Shanba, 22-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 18:50

Muhojirlar hayoti

Muhojirlar: Mehnatsevar odam "Amerika orzusi"ga tez yetishadi

"Grin karta" Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini beradi
"Grin karta" Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini beradi
AQShda qonuniy yashash va ishlash huquqini beruvchi “grin karta” lotereyasiga hujjat topshirish shu oy yakunlandi. Kelajagini Amerikada ko’rishni orzu qilgan odamlar javobini kutib, endi bir yil umid bilan yashaydi. O’tgan yili yutganlar esa Amerikaga kelib, yangi hayot boshlashga harakat qilmoqda. Ular orasida o’zbeklar ham bor.

Naimaxon Toshkentda. Ikki yil “grin karta”ga hujjat topshirib, nihoyat unga omad kulib boqdi. Turmush o’rtog’i bilan Amerikaga kelganiga bir oy ham bo’lgani yo’q. Joylashish va ko'nikish oson emas, ammo afsuslanganimiz yo'q, deydi u.

(Lavhaning to'liq audio shakli)

Grin karta o'ynagan o'zbeklar
Grin karta o'ynagan o'zbeklari
|| 0:00:00
...    
🔇
X


Burhon ismli yigit oilasi bilan Virjiniya shtatida yashaydi. Olti yil oldin “grin karta” bilan kelgan. O’tgan yili AQSh fuqaroligini ham oldi. Uning aytishicha, Amerikada biror yutuqqa erishmoqchi bo’lgan odam mehnatdan qochmasligi kerak. Tilni bilish zarur. “Grin karta” yutganlar uchun Amerika hukumati hech qanday moddiy yordam ko’rsatmaydi, deydi u.

Burhonning aytishicha, boshida doim ham qiyin bo’ladi. Naimaxon hozir ana o’sha davrdan o’tmoqda.

"Uy topish kerak, mashina olish kerak, ish qidiryapmiz, tilni yaxshiroq o'rganyapmiz. Xarajatlari ko'p. Qiyinchiliklardan o'tib, hayotimiz o'z yo'liga tushib ketadi degan umiddaman".

O’zbekistonda har yili 4000 dan ortiq odam Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini qo’lga kiritadi. Kimdir mol-mulkini sotib, oilasini olib, o’zi bilmagan yurtga ravona bo’ladi, ammo hammaning ham hayoti yurishib ketavermaydi. O’zbekistonga qaytib ketganlar ham bo’lgan. Vaqt, pul, harakat zoye ketmasligi uchun ayrim yo’riqlarga rioya qilish kerak.

Burhonning aytishicha, "grin karta" bilan kelgan odam o'zi bilan hech bo'lmaganda 2-3 oyga yetadigan pul olib kelishi kerak. Iloji bo'lsa, tanishlari, do'stlari bor shtatga borgani ma'qul. Oyoqqa turib olish uchun besh yilgacha vaqt ketishi mumkin, deydi u.

Burhon o’tgan yili fuqarolikni qo’lga kiritib, oy boshida Amerika prezident saylovlarida ilk bor ovoz berishga ham ulgurdi. Naimaxon esa “sehrli diyor”da o’z o’rnini topib ketish uchun dastlabki qadamlarini tashlamoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI