Breaking News

Telereportaj: O'zbeklar Texasda. 4-qism


Kimyo fanlari doktori Behzod Dolimbek, Texas universiteti qoshidagi Tibbiyot institutida mutaxassis, Xyuston shahri, 2012-yil sentabri.
Kimyo fanlari doktori Behzod Dolimbek, Texas universiteti qoshidagi Tibbiyot institutida mutaxassis, Xyuston shahri, 2012-yil sentabri.
Kimyo fanlari doktori Behzod Dolimbek Xyustonga ilk bor 1991-yilda borgan. O’zbekiston prezidentining stipendiyasini olgan yosh olim Bellard tibbiyot institutida tajriba almashdi, ilm oldi. 2001-yilda yana shu maskanga qaytib borib, muhim ilmiy izlanishlar bilan shug’ullandi.

Behzod aka shu yozdan boshlab Texas universitetining Tibbiyot institutiga ishga o’tdi. Xyuston meditsina bobida Amerikada ilg’or markazlardan bo’lib, olimning rafiqasi ham tibbiyot sohasida ishlaydi.

Behzod aka olimlar sulolasining munosib vakili. AQSh va Yevropada 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etildi. Kimyo va immunologiya sohasida yetuk mutaxassis. Ikkala qizi ham oliy ma’lumotni Amerikada oldi.

Fanga sadoqatdan tashqari Behzod aka Xyustondagi o’zbeklar jamoasining faol a’zolaridan. Hech bir yig’in uning ishtirokisiz o’tmaydi. Oilada ham tez-tez to’planib turish Dolimbek buvamizdan qolgan an’ana, deydi u.

Behzod aka ana shunday yig’inlarda, Vatanni sog’inganda, ishdan charchab kelib, ko’ngli madaniy hordiq talab qilganda, dutor chalib, klassik kuylarni ijro etishni yaxshi ko’radi.

Amerikada 10 yildan oshiq vaqt yashayotganiga qaramay, o’zbek madaniyatini qalbining bir burchagida ko’z qorachig’idek asrab, Vatandan olisda voyaga yetayotgan kelajak avlodlarga topshirishni farz deb biladi.

Quyida lavhani to'liq ravishda tomosha qilishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG