Breaking News

Yamanda muvaqqat hukumat tuzilishi mumkin


Sano ko'chalaridagi shia jangarilar
Sano ko'chalaridagi shia jangarilar

Yamanni yaqingacha boshqargan va lavozimni tark etishga majbur bo'lgan Obid Rabbo Mansur Hadiy poytaxt Sanodan chiqib ketgan. O'tgan oydan beri u uy qamog'ida edi. Hadiy ona shahri Adanga yo'l olgan.

Hutiylar, shia jangari harakati Yamanda hukumatni egallashga urinmoqda. Nazorat hozir ko'p jihatdan ular qo'lida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi hutiylardan konstitutsion tuzumga qaytishni talab qilmoqda. BMT nazarida Hadiy hamon Yaman prezidenti. Qo'shma Shtatlar ham Hadiy tarafida.

BMT siyosiy barqarorlikka erishish uchun turli guruhlar bilan muzokara olib bormoqda, biroq tomonlar murosadan yiroq. Sunniylar Yamanda ko'pchilik, lekin oxirgi paytda shialar qo'li baland kelib, ularga qarshi turib kelgan siyosiy doiralar tarqoqlashgan.

Yamanda fuqarolar urushi boshlanishi ehtimoli baland.

Hadiyning poytaxtdan chiqarib yuborilgani ketidan yangi hukumat tuzilmoqda degan xabarlar tarqaldi. Yamanning AQShdagi diplomatlari "Amerika Ovozi" ga shuni aytadiki, Sanoda muvaqqat boshqaruv vujudga kelishi kutilmoqda.

Shia jangarilar bosimi bilan Yaman parlamenti ham tarqatib yuborilgan. Mamlakatda hozir boshchi yo'q.

XS
SM
MD
LG