Breaking News

Amerikaliklar urushga qarshi


Amerikaliklar urushga qarshi - US war legacy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00

Amerikaliklar urushga qarshi - US war legacy


"Amerika Ovozi" xabarlari, 31-avgust, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:07 0:00
Yuklab oling

Amerikaliklar urushlardan to’ygan. Farzandlari xorijda halok bo’layotgani, AQSh o’qlari turli elatlarning qonini to’kib kelayotgani bu yurtda ko’pchilik tomonidan qoralanadi. Davlat global lider bo’lib qolsin, ammo odamlar o’lmasin, deydi amerikaliklar.

2003-yilda Iroqqa bostirib kirilganida, bu qisqa va aniq operatsiya bo’ladi deya bayon qilingan edi.

Saddam Hussayn tuzumini ommaviy qirg’in qurollaridan ayirish uchun zarur urush deya tushuntirilgan edi.

Urush 2011-yilgacha davom etdi. Lekin qurollar topilmadi. Bugun Iroq mazhablararo mojarolar changalida, yurt tamoman qayta qurilishi kerak.

Afg’onistonda Tolibon va al-Qoidaga qarshi boshlangan urush hamon tugamagan. Toliblar 2001-yildayoq, Amerika kirishi bilanoq hokimiyatdan ag’darilgan, ammo jangari hujumlari tinmagan.

Endi esa Suriya… O’zi Amerikaga shu yetmayotgan edi, deydi ekspertlar. Yaqin Sharq shundoq ham olov ichida. AQSh kirsa, vaziyat yanada og’irlashishi mumkin.

Deyvid Shenker, uzoq yillar hukumatda ishlagan siyosatdon, yurtdoshlari harbiy missiyalarga tamoman qarshi ekaniga urg’u beradi.

“To’yganmiz urushlardan. Iroq, Afg’oniston… Qancha qon to’kildi, qancha pul ketdi. Aksariyat amerikaliklar uchun eng muhimi iqtisod, uni mustahkamlash, farovon yashash va chet eldagi mojarolardan uzoqda yurish”,- deydi Shenker.

Ommaviy so’rovlarda amerikaliklarning faqat to’qqiz foizi Suriya hukumatiga qarshi hujumlarni yoqlagan.

Tadqiqotga boshchilik qilgan Piter Braun izohicha, respondentlar urushni quvvatlasa ham, eng ilg’or raketa va vositalar qo’llansin, iloji boricha kam odam o’lsin, deydi.

Londonda siyosiy tahlilchi Jeyms Boys fikricha, Assadga qarshi qurolini qayrab turgan tomonlar bor va aynan ular bu urushga undayotgani sir emas. Urush talvasasi bu, deydi olim.

2003-yilda AQSh Davlat kotibi Kolin Pauel BMT Xavfsizlik Kengashida hisobot berib, Iroqda ommaviy qirg’in qurollari mavjud deya xalqaro hamjamiyatni ishontirishga uringan. Lekin u ko’rsatgan materiallar haqiqatni aks ettirmagani bugun hammaga ayon.

Shunday ekan, deydi siyosiy sharhlovchi Brayan Bender, “Boston Globe” gazetasi jurnalisti, Amerika nima qilayotgani haqida yaxshilab o’ylanishi kerak.

“Iroqdagi qilmishlarimiz sabab bugun Qo’shma Shtatlarga nisbatan ishonch yanada pasaygan. Xatolarni takrorlay olmaymiz”,- deydi u.

Obamani bardam bo’lishga undayotganlar esa Amerika nima qilgan taqdirda ham tanqid ostida ekanini eslatadi. Suriyada hukumat xalqni ikki yarim yildan beri qirayapti, nega jim turdik? – deya so’raydi ular.

“Bugun chora ko’rilmasa, ertaga bundan battar bo’ladi. Vijdonan ish tutaylik”, - deydi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG