Breaking News

Jahonda suv uchun kurash avj olishi kutilmoqda


Nil daryosi Afrikaning katta qismi uchun ob-hayot
Nil daryosi Afrikaning katta qismi uchun ob-hayot

AQSh razvedka xizmati chiqargan hisobotga ko'ra, dunyoning ko'plab mintaqalari yaqin yillarda suv taqchilligi bilan yuzlashadi. Mavjud muammolar ko'lami oshib, ob-hayotga bo'lgan talab siyosiy-ijtimoiy mojarolarga yetaklashi mumkin.

Bu, deya xulosa qiladi davlat razvedka kengashi, Amerikaning ko'plab davlatlar bilan aloqalariga putur yetkazishi mumkin. Vashington suv bilan bog'liq bo'lgan mojarolarga qanday yondashmoqchi ekanini yana bir bor ko'rib chiqishi va diplomatik yechimlar ustida bosh qotirishi kerak.

Hisobotda kelasi 30 yilda ehtimoliy vaziyatlar haqida so'z yuritiladi. Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo ob-hayot ta'minoti ishdan chiqqan va chiqib borayotgan mintaqalardir, deyiladi unda.

Qishloq xo'jaligiga asoslangan Markaziy Osiyo davlatlarida suv taqsimoti nozik masala, ayniqsa O'zbekiston va Tojikiston orasidagi kelishmovchilik keyingi yillarda yanada keskinlashgan. Tojikistonning yirik GES qurish rejasi O'zbekiston nazarida nafaqat u
Qishloq xo'jaligiga asoslangan Markaziy Osiyo davlatlarida suv taqsimoti nozik masala, ayniqsa O'zbekiston va Tojikiston orasidagi kelishmovchilik keyingi yillarda yanada keskinlashgan. Tojikistonning yirik GES qurish rejasi O'zbekiston nazarida nafaqat u
Suv taqchilligi qashshoqlik va ijtimoiy kelishmovchiliklarni oshiradi, ekologiyani barbod qiladi. Hukumatlar zaif bo'lsa, bu muammolar ko'lami yanada kengayadi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va qishloq xo'jaligi uchun yetarlicha ob-hayotga ega bo'lish har bir davlat uchun ustuvor masala ekan, deyiladi hisobotda, chegaradosh mamlakatlar orasida urushlar chiqishi ehtimoli yuqori.

Hukumatlar suvdan siyosiy ta'sir vositasi sifatida foydalanishga o'tmoqda va bu fenomen davom etadi, deydi mutaxassislar. 21-asrning yarmiga borib suv qurol o'rnini egallashi mumkin degan taxminlar ham bor, ya'ni bir-biri bilan suv bo'lishadigan davlatlar oqimni to'xtatib qo'yishi mumkin.

Yana bir xavotir shuki, suv strategik resurs ekan, terrorchilar yirik inshootlarni nishonga olishi mumkin.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida suv xavfsizligini ta'minlash asosiy vazifalardan biri bo'lishi kerak. "Davlatimiz bu borada kuchli salohiyatga ega, ilmiy va texnologik. Biz jahon bo'ylab ob-hayot ta'minoti yo'lida yetakchilik qilishimiz kerak", - deydi u.

Jahonda mavjud suvning 70 foizi qishloq xo'jaligida ishlatiladi. Global iqlimdagi salbiy o'zgarishlar, havo haroratining ko'tarilib borayotgani sabab kelasi 30-40 yil ichida ko'plab mintaqalar qurg'oqchilikka yuz tutishi mumkin.

Tavsiya shuki, hukumatlar irrigatsiya tizimlarini yangilashga e'tibor qaratsin. Suvni ayash strategiyasi ishlab chiqilib, amalga oshirilsin. Yangi texnologiyalar tatbiq etilsin. Xalqaro hamjamiyat bu masalada hamkorlikni oshirsin.

Qishloq xo'jaligiga asoslangan Markaziy Osiyo davlatlarida suv taqsimoti nozik masala, ayniqsa O'zbekiston va Tojikiston orasidagi kelishmovchilik keyingi yillarda yanada keskinlashgan. Tojikistonning yirik GES qurish rejasi O'zbekiston nazarida nafaqat uning balki butun mintaqaning kelajagiga raxna soladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG