Chorshanba, 23-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 14:50

Siyosat

Malashenko: Karimovning vorisi shu yili aniqlanadi

Islom Karimov, Toshkent, 31-avgust, 2012
Islom Karimov, Toshkent, 31-avgust, 2012

Multimedia

Audio
Ayrim tahlilchilar fikricha, 2013-yil O’zbekistonda prezident Islom Karimovning vorisi kim bo’lishi aniqlanadi. Shu oy 75 yoshini qarshilayotgan Islom Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi hozircha noma’lum.

Adolatli va ochiq saylov imkoniyati bo’lmagan, uzoq yillik avtoritar boshqaruvdagi  mamlakat uchun hokimiyat almashishi qaltis davr hisoblanadi.

Moskvadagi Karnegi markazi eksperti Aleksey Malashenko “Amerika ovozi” bilan suhbatda O’zbekistonda kutilayotgan bu yilgi siyosiy o’zgarishlar haqida mulohaza yuritadi. 


Markaziy Osiyo bo’yicha bir necha kitob muallifi, sharqshunos olim Aleksey Malashenko O’zbekistonda Islom Karimovdan keyin hokimiyatga uning qizi Gulnora Karimova kelishi mumkinligi haqidagi ehtimollarni rad etadi.

“Men bunday variantni mumkin emas deb hisoblayman. Buning bir nechta sababi bor. Eng asosiysi, nazarimda, Gulnora Karimovaning bevosita voris ekanligidir. U ko’pchilik yoqtirmaydigan guruhning vakili hisoblanadi. Unga nisbatan e’tirozlar ko’p, u bilan bo’gliq vaziyat ham ko’pchilikka ma’lum. Albatta, undagi imkoniyat, kuch va energiya bilan ko’p ish qilish mumkindir. Lekin men  bunday imkoniyat bo’lishiga ishonmayman”, - deydi Malashenko.

2012-yil O’zbekiston tashqi siyosatida biror sezilarli o’zgarish kuzatilmadi. Ammo jamiyatda hukmron fikr shuki, Islom Karimov hokimiyatni kimga qoldirish haqida o’ylanayapti.

“Karimovning nega hozirgacha o’z vorisi haqida aniq bir xulosaga kelmagani sabablari menga qorong’u. Biroq bu masala hozirgi kunda mamlakat uchun eng dolzarb muammo bo’lib turibdi”, - deydi Malashenko.

Tahlilchiga ko’ra, O’zbekistonda hokimiyat almashishining bir nechta yo’li bor. Jarayonning Turkmanistondagi kabi silliq kechishini taxmin qilish qiyin, deydi u.

“O’zbekiston Turkmaniston emas. O’zbekiston mintaqaning qudratli davlati. Shunga muvofiq, mamlakatda hokimiyatga intilayotgan turli klanlar, doiralar mavjud. Ularning ta’sir qamrovi, kuchi ham turlicha. Shuning uchun bu doiralar o’rtasida kurash, baribir, bo’ladi. Turkmanistonda kuzatilganidek silliq o’zgarishni kutish qiyin”, - deydi rossiyalik ekspert.

Malashenko taxminicha, hokimiyatga intilayotgan doiralar o’zaro murosaga kelishlari uchun hozir imkoniyat ham, vaqt ham  mavjud. Biroq klanlarni murosaga keltiruvchi shaxs kim bo’lishidan qat’i nazar,  o’zgarish davri xavotirli va qaltis kechadi.

“Karimovning o’rniga kim kelmasin, hozirgacha u bajarib kelayotgan liderlikni davom ettirishi, klanlar manfaatini muvofiqlashtirib turishi, shu bilan birga, hamma sohada nazoratni o’z qo’lida ushlab turishi juda qiyin. Bu davr mamlakat uchun murakkam kechadi”, - deydi Malashenko.

O’zbekistonda hokimiyat uchun ochiq kurash boshlanishini ham ehtimoldan soqit qilib bo’lmaydi.

“So’nggi variant - O’zbekistonda hokimiyat uchun ochiq kurash ham boshlanishi mumkin. Biroq kutilmagan natijalarga olib keladigan bunday raqobatdan manfaatdor tomon yo’q. Agar shunday kurash boshlansa, tomonlardan biri islomga, islomiy muxolifatga murojaat qilsa, ajablanmayman” -deydi ekspert.

Yana uning aytishicha, bugungi vaziyatda tashqi kuchlar, qudratli davlatlar ham O’zbekistonda kutilmagan o’zgarishlar bo’lishidan manfaatdor emas. Inson huquqlari, demokratik islohotlar masalasi tobora kun tartibidan tushib bormoqda.  

AQSh ham, Yevropa Ittifoqi ham turli inqilobiy o’zgarishlardan ko’ra Islom Karimovning avtoritar hukumati bilan muloqot qilishga moyillik bildirmoqda.

O'zbekistonda kutilayotgan siyosiy o'zgarishlar, Malik Mansur
O'zbekistondagi siyosiy o'zgarishlar, Malik Mansuri
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Muhojirlar boshini silayotgan tashkilotlar - Immigrants/Charityi
X
22.07.2014 22:27
Texas shtatida nima ko'p, muhojir markazlari. Hamisha gavjum inshootlar. Har kuni yuzlab yangi immigrant qabul qilinadi. Bu insonlarga eshik ochadiganlar avvalo diniy muassasalar va xayriya tashkilotlari.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinliklar Isroil hujumidan vayron bo'lgan binoda qutqaruv ishlarini olib bormoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroilliklar Falastindan raketa otilgani haqida ogohlantiruvchi sirena ovozi yangrashi ortidan uylariga kirib yashirinmoqda, Tel-Aviv, 21-iyul, 2014-yil.
  • Falastinliklar Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo'lgan uy xarobalari ostidan halok bo'lgan odamning jasadini olib chiqmoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroil askarlari va og'ir zirhli harbiy texnikalar G'azoga qarab yurmoqda, 21-iyul, 2014-yil.
  • Isroil hujumi ortidan G'azoning Shijayyah tumanida hujumga uchragan binolardan olov va qora tutun chiqmoqda, G'azo, Falastin, 20-iyul, 2014-yil.
  • Isroillik askarlar halok bo'lgan safdoshlari qabri ustida ko'zyosh to'kmoqda, Holon, Isroil, 20-iyul, 2014-yil.
  • Falastinlik kishi qo'lida jarohat olgan bolani Shifo kasalxonasidagi tez tibbiy yordam xonasiga olib ketmoqda, G'azo, Falastin, 20-iyul, 2014-yil.
  • G'azoda halok bo'lgan isroillik zobitning dafn marosimi, Hod Hasharon, 20-iyul, 2014-yil.
  • Janubiy G'azoda yashagan Abu Jama oilasining Isroil hujumida halok bo'lgan a'zolari dafn marosimi, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.
  • G'azoda halok bo'lgan isroillik zobitning yaqinlari motam tutmoqda, Hod Hasharon, 20-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil Falastin ahliga: tirik qolishni istasangiz, qoching!

Isroil G'azo sektorini havodan o'qqa tutishda davom etarkan, BMT uni va unga qarshi raketa otayotgan HAMASni sulh tuzishga undamoqda. AQSh vositachilik qilishga tayyor. Tomonlar murosadan yiroq. Isroil G'azo ahlini jon saqlash uchun uylarini tark etishga chaqirmoqda. HAMAS jangarilarini qirib tashlamaguncha, hujumlar to'xtamaydi, deya bildirmoqda bu davlat rasmiylari. Hozirgacha 200 dan oshiq odamning yostig'i qurigan.
Fotogalereya

Fotogalereya Slavyansk, Ukraina, 16-iyul, 2014

15-iyul kuni kechqurun Ukraina sharqida havo hujumlaridan 11 kishi o'lgan. Snijne shahrida binolar vayron bo'lgan. Hukumat separatistlarni ayblasa, separatistlar hukumatni ayblamoqda. Bugun Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk Slavyanskda bo'lib, vaziyat bilan tanishdi. Rossiyani bo'lginchi kuchlar ortida turganlikda aybladi. Kreml nazarida esa barcha balolarda Kiyevning o'zi aybdor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI