Breaking News

Yusuf Juma: "Rejimga qarshi kurashni davom ettiraman"


Yusuf Juma o'g'li Javhar bilan (qamoqdan oldingi surat)
Yusuf Juma o'g'li Javhar bilan (qamoqdan oldingi surat)



2008-yilda O'zbekistonda besh yilga qamalgan isyonkor shoir Yusuf Juma o'tgan hafta qamoqdan ozod etilib, AQShga keldi. Siyosiy boshpana olib Amerikaning Luisvill shahrida yashab kelayotgan oilasiga qo'shildi.

Yusuf Juma qamoqdan ozod etildiyu, O'zbekistondan badarg'a qilindi. Qo'liga ikki haftagacha amal qiladigan pasport berilib, undan O'zbekiston fuqaroligidan voz kechishi haqida tilxat olindi. Qizi Feruza va nabirasi ham shu tariqa vatan bilan vidolashdi.

Mamlakatning eng dahshatli Jasliq turmasida salkam uch yil azob chekkan shoir ozodligining bahosi shu bo'ldi. Sanjar Umarov, Mo'tabar Tojiboyeva kabi faollarning ozod etilishida bevosita yordam bergan Qo'shma Shtatlar bu safar ham diplomatik ta'sirini ishga solib, besh yilga qamalgan, ammo norasman o'limga mahkum etilgan shoir jonini saqlab qoldi.

"Meni har kuni kaltaklashar, o'lasan deb do'q-po'pisa qilishar edi", - deydi u.

Yusuf Juma davlat xizmatchisiga qarshilik ko'rsatish va militsiya xodimlariga tan jarohati yetkazish aybi bilan qamalgan edi. Uni yaxshi bilgan faollarning aytishicha esa, shoir O'zbekistondagi tuzum va prezident Islom Karimovga qarshi tanqidiy qarashlari uchun jazolangan. Yusuf Juma unga qo'yilgan ayblovlarni soxta deydi.

"Menga qo'yilgan ayblovni hech kim eslamasdi ham. Prezident, bosh vazir va bosh prokuror seni o'ldirishga buyruq bergan deb, qiynashardi. Amerikaga ishonganingdan foyda yo'q, baribir o'lasan, deyishardi".

Shoirning aytishicha, u qiynoqlar ostida sinmadi, aksincha toblandi.

"G'azabimga g'azab, kuchimga kuch qo'shilardi. Tuzumga qarshi she'rlarim qiynoqlarga nisbatan javobim edi", - deydi Yusuf Juma.

Yusuf Jumaning ozodlikka chiqishi u haqda ko'p bong urgan, bu ishga oz bo'lsa-da hissasini qo'shgan inson huquqlari faollari va muxolifat tomonidan ijobiy kutib olindi.

Ammo, deydi Mo'tabar Tojiboyeva, O'zbekistonda siyosiy mahbuslar hali ko'p.

"Hukumat ularni bittadan ozodlikka chiqarib, Yevropa Ittifoqi va AQShga xo'rak tashlayotganday bo'ladi. Bundan xursand bo'lgan G'arb esa Karimov tuzumi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda".

Yusuf Juma adolatsizlikka, Karimov tuzumiga qarshi kurashimni davom ettiraman, deydi. Biroq shoirning kurash uslubi bugungi muxolifat tanlagan yo'ldan farq qiladi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG