Payshanba, 24-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 22:01

Markaziy Osiyo

O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining bugungi nufuzi qanday?

Multimedia

Audio
Sovet Ittifoqi qulashi davrida milliy uyg’onish harakatiga hissa qo’shgan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi 1990-yillardan keyin nufuzini yo’qotdi.  Tashkilot rahbari etib yaqinda yozuvchi Muhammad Ali saylangan.
O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining bugungi ahvoli/Malik Mansur
O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining bugungi ahvoli/Malik Mansuri
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Ko’plab adiblar fikricha uyushma siyosiy qurol bo’lmasligi kerak. Hukumat unga o’z propaganda vositasi sifatida qarar ekan, ishonch yo’qolib boraveradi.

Ammo ayrim ijodkorlar nazarida yozuvchilar uyushmasining jamiyatdagi o’rni va salohiyatini hali ham tiklash mumkin.

Muhammad Ali O’zbekiston yozuvchilar uyushmasiga sal kam to’rt yil raislik qilgan noshir Bobur Alimov o’rniga keldi. Bobur Alimov nima sababdan lavozimidan chetlatilgani noaniq.

Uyushmadagi navbatdagi almashish, sobiq raislardan biri Abdulla Oripovning ketishi bilan qiyoslaganda, jamoatchilik orasida ortiqcha muhokamaga sabab bo’lmagan. Uyushmaning internet saytida ham o’zgarishlar haqida hech narsa deyilmaydi.

Ijodkorlar buning sababini yozuvchilar uyushmasining jamoatchilik hayotidagi o’rni yo’qolib bo’lgani bilan bog’lashadi. Yangi rais kelishi bilan tashkilot faollashadi, deb aytishga asos yo’q.

“Uyushma bu nodavlat mustaqil tashkilot, uning rahbari saylanishi kerak, tayinlanishi kerak emas. Muhammad Ali avval ham kommunistik mafkura tashviqotchilaridan biri edi. Hozir u tepadan ma’lum bir topshiriq bilan yuborilgan. Vazifasi aynan shu topshiriqni bajarish, yozuvchilar haqida qayg’urish emas”, - deydi ayni paytda muhojiratda yashayotgan o’zbek yozuvchisi Safar Bekjon.

Uyushma 80-yillardan boshlab, taqiqqa uchragan milliy qadriyatlarni himoya qilish va jamiyatdagi og’ir muammolarni muhokamaga chiqarishda hukumatga nisbatan muxolif fikr ayta oladigan yagona tashkilot sifatida yuzaga chiqqan edi.

So’ngroq 90-yillarda sobiq ittifoq bo’ylab kuzatilgan uyg’onish davrining O’zbekistondagi to’lqini uyushma faollari ishtirokida shakllandi. Jamiyatdagi o’zgarishlar, siyosiy jarayonlar markazida ham yozuvchilar turishdi. Amaldagi hukumat o’z mavqeini mustahkamlagach esa siyosiy hayotda faol ishtirok etgan ijodkorlar birin-ketin qatag’onga uchradi.

Safar Bekjon ana shu qatag’onlarni bevosita boshdan kechirgan yozuvchilardan biri.

“80-yillar oxiriga kelib Sovet diktaturasi biroz yumshagan edi. Shu paytda uyushmani jonlantirgan ijodkorlarning ko’pchiligi bugun surgunda, tashqarida, yana ayrimlari rahmatli bo’lib ketishdi”, - deydi yozuvchi.

Mamlakatda bugun ham uyushmaning avvalgi qudrati va mavqei unutilmagan. Ko’plab ijodkorlar bu mavqe tiklanishiga umid qilishadi, biroq amaldagi rejim sharoitida bunday umidlar oqlanishi ta’qiblardan xoli bo’lmaydi.

Uyushma faoliyatini tiklash o’zbek jamiyatida o’zgarishlar qilishga qodir kuch sifatida ko’rib kelindi. O’zbek yozuvchilari uyushmasini xorijda tashkil etish tashabbusi ham olg’a surilgan.

“Uyushmani barcha jabhalarda, iqtisodda, siyosatda, adabiyotdagi  muammolarni hokimiyat darajasiga ko’tarish qudratiga ega bir tashkilotga aylantirish uchun harakat bo’ldi. Lekin, afsuski, diktatura sharoitida bu harakat butunlay bostirib yo’q qilindi. Paralel shaklda bu tashkilotni xorijda tashkillashtirishga ham urinildi. Lekin bunda ham hukumat tomonidan yollangan odamlarning aralashishi tufayli o’zbek yozuvchilari ittifoqini xorijda tuzish imkoniyati yo’qqa chiqdi”, - deydi Safar Bekjon.

Bugungi adabiy jarayonlar, ijodkorlar tanlovidagi mavzularning sayozlashib borishi ham bevosita uyushmaning bugungi mavqei va ahvoli bilan bog’liq ko’riladi.

“Hammasi moddiyatga taqalib qoldi. Yaxshi iqtidorli yozuvchilarimiz imkoniyati bo’lmagani uchun kitob chiqara olmayapti. Adabiy jarayon o’ta sayozlashib ketdi. Nazm va nashrdagi so’nggi o’zbek antologiyasi bilan tanishib chiqdim. Hali Sovet davrida shakllangan yozuvchilarni hisobga olmaganda, yangi asarlarda hech qanday saviya yo’q”, - deydi Safar Bekjon.

Yozuvchilar uyushmasi bugun mamlakat taqdiriga befarq bo’lmagan ziyolilar qatlamini birlashtiruvchi ittifoq emas, hukumat mafkurasi bilan shugu’llanuvchi  targ’ibot mashinasiga aylanib qolgani ta’kidlanadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
G'azoda tinch aholi orasida qurbonlar oshmoqdai
X
24.07.2014 12:14
Uch haftadirki, Isroil G’azoga raketa yog’dirishda davom etmoqda. Falastinliklar orasida o’lganlar soni 600 dan oshgan. Aksariyati oddiy fuqarolar, ayollar va bolalar. Isroil tomondan esa qurbonlar 30 ga yaqinlashgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida, 24-iyul, 2014-yil.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida yig'lamoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida motam marosimiga tayyorlanmoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Qutqaruvchilar samolyot halokati o'rnini tekshirmoqda, Pengu oroli, Tayvan, 24-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI