Yakshanba, 14-fevral, 2016 Toshkent vaqti: 15:04

Huquq va qonun

Obidxon qoriga hujum yuzasidan ikki o’zbekistonlikka rasman ayblov qo’yildi

Shvetsiyada Obidxon qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasd bo’yicha ushlangan shaxslarga rasman ayblov qo’yilgan. Prokuratura buning ortida siyosiy sabablar borligini taxmin qiladi.


Yollanma qotilga yordam berganligi gumon qilinayotgan ikki o’zbekistonlik aybdor topilsa, uzoq yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Nazarovga bevosita hujum qilgan odam esa, taxminlarga ko’ra, ayni paytda Rossiyada.

Hibsga olinganlar - Bahodir Po’latov va Nodira Aminova Obidxon Nazarovni otgan shaxsga yaqindan ko’mak ko’rsatgani gumon qilinadi. Voqea shved matbuotida muntazam yoritib kelinmoqda. Bu davlatda yashovchi o’zbek jurnalisti To’lqin Qorayev so’zlariga ko’ra, prokuratura suiqasdning siyosiy buyurtma ekaniga ishonch hosil qilmoqda.

“Bugungi ma’lumotga ko’ra, bu ishni yuritayotgan bosh prokuror Kristor Piterson suiqasd motivlari siyosiy bo’lishi mumkinligini aytgan. Faqat siyosiy motiv deyildi, demak, bu qotillik ortida O’zbekiston hukumati turgan bo’lishi mumkin. Qo’lga olingan er-xotin ustidan ham jarayon boshlanadi, ular hozirgacha ayblarini tan olishmagan”, - deydi jurnalist.

O’zbekistonliklar ustidan sud keyingi hafta boshlanishi kutilmoqda. Nazarovni o’qqa tutib, so’ng darhol Shvetsiyani tark etishga ulgurgan shaxs O’zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Biroq tergovchilar uning ismini hozircha ma’lum qilmayapti. Matbuotda bu odamning turli video-kameralarda olingan suratini ko’rish mumkin.

“Qoriga o’q uzgan odam Daniyaga o’tgan va Moskvaga uchib ketgan. Er-xotinlar esa shu vaqt unga yordam bergan. Shved matbuoti ularning turli ma’lumot to’plash bilan shug’ullangani haqida ham yozmoqda ”, - deydi Qorayev.
Qoriga o’q uzgan odam Daniyaga o’tgan va Moskvaga uchib ketgan. Er-xotinlar esa shu vaqt unga yordam bergan.


Qori shu yilning fevralida Shvetsiya shimolida uyi oldida otib ketilgan edi. Og’ir jarohat natijasida komaga tushib, hamon o’ziga kelmagan.

Toshkentdagi taniqli imomlardan sanalmish Nazarov hukumat siquvidan so’ng mamlakatdan chiqib ketgan edi. Rahbariyatning keskin tanqidchilaridan bo’lgan qori 2006-yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana oldi.

Rasmiy Toshkent uni diniy ekstremistik guruhlarga yetakchilik qilishda ayblab keladi.

Malik Mansur

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. "Vatan Manzaralari" blogini yuritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan.
 

Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Ibrohim EL Khoshimiy E-mail adresingiz: USA
07.07.2012 20:42
Assalamu alaykum baurlar!
Karimov, Amerika bilan Yevropaga qanday javob berishni biladi. Qo'lga tushib qolganda - "kichkina demang bizni, ko'tarib uramiz sizni", yoki "nimaga o'zlaring Ben Ladenni o'ldirdinglar", va yana "qizlarim Yevropada bemalol yurolmay qoldi, ayb o'zlaringda". Bizning diktatorlar anoyi emas. Meyli baurlarim, Assalamu alaykum va rohmatullahi va barakatuh!

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Zika virusi tarqalmoqdai
X
14.02.2016 00:01
2014-2015 yillarda Ebola virusi butun dunyoni xavotirga solgan edi. Chivinlar orqali yoyilayotgan Zika Markaziy va Janubiy Amerikadan kelmoqda. Chivinlar okeanlardan boshqa qit’alarga o’tolmaydi. Virusni sayyohlar tashiydi. Zika homilador ayollar uchun xavfli. Chaqaloq nogiron tug’ilishi mumkin.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Patriarx Kirill va Papa Fransisk
  • Papa va Patriarx
  • Patriarx Kirill va Papa Fransisk
  • Gavana, Kuba
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika
  • Meksika

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI