Shanba, 18-may, 2013 Toshkent vaqti: 14:27

Markaziy Osiyo

"O'zbekistonda qirg'in" filmi muallifi Maykl Andersen bilan suhbat

Daniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersen
Daniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersen

Multimedia

Audio
  • O'zbekiston Oliy Majlisi a'zolari Vashingtonda/Senator Sodiq Safoyev bilan suhbat, Navbahor Imamova

  • Oliy Majlis a'zolari AQShda, demokratik taraqqiyot - asosiy mavzu/O'zbekiston/Navbahor Imamova lavhasi

  • AQSh-O'zbekiston aloqalarida huquq faktori, amerikalik tahlilchi Joshua Foust bilan suhbat, Navbahor Imamova lavhasi

Matn hajmi - +
O’zbekistonda inson huquqlariga doir muammolar, xususan, Andijon voqealari haqida film tayyorlab nom chiqargan daniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersenning yangi kartinasi yaqin kunlar ichida tomoshabin e’tiboriga havola etiladi.

Maykl Andersen Andijon voqealari haqida izchil material tayyorlab, uni Al-Jazira kanali orqali keng ommaga taqdim etishga muvaffaq bo’lgan yagona jurnalistdir. Uning aytishicha, so’nggi ishi oldingi filmlariga xotima.

"Biz avval Andijon voqealari haqida gapirgan edik, so’ng buning oqibatida G’arbning O’zbekistondan ko’ngli qolganini ma’lum qildik. Yangi film xulosasi shundan iboratki, G’arb endi yana Karimov bilan do’st bo’lishga tayyor. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton yaqinda O’zbekistonda bo’lib, uni maqtadi".

“O’zbekistonda qirg’in” 1 soat 20 daqiqali film bo’lib, ingliz, rus va o’zbek tillarida chiqishi kutilmoqda.


"Bilamizki, hozir G’arbda hech kim, hech bir telekanal o’zidan ancha uzoq bo’lgan O’zbekiston haqida tanqidiy material ko’rsatishni istamaydi. Bundan tashqari filmning xronometraji uni televideniye orqali namoyish etishga imkon bermaydi. Shuning uchun uni bepul ravishda internetga joylashga qaror qildik, toki o’zbekistonliklar va boshqalarda tomosha qilishga imkon bo’lsin", - deydi Maykl Andersen.

Kartinada Andijon voqealari guvohlari, inson huquqlari faollari, mustaqil jurnalistlar, xorijiy arboblar O’zbekistondagi siyosiy va huquqiy manzara haqida fikr bildiradi.

O’zbekiston hukumatidan ham izoh olishga harakat qildik, deydi jurnalist.

Daniyalik mustaqil jurnalist Maykl AndersenDaniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersen
x
Daniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersen
Daniyalik mustaqil jurnalist Maykl Andersen
"2005-yil may oyidan beri O’zbekiston vizasini olish uchun 28 bor murojaat etdim. Yuzdan ortiq marta Toshkentdagi rasmiylar bilan bog’lanib, intervyu olishga harakat qildik. Agar janob Karimov men bilan uchrashmoqchi bo’lsa, aytsin, qayerda bo’lsa ham, boraman. Aminmanki, tez kunlarda O’zbekistonda menga qarshi, bu filmga qarshi qora piar-kampaniya boshlanadi", - deydi daniyalik jurnalist.

“O’zbeklar orasida ommabop bo’lgan “och qornim - tinch qulog’im” iborasiga qanday qaraysiz? Yaqin Sharqdagi zo’ravonliklar, Qirg’izistondagi etnik qirg’in O’zbekistonga kerakmi? Shuncha yillardan beri mamlakatda osoyishtalikning hukm surishi Karimovning xizmati emasmi” deya so’rayman Andersendan.

Jurnalist Maykl Andersen O'zbekistonda inson huquqlari haqida yangi film ishladi
Loading
12:00:00 / -:--:--

"Toshkentda bo’lganimda qo’shnim “mozorda ham osoyishtalik hukm suradi” der edi. Albatta, o’z fikrini bildirgan, tanqidiy qarashlarni ovoza qilgan hamma odamlarni qamasangiz, mamlakatdan quvsangiz ham osoyishtalik bo’ladi. Ammo bu bilan odamlarni baxtli, hayoti yaxshi deb bo’lmaydiku. Ertami-kech vaziyat portlaydi. O’shanda ahvol hozirgidan ancha yomon bo’ladi", - deydi Maykl Andersen.

“O’zbekistonda qirg’in” filmi ijodkorlari Yevropa davlatlarida turli tadbirlar o’tkazib, G’arb jamoatchiligi diqqatini O'zbekistonda inson huquqlari ahvoliga qaytarmoqchi.

Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: sir E-mail adresingiz: jungli
25.07.2012 08:21
ahir bu hayrulla hamidovni ovoziku, bekorga qamashmagan ekanda, mana, bir balosi bulmasa shudgorda quyruq na qilur, aybi bor ekaqnku, ozodlikga onasi, bolam yahshi, beayb degan edi, men oldin, boshqa video roliklani kurib, nahotki prizident shu daraja vahshiy bulsa deb uylagandim, hozzir hayrulla hamidovni ovozini eshitib, be ayb, be ayb deb oilalari jar solishadi, hayrulla hamidovni ovozidan keyin nima deysilar? demak qamalganlarni aybi bor ekan, silar nima deysilar bilmadimu, bu ovozdan keyin IslomKarimovga bulgan ayblovlarga ishonmayman endi,


Fikr bildiruvchi: Anvar E-mail adresingiz: Москва
21.07.2012 13:14
Maykl Andersenga Кaтта Рахмат! Ишонинг, узбек халки бу яхшилигингизни унутмайди! Сиз буюк иш килдингиз, узбек халки дардини курсатдингиз! Оилам ва Шахсан узим номимидан рахмат. Кани энди сиздек профессионал журналистлар куп булса! Номингиз кийналган бирор авлоди озод яшолмаган узбек халки юрагида колади! Рахмат сизга, Рахмат!!!!


Fikr bildiruvchi: Abdulaziz E-mail adresingiz: Tashkent
20.07.2012 07:50
Bir tiyinga qimmat kino olibti, to'g'risi pulini ketqizib vaqtini ketkizgani qolibti. Biz Islom Abdug'aniyevichni yaxshi ko'ramiz! Andijonliklar xohlab chiqmagan, ulani prezident kelarkan deb aldashgan. Kino qilsa haqiqatni qilsin. Bu yerda yomonlash bilan ish qilolmaydi. Man shaxsan Islom Abdug'aniyevich Karimov ochib bergan litseysda o'qiganman. Buyuk inson bu inson. Uni hech kimga xor qilib qo'ymaymiz!!! Kim yomon ko'z bilan qarasa ko'zini o'yvoladigan darajada kuchimiz bor!!! Xudo bekordan bekorga bu insonga O'zbekistonni berib qo'ygan emas! Buni o'z kuchi bilan isbotlab, O'zbekistonni gullatib kelayapti. Bu paxta qo'yishmas balki bitta o'zbek bolasini ich dilidan aytayotgan so'zlari. Qo'linglardan kelsa, haqiqatni ochaman desangiz, mana man O'zbekiston buyukligini gapiraman.

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI