Seshanba, 25-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 00:54

Matbuot

Bi-Bi-Si “ishonch” inqirozini boshdan kechirmoqda

London
London

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Dunyodagi eng mashhur axborot vozitalaridan biri Bi-Bi-Si (BBC) 90 yoshga to’ldi. 1922-yildan buyon britaniyaliklarga eng tezkor va ishonchli ma’lumot berib kelgan tashkilot hozirda jiddiy inqirozda. Bu esa uning kelajagi qanday bo’ladi, degan savolni o’rtaga tashlamoqda. 


Bi-Bi-Si nafaqat Britaniyada, balki jahon bo’ylab hurmat qozongan axborot manbai. 

Ammo so’nggi haftalarda bu tashkilot obro’siga ancha putur yetdi.

Inqiroz oktabr oyida boshlandi. Politsiya Bi-Bi-Sining eng taniqli boshlovchilaridan biri Jimmi Savil voyaga yetmaganlar, kamida 300 odam bilan jinsiy aloqada bo’lgan deya e’lon qildi. Ayblovlar qo’yildi. 

O’tgan yili 84 yoshda olamdan o’tgan Savil deyarli 40 yil davomida Bi-Bi-Si televideniyesida iqtidorli yoshlar ishtirokida dasturlar olib borgan. Bi-Bi-Si rahbariyati Savilning qilmishlariga oid ma’lumotga ega bo’lgan, biroq uni oshkor etmagan.   

Noyabr boshida esa teleradio bir siyosatchini yosh bolaga tajovuz qilganlikda ayblab axborot uzatdi. Ko’p o’tmay bu ma’lumot notog’r’i ekani ayon bo’ldi va ”Newsnight” dasturi xato uchun kechirim so’radi. 

Sobiq diktor va tadqiqotchi Styuart Purvis deydiki, jinsiy tajovuz haqidagi asossiz ma’lumotlar va tashkilot o’z xodimining razil ishlariga ko’z yumib kelgani uchun Bi-Bi-Siga ishonch yo’qoldi. 

“Amerika Ovozi” bilan suhbatda, Purvis tashkilot hali hech qachon bunday vaziyatga tushmagan, deydi.

“Bi-Bi-Si uchun azaldan eng asosiy masala uning hukumat bilan munosabatlari bo’lib kelgan… Lekin tashkilot uchun eng muhimi - uning teletomoshabinlari va radio muxlislari. Shu sababdan hozirgi vaziyatni tarixdagi eng katta inqiroz deyish mumkin, ishonch inqirozi”. 

Ishonch va obro’ni tiklash uchun Bi-Bi-Sida jiddiy o’zgarishlar bo’lishi kerak, deydi olim. 

Inqiroz boshlanganidan buyon tashkilotning bir necha xodimi ishdan ketdi. Lavozimga 54 kun oldin kirishgan bosh direktor Jorj Entvist iste’fo berishga majbur bo’ldi. Xabarlar bo’limi boshlig’i va uning muovini ham vazifadan olindi. 

Korporatsiya rahbarlaridan biri Kris Patten islohotlar - zamon talabi deydi. 

Styuart Purvis fikricha esa avvalo butun rahbariyatni yangilash kerak.

Jorj Entvist rahbarlikdan ketdiJorj Entvist rahbarlikdan ketdi
x
Jorj Entvist rahbarlikdan ketdi
Jorj Entvist rahbarlikdan ketdi
“Hozirgi rahbariyat vazifasini bajara olmadi. Egallab turgan lavozimlarga loyiq emas. Yangi rahbarlar kerak. Agar yaxshi odamlar tayinlansa, vaqtincha yo’qotilgan ishonchni qayta tiklay oladi,” - deydi u.

Xo’sh, oddiy odamlar bu xususda qanday fikrda?

“Bi-Bi-Si ni qadrlashimiz kerak deb hisoblayman. Bu zo’r tashkilot”, - deydi londonliklardan biri.

“Ilgariga qaraganda kamroq ishonaman ularga”,- deydi yana bir britaniyalik.

B-Bi-Si, Britaniya teleradio korporatsiyasi - jamoat axborot vositasi. O’z vazifasini xalq manfaatlari uchun xizmat qilish, uning xolis va ishonchli informatsiyaga nisbatan talabini qondirish deb biladi.

Britaniyaning o’zida uningt turli xil kanallarini tomosha qilish yoki radio to’lqinlarda tinglash uchun litsenziya sotib olasiz, ya’ni yillik haq to’laysiz.

Bi-Bi-Si jahon xizmati esa asosan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalanadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Chak Xeygl, general Martin Dempsi Kapitoliyda, Qurolli kuchlar qo'mitasida "Islomiy davlat"ga qarshi kurash borasida hisobot berayapti. 13-noyabr, 2014-yil.
  • Chak Xeygl Pentagonda. 14-noyabr, 2014-yil.
  • Mudofaa vaziri Chak Xeygl Shimoliy Karolinadagi harbiy mashqlarda askarlar bilan uchrashmoqda. 18-noyabr, 2014-yil.
  • Prezident Barak Obama, Mudofaa vaziri Chak Xeygl Oq uyda matbuot bilan uchrashuvda Ebola xavfi haqida so'zlayapti. 15-oktabr, 2014-yil.
  • Pentagon rahbari Chak Xeygl endi lavozimiga kirishgan paytda. 27-fevral, 2013-yil.
  • Senator Chak Xeygl Nebraskada tarafdorlari bilan ko'rishayapti. 18-dekabr, 2008-yil.
  • Prezidentlikka nomzod demokrat Barak Obama, Deyvid Petreus, Chak Xeygl Bag'dodda. 21-iyul, 2008-yil.
  • Prezident Jorj Bush, Senator Chak Xeygl Nebraskada. 12-may, 2003-yil.
  • Senator Chak Xeygl, Senator Jon Kerri Vyetnam memorialida. 7-mart, 1997-yil.
  • Chak Xeygl (o'ngda) Vyetnamda xizmatda. 1968-yilgi surat.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI