Juma, 19-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:28

Ijtimoiy masalalar

Video o’yinlar qonli jinoyatlarga turtki berayaptimi?

Video o'yinlar ta'siri/Video Game Violencei
X
08.02.2013 20:23
2012-yilda jahon bo'ylab video o'yinlar uchun 70 milliard dollar sarflangan. Hindiston, Braziliya, Rossiya va Janubi-sharqiy Osiyoda mahsulotga talab oshib borayapti. Shimoliy Amerika, G'arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyoda bu asosiy tovarlardan. Video o'yinlar tobora real hayotga o'xshatib ishlangani sari ulardagi qonli sahnalar va jamiyatda ro'y berayotgan qotilliklar o'rtasida aloqa bormi degan savol tez-tez yangrayapti.
Video o'yinlar ta'siri/Video Game Violence

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
O’tayotgan yilda odamlar video o’yinlar uchun 70 milliard dollar sarflagan. Hindiston, Braziliya, Rossiya va Janubi-sharqiy Osiyoda mahsulotga talab oshib borayapti.


Shimoliy Amerika, G’arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyoda bu asosiy tovarlardan. Video o’yinlar tobora real hayotga o’xshatib ishlangani sari ulardagi qonli sahnalar va jamiyatda ro’y berayotgan qotilliklar o’rtasida aloqa bormi degan savol tez-tez yangrayapti.

Amerika shimoli-sharqidagi maktabda 20 yoshli yigit sodir etgan qatliom jamiyatni junbushga keltirdi. Qonunchilar video o’yinlarda vahshiylik, shafqatsizlikni nazoratga olish yuzasidan chora izlashga tushdi.

Lekin Virjiniya Texnologiya Universiteti professori Jeyms Ayvori videodagi zo’ravonlik kundalik hayotda berahmlikka yetaklashi ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan, deydi. Olim video o’yinlar ta’sirini o’rganib keladi.

“Sohani izchil kuzatgan ekspertlar fikri bir – real hayotdagi qonli jinoyatlar va videodagi jabr-zulm o’rtasida aniq-tiniq bog’liqlik yo’q. Isbotlanmagan bu”, - deydi Ayvori.

Jonliday qilib yaratilgan o’yinlar xaridorbop. 2011-yilda eng zo’r yigirmatalikning deyarli yarmida qotillik, so’kish va axloqsiz holatlar tasvirlangan.

Jinoiy ishlar bo’yicha yurist Rene Sandler ana shunday qonli videolarga bog’lanib qolgan mijozlarni himoya qilgan:

“Amerikada ayovsiz video o’yinlar haqiqiy bosh og’riq. Shafqatsiz fe’l-atvorni kuylovchi bu mahsulot iste’molchilari o’zgaradi, ayniqsa, uzoq vaqt o’ynasa. Ularning xatti-harakati agressiv tus oladi”.

Video o’yinlar filmlardan farq qiladi, chunki odam passiv tomoshabin emas, balki qatnashchi, bosh qahramondir. Ammo professor Jeyms Ayvori o’yinchining birovga ziyoni yo’q, deb hisoblaydi:

“Video o’yin o’ynayotgan odam bosh qahramonlardan birining obraziga kirib, o’zini qotilday tuta boshlaydi, atrofdagilarga jabr qilish ehtimoli yuqori, degan tasavvur bor. Oddiy odamga bu mantiqiyday tuyulishi mumkin, lekin videoning zarari haqida, uning telemahsulotga qaraganda zararli ekani haqida ilmiy dalil yo’q”.

Odam o’yin bilan real hayotning farqiga boradi, deydi video ishqibozlardan biri:

“Odam o’ldirishni himoya qilmayapman. Lekin videodagi odamlar haqiqiy emas-ku. Ularni otib, hech kimga ziyon qilmaysiz-ku”.

Qurol uyushmasi vitse-prezidenti Veyn Lapiyer bu fikrga qo’shilmaydi.

“Bu davlatda ming afsus, qahri qattiq, poraxo’r bir sanoat bor. O’z xalqiga qarshi zulmni targ’ib qiluvchi berahm video o’yinlarni sotib, pul qiladi bu odamlar”, - deydi u.

Veyn Lapiyer g’oyat qonxo’r video o’yinlar ro’yxatida “Avtomobil o’g’rilari” nomli mahsulotni alohida eslatdi.

Bu tovar mualliflaridan biri Navid Xonsariy bolaligimda Eronda, keyin AQSh va Kanadada sinab ko’rdim, deydi.

“Albatta, bu uch davlatning barida video o’yinlar talay, odam yoshidan qat’iy nazar, mahsulotni topib, o’ynashi mumkin. O’rtadagi tafovut shundan iboratki, qurol-aslaha har yerda, istagan burchakda ham sotilavermaydi”, - deydi o'yin muallifi.
Videodagi odamlar haqiqiy emas-ku. Ularni otib, hech kimga ziyon qilmaysiz-ku.

Virtual zo’ravonlikka urg’u berib, qurol-aslaha nazorati va ruhiy kasalliklarni davolash kabi muammolarga yetarli e’tibor berilmayapti, deydi Ayvori.

“Shafqatsiz videolar va real jinoyatlar haqida gap ketar ekan, izchil o’rganib, isbotlanmagan mavzularga chalg’ib ketayapmiz. Holbuki, uzoq yillik muammolarni ko’rib-ko’rmaganga olayapmiz”.

Qo’shma Shtatlarda sodir etilgan so’nggi xunrezlik va hujumlar ortidagi shaxslar berahm video o’yinlar ishqibozi bo’lganmi? Tergovchilar bu haqda aniq xulosa qilganicha yo’q.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Halida E-mail adresingiz: Toshkent-Amerika
30.12.2012 04:22
Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deyishgan. Bu o'yinlarni o'ynagan inson albatta shu narsalarni qilib ko'rgisi keladi, bu o'yinlar psixikal tomondan inson miyasiga o'zi bilmagan holatda juda qattiq ta'sirini ko'rsatadi. Bu oyinlar jonli emasku deyilmoqda, lekin aslida hayotda jonlilar azobini tortmoqda. Bu o'yinlarni dastidan begunoh yoshu-qari insonlar jabrlanmoqda. Shu o'yinlarni yaratgan insonlar aqlini boshqa kerakli va juda foydali narsalarni yaratishga bag'ishlasin, agar juda aqlli bolishsa! Va ko'p insonlar bunday o'yinlarga qarshi, va bunday o'yinlarni foydasidan hech kim xursand bo'lmagan hali. Men bunday o'yinlarga umuman qarshiman, agar shunday narsalarni, ya'ni, insonga zararli o'yin va boshqa narsalarni daf qilishsa bundan juda ham xursand bo'lardim.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Osiyolik muhojirlar - Amerika hayotii
X
18.12.2014 21:25
Immigratsiya va deportatsiya haqida gap ketganda, AQShda asosan latinolar tilga olinadi. Holbuki, 1,3 milliondan oshiq osiyolik noqonuniy muhojir bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQSh Prezidenti Barak Obama Kuba bo'yicha yangi siyosatini e'lon qilmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Gavanadagi restoranda fuqarolar Kuba Prezidenti Raul Kastroning xalqqa murojaatini tomosha qilmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Kuba Prezidenti Raul Kastro AQSh bilan munosabatlarning tiklanayotgani haqida mahalliy telekanalda xalqqa ma'lumot bermoqda, Gavana, Kuba, 17-dekabr, 2014-yil.
  • AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kubadagi qamoqdan ozod qilingan AQSh fuqarosi Alan Grossni aeroportda kutib olmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Kubada besh yillik qamoqdan so'ng ozodlikka chiqqan AQSh fuqarosi Alan Gross rafiqasi bilan, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Alan Gross (o'ngda) uni ko'rgani kelgan Kuba yahudiy jamoasi vakillari bilan, 28-sentabr, 2012-yil.
  • Ayrim faollar Oq uy oldiga yig'ilib, Prezident Obamadan Kubaga qo'yilgan blokadani tugatishni talab qildi, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Gavana
  • Gavana
  • Gavana
  • Gavana
  • Gavana

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI