Breaking News

Vatandagi manzara: Karimov "inqiloblar" haqida qanday fikrda va nega matbuot buni yoritmadi?


Islom Karimov 2005 yilning 17 mayi kuni Andijon voqealari haqida xalqqa gapirganida, fojiada "tashqi kuchlar" qo'li bor deya aytgan edi. Hozir ham shuni ta'kidlamoqda.
Islom Karimov 2005 yilning 17 mayi kuni Andijon voqealari haqida xalqqa gapirganida, fojiada "tashqi kuchlar" qo'li bor deya aytgan edi. Hozir ham shuni ta'kidlamoqda.

O’zbekiston matbuotida bundan 6 yil muqaddam yuz bergan Andijon fojiasi haqida deyarli ma’lumot uchramaydi.

“Novosti Uzbekistana” gazetasida al-Qoida rahbari Osama bin Laden o’ldirilishi haqida mulohazalar chop etilgan. Unda Andijonga ham to’xtab o’tiladi.

Andijondagi “terrorchilik aktlari” aynan “Akromiy” guruhiga kiruvchi “jangarilar” tomonidan uyushtirilgan deya iddao qilinadi.

Maqolaga ko’ra, O’zbekiston va Yevropadagi huquq faollari va xalqaro tashkilotlar aynan shu “terrorchilarni” himoya qilib chiqmoqda, vaholanki, bugun AQSh va Yevropadagi ekspertlarning ko’pchiligi “Akromiylar”ni siyosiy qurbonlar sifatida tan olmaydi.

“Novosti Uzbekistana” Osama bin Ladenning o’ldirilishiga Yevropadagi munosabat haqida izoh bergan. Muslumonlar orasida bu xabarni qayg’u bilan kutib olgan toifalar bor deya ta’kidlanadi.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 9 may Xotira va qadrlash kuni televideniye orqali chiqishida, arab dunyosidagi inqiloblar va Andijon voqeasi xususida gapirdi. Lekin bu haqda respublika matbuotida biror maqola yo’q.

Xotira maydonida o’tgan marosimda so’zlagan prezident Karimov fikricha, arab dunyosidagi g’alayonlar, tabiiy zaxiralarga boy mintaqadagi o’zgarishlar - bu resurslardan manfaatdor bo’lgan tashqi kuchlar yordamida amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston rahbari Andijon fojiasi ham aynan tashqi kuchlar yordamida sodir etilgan deya qayd etdi.

Toshkent
Toshkent

“Xalq so’zi” 13 may sonida Islom Karimovning VI Umumjahon Suv Forumiga tayyorgarlik bo’yicha Toshkent mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga qutlov murojaatini e’lon qilgan. Bu anjuman Toshkentda 12 may kuni ish boshlagan. Forum esa 2012 yilda Fransiyada o’tishi kutilmoqda.

“Hozirgi kunda mintaqaning olti davlatida istiqomat qiluvchi 50 milliondan ziyod kishining taqdiri suv resurslari, birinchi galda, transchegaraviy daryolardan foydalanish bo’yicha har tomonlama puxta o’ylangan yondashuv va qarorlarga bog'liq bo’lib qolmoqda”, - deyiladi prezident murojaatida.

“Xalq so’zi” birmuncha avval mustaqil axborot saytlarida Toshkent metrosida bir nechta bekatlar yopilishi mumkin degan ma’lumotlarni rad etib chiqqan edi.

Toshkent metropoliteni rahbari Baxtiyor Sodiqovning aytishicha, ayrim internet saytlarda berilgan bu xabarlar - uydirma. U shuni tasdiqlaydiki, poytaxt metrosida yo’nalishlarni rivojlantirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish ishlari bormoqda va yaqin kelajakda yo’l haqini plastik kartochkalar orqali to’lash tizimini joriy etish rejalangan.

13 may kuni matbuotda “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish to’g'risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e’lon qilingan.

“Kichik biznes va tadbirkorlik yili” munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish soddalashtirilishi va bu jarayonda davlat hisobiga to’lanadigan xarajatlarni kamaytirish ko’zda tutilgan.

“Hurriyat” bu haftadagi sonida kollej bitiruvchilarini shartnoma asosida ishga joylashga oid vaziyatga to’xtaladi.

Yaqinda yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash to’g’risida qaror imzolangan edi. Unga binoan mehnat o’rnini topish bitiruvchi, kollej va korxona o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra amalga oshirilishi kerak.

“Shartnoma ijrosi kollej bitiruvchilarining ish bilan bandligini kafolatlaydimi?” nomli maqolada Farg’ona viloyatida ayrim ilm maskanlarida shartnomalar asosan bitiruvchi, kollej va maktablar o’rtasida nomiga imzolangani, haqiqatda esa maktablarda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun bo’sh o’rinlarning o’zi yo’qligi haqida mulohaza qilinadi.

Axborot Texnologiyalari Universitetida o’tgan “Best Soft - Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko’rgazmasi haqida xabar bergan “Xalq so’zi” gazetasiga ko’ra, bu tadbirda 50 dan ziyod kompaniya ishtirok etgan.

Xabarda internetdan foydalanuvchilarning soni bo’yicha ham ma’lumotlar keltiriladi. Shu yilning 1 aprel holatiga ko’ra, O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 7 million kishidan oshgan.

“Uz” domenidagi saytlar soni esa 2002 yildagi 587 tadan hozirga kelib 10 mingga yetgani ta’kidlanadi.

“Narodnoye slovo” gazetasi O’zbekistonda ilk bor yaratilgan antivirus dasturi haqida axborot beradi. UZ Security deb nomlangan antivirus dasturining muallifi 18 yoshli kollej o’quvchisi Javohir Mambetovdir.

150 ming turdagi viruslarni xavfsizlantirish qudratiga ega bu programma yetuk mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

“Noviy vek” gazetasining yozishicha, Qirg’iziston chegarachilari O’zbekistonga oqayotgan suvni to’sib qo’ymoqda. Shuningdek, deyiladi maqolada, qirg’iz xizmatchilari o’zbekistonlik dehqonlardan suv uchun pul talab qilmoqda.

www.12.uz saytidan ko’chirib bosilgan bu xabarning mazmuni shuki, Qirg’iziston tomon oqayotgan suvni o’z mulki deb hisoblab, istalgan paytda suvni o’tkazmay qo’yishga odatlangan.

XS
SM
MD
LG