Breaking News

Mustaqillikning 24-yilida O'zbekiston milliy pulining qadri juda past


2013-yida so’mdagi eng yirik banknot 5000 so’mlik kupyura 2,5 AQSh dollari atrofida baholanib, iste’molga chiqqan edi
2013-yida so’mdagi eng yirik banknot 5000 so’mlik kupyura 2,5 AQSh dollari atrofida baholanib, iste’molga chiqqan edi

So'm shiddat bilan qadrsizlanmoqda. 1994-yilning 1-iyulidan muomalaga kiritilgan o’zbek puli hukumatni muttasil o’sish haqidagi hisobotlaridan qat'i nazar qashshoqlik ramzi sifatida qolmoqda, deydi "Amerika Ovozi" bilan muloqot qilgan fuqarolar. Masala ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamada.

Mustaqillikning 24-yilida O'zbekiston so'mining qadri - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:13 0:00

21 yil muqaddam 1 AQSh dollari 7 so’m edi. Bugun qora bozorda 1 dollar 4000 so’m.

Bu milliy pul qadrsizlanishining so’nggi nuqtasi emas. 1-avgustdan O’zbekistonda oylik maoshlar ko’tarilishi, tabiiyki, bozorda ham narx-navo oshishi kutilmoqda.

“Mendagi prognozlarga ko’ra, hukumat amaldagi pul moliya siyosatini davom ettirmoqchi. 1-avgustdan oylik maoshlar ko’tarilishi ortidan inflyatsiya keskin kuchayadi”,- deydi mustaqil iqtisodchi Jahongir Shosalimov.

“Qo’shimcha trillion so’m muomalaga kiritiladi. Shundan kelib chiqsak, 1 dollar 7000 so’mgacha chiqishi, narxlar ham shunga muvofiq o’zgarishi, ishlab chiqarish yakson bo’lishi, mol olib kirish, mol sotishda jiddiy muammolar kutiladi. O’zbek so’mining taqdiri o’ta ayanchli bo’ladi. Ehtimol sirtdan bilinmayotgandir, lekin endi odamlar ortiqcha bunday yashash mumkin emasligini ochiq aytishayapti. Bu narsani tilga chiqargan odamlar albatta bu narsaga qarshi kurashishga, ko’chalarga chiqishga ham tayyor bo’ladi. Xullas, vaziyat ashaddiy o’zgarishlarga uchrashi mumkin”.

Milliy valyutani dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi ayniqsa so’nggi oylarda shiddatli avj oldi. Bu ko’proq mehnat muhojirlarining Rossiyadan yuborayotgan puli keskin kamaygani bilan izohlandi.

Ammo hukumat mamlakat iqtisodi mehnat muhojirlari mablag’iga qaram emas, deya ta’kidlab keladi. Vazirlar Mahkamasi hisobotlariga tayanilsa, bir necha yildirki, mamlakat iqtisodidagi o’sish 7 foizdan kam bo’lmagan.

Ammo amalda milliy valyuta bag’oyat qadrsiz, ishsizlik keng, odamlar tirikchilik qilish uchun xorijga ketish ilinjida.

“Hozir o’zbek so’mi ming baravar inflatsiyaga uchradi. Chakana narxlar 5-6 ming baravarga oshdi. Bu o’ta halokatli voqealarga zamin yaratdi. Hamisha o’z yeriga, vataniga bog’lanib qolgan o’zbek millati oilasini boqish uchun mamlakatdan chiqib keta boshladi. Noto’g’ri pul siyosatining qanday oqibatlarga olib kelgani mana oradan 20 yil o’tib yanada ochiqroq bilinayapti”, - deydi Jahongir Shasalimov.

O’zbekistonning moliyaviy- iqtisodiy siyosati o’ta yopiq. Xorijiy valyutaga nisbatan davlat va qora bozor kursi o’rtasidagi farq juda yirik. Valyuta ayirboshlash eng qiyin bo’lgan davlatlardan biri bu O’zbekiston.

“Milly valyuta bilan bog’liq hozirgi vaziyat nihoyatda qorong’i”,- deydi Shosalimov.

Prezidentning monetar siyosat yuritish niqobi ostidagi barcha qilmishlari, samarasiz harakatlari yopib yuboriladi, deydi iqtisodchi, bu soha prezident devoni, uning yaqinlari tomonidan nazorat qilinadi.

“Bu jamiyatimizning, davlatimizning eng og’riqli nuqtasi. Pul siyosatining o’ta maxfiyligi milliy xavfsizlikka tahdid darajasiga ham yetgan”, - deydi Jahongir Shosalimov.

2013-yida so’mdagi eng yirik banknot 5000 so’mlik kupyura 2,5 AQSh dollari atrofida baholanib, iste’molga chiqqan edi.

O'zbekistonda korrupsiyani yengsa bo'ladimi? Shermamat Abdullozoda bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:37 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG