Shanba, 25-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 12:43

Iqtisodiyot

Jahon banki O'zbekistonga 12,6 million dollar grant ajratdi

Toshkent bozorlarida
Toshkent bozorlarida

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Vashingtonda asoslangan va dunyo bo'ylab qashshoqlikka qarshi kurashni maqsad qilgan Jahon banki O'zbekiston qishloq aholisiga yordam tariqasida 12,6 million dollarlik yangi loyiha boshladi.

Bank bergan ma'lumotga ko'ra, qishloq xo'jaligi rivoji va iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga moslashish yo'lida sakkiz viloyatdagi 10 milliondan oshiq aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. 

Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg'ona viloyatlari haqida gap ketmoqda.

Yangilanuvchi (muqobil) energetika, masalan quyosh nuri va shamoldan quvvat olish; tokni ayab ishlatuvchi texnologiyalar; agrobiznes va fermerlik xo'jaliklariga madad; irrigatsiya tizimlarini yangilash va suvni isrof qilmaslik - loyiha shularni ko'zlaydi, deydi bank rasmiylari.

O'zbekiston hukumati harorat ko'tarilgani sari ikki asosiy daryo Amudaryo va Sirdaryo sathi pasayib borayotgani haqida ogohlantirib kelmoqda.

Shunday ekan, deydi mutaxassislar, qishloq xo'jaligi yangi sharoitlarga moslashishi kerak. 

Jahon bankining Toshkentdagi idorasi rahbari Takuya Kamata deydiki, yangi loyiha O'zbekiston qishloq xo'jaligini isloh qilish yo'lida jiddiy qadam.

Yangi texnologiyalar va uslublar qo'llanishi bilan qishloq aholisi uchun yangi ish o'rinlari va imkoniyatlar vujudga keladi, deydi mutaxassis.

Proyekt uch qismdan iborat: yangilanuvchi energetika texnologiyalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish, 9 million dollar; irrigatsiya tizimlarini yangilash va tuproqni parvarishlash, 1 million dollar; zarur maslahat va ekspert yordami ko'rsatish, 2,6 million dollar.

Qishloq xo'jaligi sohasi egalari nazarida bu sektor respublikada eng qoloq va tub islohotlarga muhtoj.

Vaholanki, O'zbekiston agrar davlat, aholining yarmidan ko'pi qishloq joylarda yashaydi va tirikchilik qiladi.

O'zbekiston Jahon bankiga 1992-yildan beri a'zo. Bank rivojlanayotgan davlatlarga quyi foizda qarz beradi, taraqqiyot uchun grantlar ajratadi.

Shu paytgacha respublikaga 894,5 million dollarga teng moliyaviy yordam va kredit berilgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Sonora sahrosi - AQSh-Meksika chegarasida - Water for Migrantsi
X
24.10.2014 23:59
Sonora dashti Shimoliy Amerikadagi eng issiq joylardan. Shunga qaramay Meksikadan chegarani kesib o’tmoqchi bo’lganlar ko’p hollarda aynan shu yerni tanlaydi. Safarga chiqqanlar orasida chanqoqlikdan nobud bo’lganlar kam emas. Bir mahalliy tashkilot suv ulasha boshlagan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobani

  • Kobani

  • Turkiya-Suriya chegarasida

  • Bag'dod

  • Kanadalik askarlar Iroqqa yo'l olayapti.

Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI