Shanba, 20-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 23:01

Matbuot

O'zbekistonda matbuotning bugungi kuni - gap sonda emas, sifatda

Multimedia

Audio
Mustaqil jurnalistlar va huquq himoyachilariga ko'ra, so’z erkinligi keskin ta’qib ostida qolayotgan O’zbekistonda matbuot soni oshgani bilan, sifat juda past. So’nggi yillarda bir necha gazeta faoliyati to’xtatilgan.


Yangi ish boshlayotgan nashrlar faqat oldi-qochdi, sayoz mavzularga qo’l urmoqda. Faollarga ko’ra, bunga sabab so’z erkinligining yo’qligidir.

O’zbekiston matbuot va axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, 2012-yilning dekabr holatiga ko’ra, mamlakatda OAVlar soni 1300dan oshgan.

Dunyoda so’z erkinligi dushmani sifatida tanilgan O’zbekistonda bosma va elektron nashrlar, radio va televideniye sonining o’sib borayotgani mustaqil jurnalistlar tomonidan tashvishli tendensiya sifatida baholanadi.

Ijtimoiy-siyosiy mavzularni yorituvchi bir guruh gazetalar hukumat siyosatini qo’llab kelayotgan bo’lsa, nashrlarning qolgan katta qismi o’z sahifalarini turli oldi-qochdi, sayoz mavzudagi materiallar bilan to’ldiradi. Bu esa o’z navbatida mamlakatdagi  ko’plab jurnalistlarni sariq matbuot vakillariga aylantirmoqda.

Huquq faoli, jurnalistika sohasida ilmga ega Bahodir Eliboyev fikricha, malakali kadrlarni tayyorlash haqida ko’p gapiruvchi hukumat avvalo imkoniyat yaratib berish lozimligini esdan chiqarmoqda.

“Gap malakali jurnalistlarni tayyorlashda emas, balki senzuraning mavjudligidadir. Kadrlarni professional ravishda tayyorlaymiz, deyishyapti. Lekin jurnalist bo’lish uchun mavjud fakultetlarda tahsil olishning o’zi ham  yetarli. Lekin gap bunda emas. Yaxshi maqola yozgan bilan, bu maqola dunyo yuzini ko’rmasa, professional jurnalist bo’lishdan nima foyda”, - deydi u.

O’zbekiston matbuot va axborot agentligi ma'lumotiga ko’ra, mavjud ommaviy axborot vositalarining 1000ga yaqinini gazeta-jurnallar, 200 tasini internet nashrlari, 100ga yaqinini radio-televideniye tashkil etadi. Mamlakat matbuotining yarmidan ko’pi nodavlat nashrlardan iborat.

“Matbuot sonining 1300dan oshishi hech narsani anglatmaydi. Bu nashrlarning aksariyati faqat internetdan turli tarjimalar berib, o’z auditoriyasini aldash bilan shu’gullanib kelyapti, xolos. Siyosiy tuzum shu ahvolda ekan, matbuot soni 10 mingga yetganda ham hech narsa o’zgarmaydi”, - deydi Bahodir Eliboyev.

O’zbekistonda jurnalistika fakultetlaridan tashqari, jurnalistlar uchun oliy o’quv kurslari ham tashkil etilgan. Jurnalistlar Oliy kursi mutaxassislik malakasini yanada mukammallashtirishni maqsad qiladi. Hozirgacha jurnalistika Oliy kursini yuzlab qalam sohiblari bitirib chiqqan. Ammo bu bitiruvchilarning o’zbek matbuotida biror jiddiy maqola bilan chiqish qilib yangilik yaratgani ko’zga tashlanmaydi.

“Avvalgi mavjud gazetalar, deylik “Hurriyat”, “Mohiyat”,  “Mustaqil gazeta” kabi nashrlarning birinchi sonlari bilan hozirgi matbuotni qiyoslaydigan bo’lsak, bugungi kunda jiddiy tahlilning  o’zi yo’qligini ko’ramiz. Aytmoqchimanki, bir necha yillar avval ozgina tanqidiy chiqish bilan tanilgan gazetalarga bugun muqobil bo’ladigan nashrlarning o’zi qolmagan”, - deydi Eliboyev.

Kuzatuvchilar nazarida, matbuot faolligi bo’yicha 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida mintaqada yetakchi o’rinda bo’lgan O’zbekiston so’nggi o’n yillikda mustaqil jurnalistlarni ta’qib ostiga olish, qamash va so’z erkinligini bo’g’ish bo’yicha regionning  birinchi raqamli davlatiga aylangan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh Iroqqa qo'shin kiritmaydi lekin "Islomiy davlat" nishonda - Obama/US Militaryi
X
19.09.2014 22:52
Prezident Barak Obama Iroqqa qo’shin kiritmaslik qarorida qat’iy. Pentagon agar zarurat tug’ilsa, Iroqqa piyoda askarlar ham safarbar etilishi mumkin deb bildirgan edi. Lekin prezident bu niyatdan yiroq.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Peshmerga guruhining ayol jangchilari Sulaymoniyadagi harbiy lagerda mashg'ulotlardan o'tmoqda, 18-sentabr, 2014-yil.

  • Chex va kanadalik askarlar Iroq uchun mo'ljallangan o'q-dorini samolyotga yuklamoqda, Pardubitse aeroporti, Chex Respublikasi, 18-sentabr, 2014-yil.

  • AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kongressda Iroq va Suriyadagi jangarilarga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish haqida gapirar ekan, yaqinda Saudiya Arabistonida o'tgan sammit aks etgan gazetani ko'rsatmoqda, Vashington, 17-sentabr, 2014-yil.

  • Nemis askari tanklarga qarshi raketa otuvchi quroldan qanday foydalanishni ko'rsatmoqda. Bu qurollar Iroq shimolidagi kurdlarga topshirilishi kutilmoqda, Berlin, 18-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Obama Floridada AQSh askarlari bilan uchrashib, Iroqqa piyoda qo'shinlar yuborilmasligini ta'kidladi, 17-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI