Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 05:40

Markaziy Osiyo

“Xavfsizlikka kelganda O’zbekiston G’arbni tanlamoqda”

Afg'oniston shimoli, mozori-shariflik ayol, 18-avgust, 2009-yil.
Afg'oniston shimoli, mozori-shariflik ayol, 18-avgust, 2009-yil.

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Yaponiya poytaxti Tokioda donor-davlatlar Afg’onistonga kelasi to’rt yilda 16 milliard dollar va’da qildi. Tadbirda O’zbekistondan ham delegatsiya qatnashdi.

O’tgan hafta Markaziy Osiyoga borgan AQSh qonunchilari O’zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvda ham Afg’oniston masalasini muhokama qilgan. Mintaqaviy xavfsizlikka e’tibor qaratayotgan rasmiy Toshkent G’arb bilan Afg’oniston bobida hamkorlikni oshirishdan umidvor.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, mamlakat Afg’onistonda tinchlik va qayta qurish ishlariga sezilarli hissa qo’shib kelmoqda.

Rasmiy Toshkent Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferensiyalarning doimiy ishtirokchisi emas. Biroq xalqaro qo’shinlarni olib chiqishda O’zbekistonga berilyotgan rol tobora ko’p tilga olinmoqda.

So’nggi paytda NATO va AQSh rasmiylarining O’zbekistonga tashriflari tezlashdi va muhokamalarda, asosan, afg’on masalasi ko’tariladi. Tokio konferensiyasidan ikki kun avval Islom Karimov AQSh delegatsiyasini Toshkentda qabul qilib, shu haqda fikr almashgan.

O’zbekiston tomoni qo'shni yurtni qayta tiklash ishlari, xususan, infratuzulmani qayta qurishda qatnashish niyatida. Hozirgacha temir yo’l, avtomobil yo’llari qurish, Kobulni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishtirok etib kelinayotgan edi.

NATO Afg’onistonni tark etishga hozirlik ko’rar ekan, hamkorlik yanada kengayishi kutilmoqda. Rasmiy Toshkentning Kollektiv Xafsizlik Shartnomasi Tashkilotidan chiqish qarori ortidan O’zbekistonda AQSh harbiy bazasi qayta ochiladi, degan taxminlar bor.

O’zbekiston rahbariyati Afg’onistonda vaziyat keskin izdan chiqib ketadi, deya xavotir bildirib keladi. Karimov o’tgan oy Surxondaryoga qilgan safari davomida o’zbek-afg’on chegarasida bo’ldi. Hayraton chegara postida harbiylar bilan uchrashar ekan, ularni Afg’onistonda jiddiy o’zgarishlar kutilayotgani haqida ogohlantirdi.

Siyosatshunos Farxod Tolipov fikricha, rasmiy Toshkent Afg’oniston bois mintaqa tinchi buzilgan taqdirda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga ishonish qiyinligini biladi. O’zbekiston tashkilotni tark etishi, asosan, Afg’oniston bilan bog’liq.
Afg'oniston kelajagi va O'zbekiston-Amerika hamkorligi, Malik Mansur lavhasi
Afg'oniston kelajagi va O'zbekiston-Amerika hamkorligi, Malik Mansur lavhasii
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


“Toliblar O’zbekiston chegarasida turgan yillari ham tashkilot biror yordam bermadi. O’zbekiston bilan birga tahdidni bartaraf etishi mumkinligi haqida bayonot bilan chiqmadi. Biroq eng muhimi, hozir ham Afg’onistondagi vaziyat beqarorlashgan taqdirda xalqaro hamjamiyat qanday chora ko’rishi ochiq qolmoqda. Bu degani, nafaqat O’zbekiston, balki xalqaro hamjamiyat xavfsizligi tahdid ostida”, - deydi Tolipov.

Tahlillardan xulosa, rasmiy Toshkent Afg’oniston bo’yicha NATO, G’arb bilan hamkorlikni afzal ko’rmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: American E-mail adresingiz: Manhattan
13.07.2012 16:28
Rossiyadan ayyor, pismiq, tovlamachi davlat yo'q. Shu paytgacha ham, avval ham bilib kelyapman. Lekin sen va senga o'xshaganlar o'zi Afg'onistonda tug'ilishi kerak edi. Aqli yo'qlar Rossiyani maqataydi. Amerika odamlarini yaqindan bilmay bidirlama. Ular bilan umuman ruslarni teng qilish g'irt axmoqlik.


Fikr bildiruvchi: Ways E-mail adresingiz: Turkistan
12.07.2012 23:49
O'zbekiston kelajagi ko'p jihatdan Afg'onistonga bog'liq. Shuning uchun istaymizmi-yo'qmi Afg'onistan tezroq oyoqqa tursa O'zbekiston Rossiya qaramligidan qutulardi! Hozirda biz Rossiya portlaridan foydalanamiz va masofa 4000 km dan ortiqroq! Afg'onistan orqali Hind okeaniga 1700-2200 km Karachigacha (Pokistan). Iloji bo'lsa afg'on yoshlariga yo'l ochish kerak! O'zbekiston oliygohlarida o'qisa, kelajakda O'zbekistonparast afg'on yoshlari O'zbekiston bilan aloqalarni a'lo darajada bo'lishiga hissa qo'sharmidi! Axir u yerda 9 milliondan ortiq o'zbeklar yashaydi-ku!


Fikr bildiruvchi: janob x
10.07.2012 18:28
Qo'shning ko'r bo'lsa ko'zingni qis, deyishadi xalqimiz. Nima keragi bor bizga Amerikani? Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o'pka yaxshi. Rossiya bo'lmasa qayerda ishlaydi odamlar? Amerika ikki dunyo bir bo'lsa ham do'stlik qilmaydi.


Fikr bildiruvchi: Anvar E-mail adresingiz: Москва
10.07.2012 00:24
Вой тавба! Узбек халки узи сарсон , оч , кул булиб ишлаябди
Дунё ахли сизга нима булди узи?
бир бориб, факат но расмий халк хаётини куринг , И Каримов
Диктатор кайдан пулни оларди бечора халкдан !
ха бу йил бечора гудаклар роса ишлайдиган булди ! булмаса хукумат каердан хам пулни оларди ! хамма ёшлар Россияда кулку! Узбекистон Авгонистондан батарлигини кандай килиб исботласак керак экан??

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Xotin-qizlarni xo'rlash jamiyatni xo'rlashdir, deydi Jimmi Karter/Carter-Womeni
X
23.04.2014 22:27
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, dunyo bo’ylab har uch ayoldan biri hayoti davomida kamida bir marta jinsiy yoki jismoniy tajovuzga uchraydi. AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter buni inson huquqlarini poymol etishning eng qo’rqinchli ko’rinishi deb ataydi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI