Breaking News

Yamanda prezident iste'foga chiqdi


Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi
Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi

Bugun Yamanda Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadi va Vazirlar mahkamasi iste'fo berdgan. Xabarlarga qaraganda, davlat rahbari vaziyatning taranglashishini istamagan.

Hutiy isyonchilari davlat rahbari rezidensiyasini ishg’ol qilib, konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o’zgarishlarni bekor qilishni talab qilgan edi. Shundan so'ng tomonlar muzokara qilib, shia musulmonlari bo’lgan isyonchilar shanba kuni olib qochilgan rasmiyni qo’yib yuborishga, o’z nazoratiga olgan binolarni tark etishga, prezident esa konstitutsion o'zgarishlardan voz kechishga rozi bo'lgan.

Ungacha Sanoda uch kun davomida zo’ravonliklar kuzatildi. Bu mamlakatdagi ahvol BMT, Fors ko’rfazi davlatlari hamda AQShning jiddiy xavotirlariga sabab bo'ldi. Vashington Yaman hukumati bilan al-Qoidaga qarshi kurashda hamkorlik qiladi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yamandagi vaziyatni kuzatib borish Vashington uchun ustuvor masala ekanini aytdi.

"Hadi hukumati isyonchilar talablarini rad etganidan keyin hutiylar zo’ravonlikka o’tdi. Ular tinchlik va hamkorlik shartnomasi hamda uning bajarilishiga javoban zo’ravonlik yo’lini tanladi, endi xutilar Hadi hamon prezident ekanini bayon etdi. Biz Prezident Hadi bilan suhbatlashmoqchimiz. Shundan so’ng vaziyat qandayligi ravshan bo’ladi”, - dedi Kerri.

Taizda namoyishlar

Kelishuv e’lon qilinishidan oldin Taiz shahrida hutiylarga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi. Janubdagi Adan shahrida esa aeroport yopildi. Rasmiylar buni xutilarning prezident hamda mamlakat suverenitetiga qilgan hujumlariga qarshi ko’rilgan chora, deb tushuntirdi.

Forz ko’rfazi mintaqasidagi arab davlatlar rasmiylari Yamandagi vaziyatni “davlat to’ntaruvi” deb talqin qildi.

Ko’rfaz hamkoligi kengashiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Yaman Prezidenti Hadini qo’llab-quvvatlab keladi va mintaqada Eron ta’siri kuchayishidan xavotirda. Hutiylar hujumlarini ular terror harakatlari deb atadi.

Tarkibida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Ummon, Qatar va Bahrayn bo’lgan tashkilot Hadining konstitutsiyaviy qonuniy hokimiyatini qo’llab-quvvatladi va vaziyatning kuch orqali o’zgartirilishiga qarshilik bildirdi.

“Barcha kerakli choralar ko’riladi”

Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda favqulodda uchrashuv o’tkazgan vazirlar Ko’rfaz davlatlari Yamanda xavfsizlik, barqarorlik va muhim manfaatlarini himoya qilish maqsadida barcha kerakli choralarni ko’rajagini bayon etdi.

Isyonchilar yetakchisi Abdul-Malik al-Hutiy seshanba kechqurun televideniye orqali qilgan chiqishida maqsadi Yamanda totalitar tuzum va korrupsiyaga chek qoyish ekanini ta’kidlagan edi. Ammo u hukumat ag’darilganini e’lon qilmadi.

Undan oldin arab ommaviy axborot vositalari hutiylar hukumatdagi vazirlar lavozimlarining yarmini egallashni talab qilayotganini xabar bergan edi. Al-Jazira telekanaliga ko’ra esa, xutilar ulardan 1000 kishi mamlakat armiyasi va yana 1000 kishi politsiya saflarida xizmat qilishini talab qilgan.

Xorij ta'siri?

Ayrim manbalar xutilar o’z huquqlarini talab qilayotgani haqida xabar berdi. Ular - shialar. Hadi hukumati esa asosan sunniylardan tarkib topgan. Vashington bilan al-Qoidaga qarshi kurashda hamkorlik qiladi. Hutiylar esa AQShning Yaman ishlariga aralashishiga qarshi.

Tahlilchilar vaziyat Eron va Saudiya Arabistoni aralashuvi sababli taranglashayotganini aytadi. Hutiylarga Eron homiylik qilayotgani haqida ham ma’lumotlar bor. Tehron buni inkor etib keladi.

Hutiylar harakati asoschisi Hussayn Badriddin Hutiy 2004-yilda armiya tomonidan o'ldirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG