Breaking News

Amerikalik o'zbeklar Obamaga ovoz berdi


Nevadada prezident saylovi, 6-noyabr, 2012-yil.
Nevadada prezident saylovi, 6-noyabr, 2012-yil.
Millionlab amerikaliklar qatorida saylovlarda bu yurt fuqaroligini olgan o’zbeklar ham ishtirok etdi. Ko’plari uchun bu birinchi saylov bo’ldi.

Habibjon Toshmatov asli Qo’qondan. Amerikaga 14 yil oldin kelgan, ammo fuqarolikni o’tgan yili qo’lga kiritdi. Ayova shtatining Dyubuk shahrida yashaydi.

Dyubuk katta shahar emas. Aholisi 60 ming atrofida. Asosan, oq tanli amerikaliklardan iborat. Ayova konservativ shtat hisoblansa-da, so’nggi 11 prezident saylovlarida demokrat nomzodga olti bor ovoz bergan. 2008-yil saylovlarida Ayova shtati ham, Dyubuk shahri ham Barak Obamani qo’llab-quvvatlagan. Ayova kecha ham Obamaga ovoz berdi.

(Lavhaning to'liq audio ko'rinishi)

Amerikalik o'zbeklar Obamaga ovoz berdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:29 0:00
Yuklab oling

Biz o’tkazgan kichik norasmiy so’rov natijalariga ko’ra, o’zbeklar, xoh Amerika fuqarosi bo’lsin, xoh yo’q, asosan, Obamani yoqtiradi. Habibjon Toshmatov ham amaldagi prezidentga ovoz berdi.

Burxon Nabiyev Virjiniya shtatining Sentrvil shahrida yashaydi. Fuqarolikni shu yil oldi. U ham Obamaga ovoz berdi.

"Demokratlarning qarashlari menga yaqinroq", - deydi u.

Abror Sharipov ham Virjiniyadan. U ham ilk bor saylovga chiqdi. Obamaning tibbiy sug’urta dasturi unga ovoz berishimga sabab bo’ldi, deydi u.

Barak Obamaning saylovlardagi g’alabasi nafaqat unga ovoz bergan odamlar uchun xushxabar bo’ldi, balki Amerika fuqarosi bo’lmasa-da, saylovlarni chetdan kuzatgan o’zbeklar tomonidan ham iliq kutib olindi.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG