Chorshanba, 30-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 12:02

Yaqin Sharq

2013-yilda Isroil-Falastin ixtilofi kuchayishi kutilmoqda

O'tgan oy bo'lib o'tgan sakkiz kunlik urushda Falastinning minglab binolari talofat ko'rdi, 200 ga yaqin odam halok bo'ldi.
O'tgan oy bo'lib o'tgan sakkiz kunlik urushda Falastinning minglab binolari talofat ko'rdi, 200 ga yaqin odam halok bo'ldi.

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Isroil va XAMAS o’rtasida yaqinda ro’y bergan to’qnashuvlar Isroil-Falastin ziddiyatlarini yanada kuchaytirdi. Tahlilchilar nazarida, yaqin kelajakda tinchlikka erishish ehtimoli juda kam.


G’azo aholisi o’tgan oy yuz bergan Isroil hujumidan hali o’zini tiklab ulgurgani yo’q. Sakkiz kun davom etgan urushda 170 falastinlik va olti isroillik halok bo’ldi.

Isroilda ayrim binolar zarar ko’rdi, ammo G’azoda 200 ta imorat butunlay vayron bo’lgan, yana bir necha mingi jiddiy talofat ko’rgan. Ularni qayta ta’mirlash 300 million dollarga tushishi aytilmoqda.

Isroil G’azodan uchirilgan raketalarning aksariyatini yo’q qilishga muvaffaq bo’ldi. Ammo tahlilchi Mxaymar Abusadaning aytishicha, ixtilof Falastin prezidenti Mahmud Abbos mavqeini zaiflashtirib, aksincha, “XAMAS” guruhining obro’sini oshirdi.
 
“O’q otadigan ham, sulh tuzish yoki tuzmaslikni hal qildagin ham XAMAS. Mahmud Abbos, Falastin ozodlik harakati yoki boshqa dunyoviy guruhlarning ishtiroki yo’q bu jarayonda”, - deydi g’azolik tahlilchi.
 
G’azo ixtilofi XAMASning xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini ham mustahkamladi. Hududning o’nga yaqin davlati tashqi ishlar vazirlari XAMAS hukumatni egallagandan beri o’tgan besh yilda ilk bor G’azoga tashrif buyurdi.
 
Isroil va XAMAS o’rtasida sulh tuzilganidan bir hafta o’tib esa BMT Bosh Assambleyasi Falastinga kuzatuvchi davlat maqomini berdi.
 
“Bizning endi Falastin nomli davlatimiz bor”, deydi muxtoriyat rahbari Mahmud Abbos.
 
Abbos vataniga qahramon sifatida qaytdi. Ammo g’alaba faqat ramziy va vaqtincha, xolos, deydi tahlilchilar.
  
Tadqiqotchi Shlomo Bromning aytishicha, Isroil ittifoqchilarining aksariyati Falastin rezolyutsiyasini qo’llab-quvvatladi yoki betaraf bo’ldi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerikada ro'za va iftorlar - Ramadan in Americai
X
28.07.2014 23:13
Ro'za va iftorlar Amerika madaniyatining bir qismiga aylangan. Amerika musulmonlari og'zini ochish paytida dasturxonga musulmon bo'lmagan yurtdoshlarini ham taklif qiladi. Tez-tez ko'zga tashlanadigan manzara - xayriya tadbirlari. Yo'qsillarga yordam tariqasida oziq-ovqat tarqatish.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Hishmat Karzayning uyida, hayitga mehmonga kelganlardan biri o'zini portlatgan. Qandahor, 29-iyul, 2014-yil.
  • Hishmat Karzayning uyida, hayitga mehmonga kelganlardan biri o'zini portlatgan. Qandahor, 29-iyul, 2014-yil.
  • Hishmat Karzay (o'ngda) prezidentlikka nomzod Ashraf G'ani Qandahorda. 6-iyun, 2014-yil.
  • Hishmat Karzay, prezidentlikka nomzod Ashraf G'anining yaqin safdoshi 29-iyuldagi xurujda halok bo'ldi. Karzay Qandahordagi matbuot anjumanida, 8-mart, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI