Breaking News

Urush faxriylarining ruhiy iztiroblari haqida hujjatli film ishlandi


Urush faxriylarining ruhiy davolanishi haqida hujjatli film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00
Urush veteranlari uzoq vaqt janglarda olingan ruhiy iztiroblardan qutilishga qiynaladi. Tan jarohati olganlar yaralari bitgach, jamiyatga oldingidek qo’shilib ketishi mumkin, ammo ruhiy yaralanganlar ko’p azob chekadi. Yaqinda suratga olingan hujjatli film urush xotiralaridan ruhiy iztirob chekuvchi faxriylar hayoti haqida hikoya qiladi. Unda bu qiyinchilikni qanday yengib o’tish yo’llari ko’rsatilgan.
Stiv Pletkouning “Hali kurashni boshlamadi” deb nomlangan hujjatli filmi Afg’oniston urushidan qaytgan Elliot Miller hayoti haqida.

Uning dardi tan jarohatlari emas, balki ruhiy iztiroblar bilan bog’liq.

“Hozir oldimga bir necha maqsad qo’yganman. Birinchidan, boshqalar bilan muomala qilish layoqatimni yaxshilash ustida ishlayapman. Ikkinchidan, yana qayta avtomobil haydash huquqini qo’lga kiritmoqchiman. Uchinchidan, o’zim uchun biroz pul tejashim kerak”, - deydi Elliot.

Ruhiy qiynoqlarga yuz tutgan urush veteranlari uchun “Jangchilar va sokin suvlar” deya nomlanuchi davolash dasturi tashkil etilgan.

Urushdan qaytgan polkovnik Erik Hastings baliq ovlashda ruhiy osoyishtalik borligini tushungach, shu dasturni yo’lga qo’yishga qaror qildi.

“Kuchli ruhiy va jismoniy yordamga muhtoj edim. Men buni yengib o’ta olmasam, kimnidir o’ldirib qo’yishim aniq edi”, - deydi u.

Dasturda baliq tutib, so’ng uni qo’yib yuborish gunohlardan qutilish yo’li sifatida ko’rsatiladi.

Film produseri Stiv Pletkouning aytishicha, uning bobosi ham Birinchi Jahon urushidan ruhiy tushkunlik dardi bilan qaytgan.

“Bobom zo’ravonlikka o’rganib qolgan edi. U bundan qutilish uchun o’z energiyasini samarali boshqa ishlarga sarflash yo’lini o’rgangan”, - deydi u.

Ammo ko’plab urush faxriylarida zo’ravonlik ichkariga qarab yo’l oladi, deydi Pletkou.

Uning aytishicha, bunday odamlar o’z joniga qasd qilishi mumkin.

Ruhiy tushkunlikka tushgan sobiq jangchilarning aksariyati jamiyatga qayta qo’shilishdan qo’rqadi. Ular o’z qilmishlaridan uyaladi.

“Odamlar seni yomon deb o’ylashlarini, yaxshi insonlarni o’ldirgansan deb ta’na qilishlarini o’ylash odamni isnodga qo’yadi”, - deydi kapitan Bleyk Smit.

Polkovnik Hastingsning aytishicha, bunday odamlar bir umr ichidagi iblis bilan olishadi. Ammo ularni bu yo’ldan qutqarishning iloji bor, deydi u.

Baliq tutib, so’ng qo’yib yuborish amaliyoti ularning ichidagi qorong’ulikni yo’q qilishga qaratilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG