Breaking News

AQShda moliyaviy rejalash. O'zbek mutaxassislaridan maslahat


AQShda moliyaviy rejalash. O'zbek mutaxassislardan maslahat.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:13 0:00

Amerikaga kelgan o’zbeklar bu yurtdagi imkoniyatlar bilan tanishar ekan, kimdir mustaqil ravishda, kimdir esa vatandoshlari yordamida oyoqqa turmoqda. "Amerika Ovozi" yaqinda Nyu-Yorkda bo’lib, bu jamoaga moliyaviy rejalash haqida ma’lumot ulashayotgan o’zbeklarni suhbatga tortdi.

Moliyaviy rejalash – Amerikada muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillaridan. Ammo bu ishni to’g’ri qilish lozim. Malakali mutaxassislarning maslahatisiz ish bitmaydi. O’zbek jamoasining ingliz tilini mukammal bilmaydigan vakillari endi xavotir olmasa ham bo’ladi.

Farhod Sultonov
Farhod Sultonov

"Orzu bilan maqsadning o'rtasida farq bor. Biz Amerikaga orzu bilan kelganmiz, lekin orzu bilan maqsadning o'rtasida rejalashtirish degan narsa bor. Hamma orzu qiladi "Amerikada yaxshi uyim bo'lsin, yaxshi mashina bo'lsin, hisoblarimda ko'p pul bo'lsin, nafaqa yoshiga yetganda yetarlicha pulim bo'lsin, farzandlarimni o'qishga yuboradigan bo'lsam, yetarli darajada mablag'im bo'lsin" deb. Lekin bu yerga kelib o'sha narsaga aniq reja qilinmasa, orzular orzuligicha qolib ketaveradi. Ana shularni rejalashda biz yordam beramiz. Xoh biznes egasi bo'lsin, xoh oddiy bir shaxs bo'lsin, xoh oila bo'lsin", - deydi "Nyu-York Layf" (New York Life) sug'urta kompaniyasi agenti Farhod Sultonov.

Amerikadagi o’zbeklar Farhod Sultonovni “Vatandosh” gazetasi va “Vatandosh” jamiyati orqali yaxshi taniydi. Jamoaga ko’p foydasi tekkan inson. “New York Life” sug’urta kompaniyasida yetti yildan beri ishlab kelgan Farhod shirkat xizmatlarini endi o’z jamoasiga taklif etmoqda.

Oliy o’quv yurtiga kirish uchun pul jamg’arish, hayotni sug’urta qilish, nafaqa haqida oldindan qayg’urish kabilar “Nyu York Life” kompaniyasi taklif etayotgan xizmatlar qatoriga kiradi.

Charos Muxtorova
Charos Muxtorova

Amerikaga to’rt yil avval kelib, hozirda Bruklinda yashayotgan jizzaxlik Charos Muxtorova moliyaviy rejalashning foydasini tez anglab yetdi. U o'z farzandining kelajakda kollejda o'qiganida puldan qiynalmasligi uchun hozirdan "Nyu-York Layf" taklif etayotgan ta'lim jamg'armasiga mablag' sarmoya qila boshladi.

Rik Madan “Nyu-York Life” shirkatida 33 yildan beri ishlaydi. Uning aytishicha, 170 yillik tarixga ega kompaniya 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz paytida hukumatdan bir sent olmay o’zini tiklab oldi. Shuning o’zi shirkatimizga bo’lgan yuqori ishonchdan dalolat, deydi u.

Rik Madan
Rik Madan

“O’zbek jamoasi ajoyib jamoa, safi kengaymoqda, ayniqsa Nyu-York va uning atrofida. Kompaniyamizda shu jamoaning unga xizmat qilishga tayyor ikki vakillari ishlashidan xursandman. Dilshod Rahmonov va Farhod Sultonov. Ishimiz, mahsulotlarimiz haqida ular batafsil ma’lumot bera oladi. Chunki biror narsa haqida chuqur bilimga ega bo’lsangiz, to’g’ri qaror qabul qilishda adashmaysiz”, - deydi u.

Farhod Sultonovning aytishicha, hayot sug’urtasi musofirchilikda yashayotgan o’zbeklar uchun ayniqsa zarur. Sug’urta bevaqt o’lim bilan bog’liq xarajatlarni qoplashda yordam berishdan tashqari farzandlarga yirik miqdorda pul qoldirish imkonini ham beradi.

Dilshod Rahmonov
Dilshod Rahmonov

Dilshod Rahmonov ham shu kompaniyada ishlaydi. U agentlarni yollaydi. Dilshod asli Farg’onadan. Amerikaga kelganiga 17 yil bo’ldi. “New York Life” shirkatida 2009-yildan beri ishlaydi.

"Farhodga o'xshagan kadrlar bizga juda kerak", - deydi u.

Sanobar Boboxonova
Sanobar Boboxonova

Amerikaga 20 yil oldin Toshkentdan kelgan Sanobar opa Boboxonova intervyu uchun borganimizda sumalak pishirayotgan edi. Navro’zga hali ancha vaqt borligiga qaramay, taraddudini hozirdan ko’rayotgan ekan.

“Hayot sug’urtasi ham erta taraddudni talab etadi”, - deydi u.

Sanobar opa "Nyu-York Layf" kompaniyasidan hayot sug'urtasini sotib olgan.

Farhod Sultonov o’zbek jamoasiga moliyaviy rejalashda yordam berish bilan birga uddaburo vatandoshlarni “New York Life” kompaniyasida ishlashga ham da’vat etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG