida O'shda chiqadigan "Dayjest" gazetasi
Alisher Soipov “Amerika Ovozi”ga muxbirlik qilish bilan birga “Siyosat” gazetasiga ham asos solgan edi. O’limidan so’ng gazeta chiqmay qo’ygan edi. Uch yil o’tib Shohruh ham gazeta ochdi, ammo hozircha faqat dayjest shaklida.

24-oktabr kuni Alisher Soipovning hayotdan bevaqt ko’z yumganiga besh yil bo’ladi. Uning o’limi Qirg’izistondagi o’zbek jurnalistikasi uchun jiddiy yo’qotish bo’lgan. Ukasi Shohruhning aytishicha, uning xotirasini abadiylashtirish uchun O’shda muzey tashkillashtirish rejalanyapti.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG